O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


II-bob. DARYO HAVZASIGA YOQQAN YOG’IN QATLAMINI ANIQLASH USULLARI



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə5/13
tarix26.02.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#85702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Atmosfera yog’inlari va bug’lanish

II-bob. DARYO HAVZASIGA YOQQAN YOG’IN QATLAMINI ANIQLASH USULLARI
2.1. Daryo havzasiga yoqqan yog’in qatlamini o’rtacha arifmetik usul bilan aniqlash

O’rtacha arifmetik usul juda oddiy hisoblanib, amalda yer yuzasi holati bir jinsli bo‘lgan havzalar uchun qo‘llaniladi. Bu usulda yog‘in qatlamining o‘rtacha qiymatini aniqlash uchun havzada mavjud bo‘lgan meteorologik stansiyalar bo‘yicha aniqlangan yillik yog‘in qatlamlarining yig‘indisi() stansiyalar soni(n)ga bo‘linadi, ya'ni:







2.2. Daryo havzasiga yoqqan yog’in qatlamini kvadratlar usuli bilan aniqlash.
Kvadratlar usulida daryo havzasi ma'lum o‘lchamdagi kvadratlarga bo‘linadi(1.1-rasm). Ular havza maydonining katta kichikligi va meteorologik stansiyalar soniga bog‘liq holda 0,5; 1,0; 1,5; 2,0 sm2 o‘lchamlarda olinishi mumkin. So‘ng kvadrat markaziga ayni shu kvadratda joylashgan meteorologik stansiyada o‘lchangan yog‘in miqdori yoziladi. Bo‘sh qolgan kvadratlar esa interpolyatsiya usuli bilan to‘ldiriladi. Agarda stansiya kvadratlar chegarasiga tushib qolsa, unda kuzatilgan yog‘in miqdori har ikki qo‘shni kvadratga tegishli bo‘ladi. Ba'zan bitta kvadratga ikki yoki undan ko‘p stansiyalar tushib qolishi mumkin. U holda kvadrat markaziga ularning o‘rtacha arifmetik qiymati yoziladi. Hamma kvadratlar markazlaridagi yog‘in miqdorlarining yig‘indisi ni kvadratlar soni(N)ga bo‘lib, daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini aniqlaymiz:


Hisoblashlarning aniqligini tekshirish maqsadida kvadratlar o‘lchami o‘zgartirilib, hisoblashlar takrorlanadi. Ularning farqi 5% dan ortmasligi lozim.


2.3. Daryo havzasiga yoqqan yog’in qatlamini mediana tortish usuli bilan aniqlash.
Mediana tortish usulida daryo havzasining har bir meteostansiyaga tegishli qismlari ajratiladi. Buning uchun daryo havzasining sxemasida keltirilgan meteorologik stansiyalar joylashgan nuqtalar to‘g‘ri (shtrixli) chiziqlar bilan shunday tutashtirilishi kerakki, natijada uchburchak to‘rlari hosil bo‘lsin(1.2-rasm). So‘ng har bir uchburchak tomonlarining o‘rtasidan perpendikulyarlar o‘tkaziladi. Daryo havzasining ana shu perpedikulyarlarning tutashishi natijasida chegaralangan qismi uning ichida joylashgan meteorologik stansiyaga tegishli bo‘ladi.
Shundan keyin:
1) har bir stansiyaga tegishli maydonning yuzasi(fi) aniqlanadi;
2) maydonning yuzasi(fi) ayni stansiyadagi yog‘in miq­dori(Xi)ga ko‘paytiriladi.
Hisoblashlar natijalari 1.2-jadvalda keltirilgan.
Ko‘paytmalarning yig‘indisi ni daryoning havza maydoni(F)ga bo‘lib, yog‘in qatlamini aniqlaymiz:





Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin