O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Daryo havzasiga yoqqan yog’in qatlamini izogiyetlar usuli bilan aniqlash



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə6/13
tarix26.02.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#85702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Atmosfera yog’inlari va bug’lanish

2.4. Daryo havzasiga yoqqan yog’in qatlamini izogiyetlar usuli bilan aniqlash

Izogiyetlar-bir xil qiymatdagi yog‘in miqdorlarini tutashtiradigan chiziq.


Daryo havzasida yog‘in miqdorining qayd etilgan amplitudasiga bog‘liq holda izogiyetlar qadami 5, 10, 20, 25, 50, 100 mm qiymatlarda qabul qilinishi mumkin. Biz ko‘rayotgan misolda yog‘in miqdori 413 mm dan 518 mm gacha ortadi. Shuni e'tiborga olib, qadamni 20 mm dan belgilab, izogiyetlarni 420, 440, 460, 480 va 500 mm larda o‘tkazamiz. Izogiyetlarni o‘tkazishda interpolyatsiya usulidan foydalanamiz. Bunda har ikki qo‘shni meteorologik stansiyalar oralig‘ida yog‘in miqdorining o‘zgarishi bir tekis deb qabul qilinadi. Izogiyetlarni o‘tkazishda interpolyatsiya usulining analitik yoki grafik yo‘lini qo‘llash mumkin.
Analitik interpolyatsiya. Masalan, 15 va 17 raqamli meteorologik stansiyalarda yog‘in miqdorlari mos ravishda 469 va 413 mm bo‘lsa, yuqorida qabul qilingan qadam bo‘yicha ular orasidan 420 va 440 mm qiymatdagi izogiyetlar o‘tadi(1.3-rasm). Izogiyetlarning o‘rnini belgilash uchun stansiyalar orasidagi masofa o‘lchanadi (20 mm). So‘ng ularda qayd etilgan yog‘inlarning farqini aniqlaymiz: 469 mm - 413 mm = 56 mm. Keyin har 1 mm yog‘inga teng keladigan masofa aniqlanadi:

20 : 56 = 0,36 мм.


17-raqamli meteorologik stansiyadan yuqorida 420 mm va 440 mm qiymatlardagi izogiyetlarni o‘tkazish uchun unda qayd etilgan yog‘in miqdori(413 mm)ga 7 mm va 27 mm yog‘in miqdorlarini qo‘shish kerak. Bu qiymatlar masofaga quyidagicha aylantiriladi:
0,36 · 7 = 2,5 mm; 0,36 · 27 = 9,7 mm.
Natijada 17-raqamli meteorologik stansiyadan 15-raqamli stansiyaga qarab to‘g‘ri chiziq bo‘ylab, 2,5 mm masofada 420 mm va 9,7 mm masofada esa 440 mm qiymatdagi izogiyetlar o‘rni belgilanadi. Boshqa qo‘shni stansiyalarda qayd etilgan yog‘in miqdorlari farqi bo‘yicha ham izogiyetlar o‘rni shu tartibda belgilanadi.
Grafik interpolyatsiya. Bu usulda izogiyetlar o‘rnini aniqlashni 18 va 12-raqamli meteorologik stansiyalar misolida ko‘ramiz. Dastlab xitoy(kalka) qog‘ozida ixtiyoriy (3-8 mm) masofalarda qator parallel chiziqlar o‘tkaziladi va ularga qabul qilingan qadam bo‘yicha yog‘in miqdorlari yozilib, yordamchi paletka tuziladi(1.4-rasm). Paletkani 18-raqamli stansiya ustiga qo‘yib(1.3-rasm), 400 va 420 qiymatdagi parallel chiziqlar oralig‘ida 411 ga teng bo‘lgan qiymat aniqlanadi(A). So‘ng A nuqta atrofida paletkani chap tomonga strelka yo‘nalishi bo‘yicha aylantirib, 460-480 chiziqlar oralig‘idan 12-raqamli stansiyaning o‘rnini (467 mm) aniqlaymiz (V). Natijada AV to‘g‘ri chiziq 420, 440 va 460 ga teng bo‘lgan parallellarni kesib o‘tadi (SDE). Kartada(yoki sxemada) SDE nuqtalar noma'lum-420, 440, 460 mm qiymatdagi izogiyetlar o‘rnini ko‘rsatadi.
Yuqorida bayon etilgan har ikki yo‘lning ixtiyoriy birini qo‘llash bilan o‘tkazilgan izogiyetlar orasidagi maydonlar(fi) va ularga mos keladigan o‘rtacha yog‘in miqdorlari hamda ularning ko‘paytmalari aniqlanadi (1.3-jadval).



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin