O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Rasm. 1. Tarkibiy va dinamik koordinatalar birligida oilaning



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

Rasm. 1. Tarkibiy va dinamik koordinatalar birligida oilaning 
sotsiologik tahlili
Oila ijtimoiy tarkibi bo‗yicha boshqa ijtimoiy institutlar va jamiyat bilan 
o‗zaro munosabatlarni amalga oshiruvchi ijtimoiy institut, jamiyat tizimi sifatida 
ko‗rib chiqiladi. Tarkibiy yondashuv institutlar pog‗onasida oilaning o‗rnini 
belgilaydi, oilaning jamiyatda uni anglash uchun muhim bo‗lgan vazifalarini 
aniqlaydi. Bir vaqtda oila ijtimoiy tegishlilik manbasi sifatida ko‗riladi.
Gorizontal yondashuv oiladagi o‗zgarishlar, ijtimoiy madaniy dinamikasiga 
e'tiborni belgilaydi. Dinamik jihatdan tahlil qilish avlodlar almashuvi jarayonida 
oilaviy hayotdagi o‗zgarishlar bilan shaxslaaro o‗zgarishlarni taqqoslash imkonini 
beradi.
Mazkur sxema oila sotsiologiyasidagi oilani o‗rganish bo‗yicha uchta 
yondashuvlarni birlashtirishda ko‗rinadi : ijtimoiy-tarkibiy; madaniy; ijtimoiy-
psixologik. 
1. Jinsiy tartibga solish vazifasi. Oila insonning tabiiy jinsiy ehtiyojlarini 
tartibga solish, yo‗naltirish va boshqarishni amalga oshiruvchi asosiy ijtimoiy 
institutdir. Shu bilan birga har bir jamiyat jinsiy ehtiyojlarni qondirishda muqobil 
yo‗llarga ega. Bunga qaramasdan er-xotin sadoqatining ma'lum me'yorlari bo‗lib, 


238 
ko‗pgina jamiyatlar bu me'yorlarning buzilishini oson o‗tkazadilar. Bunda ideal 
madaniyatdan real madniyatning tafovuti kelib chiqadi. Ammo tez-tez lilaviy 
me'yorlar buzilsa er-xotinning oiladan tashqarida jinsiy aloqaga kirishishiga sabab 
bo‗ladi. Ayniqsa jinsiy axloq me'yorlarining turlichaligi yosh oilalarning 
nikohgacha bo‗lgan jinsiy tajribasida namoyon bo‗ladi. Ko‗pgina zamonaviy 
jamiyatlarda nikohga kirish be'mani va aqlsizlik sanalib, nikohgacha bo‗lgan jinsiy 
aloqa- nikog‗ga tayyorlashga xizmat qiladi. Boshqa tomondan patriarxal oilada 
nikohgacha jinsiy aloqa qattiq taqiqlanadi. (ayollar munosabatida).
2. Reproduktiv vazifa. Har qanday jamiyatning asosiy vazifalaridan biri- 
uning a'zolarining yangi avlod yaratishidir. Bu bolalar jismoniy va ruhiy 
sog‗lomligi va natijada o‗qish va ijtimoiylashuv qobiliyatiga ega bo‗lishi bilan 
muhimdir. Shu bilan birga jamiyatning mavjudlik sharti tug‗ilishni tartibga solish, 
demografik pasayish yoki aksincha katta miqdorda o‗sishni oldini olishdir. Oila 
jamiyatga yangi a'zolarni yetishtirib beruvchi asosiy institutdir. Boshqacha yo‗l 
samarasiz va ijtimoiy jihatdan qabul qilinmaydi. Shuning uchun bolaning oiladan 
tashqarida paydo bo‗lishi afsuslanishlar, achinish, ayblashga olib keladi.
3. Ijtimoiylashuv vazifasi. Shaxsning ijtimoiylashuvida qatnashuvchi 
institutlar ko‗pligiga qaramasdan bunday jarayonda markaziy o‗rinni so‗zsiz oila 
egallaydi. Bu eng avvalo, individning dastlabki ijtimoiylashuvi oilada amalga 
oshishi, shaxs sifatida shakllanish uchun asoslarni egallashi bilan tushuntiriladi. 
Platondan boshlab ko‗pgina mutafakkirlar bolani tarbiyalashda umumiylashuv 
to‗g‗risida gapirishgan, ammo oiladan tashqaridagi ijtimoiylashuvga barcha 
urinishlar muvaffaqiyatsiz bo‗lgan.
Bugungi kunda bizning jamiyatda bolalarni samarali ijtimoiylashuvi uchun 
ta'lim muassasalari va oilaning kuchlarini taqqoslab ko‗rilib, individ 
ijtimoiylashuvida oila birinchi o‗rinda ekanligini ko‗rishimiz mumkin. Bola uchun 
oila uning shaxs sifatida rivojlanishi boshlalanadigan dastlabki guruhdir. Boshqa 
dastlabki guruhlar keyinchalik paydo bo‗lishiga qaramasdan shaxsda doimo 
bolaligida olgan axloqiy namunalari saqlanib qoladi. Oilaviy ijtimoiylashuvning 
asosiy usuli oilaning katta a'zolari axloq modellarini bolalarga o‗tkazishdir. Agar 


239 
bola ota-onasining noto‗g‗ri axloq namunalarini olsa, boshqa oilani ko‗rganda 
qarama-qarshilik vujudga kelib, ijtimoiylashuvda qiyinchilik tug‗diradi. Bunda tez-
tez ota yoki ona harakatlaridan qoniqmaslik paydo bo‗ladi, bola axloq modellarini 
qabul qiladigan boshqa shaxslarni izlaydi.
4. Hissiy qanoatlanish vazifasi. Insonning ko‗pgina ehtiyojlariga shu 
jumladan intim munosabatlar kiradi. Psixiatrlar fikricha jamiyatdagi hissiy va 
axloqiy murakkabliklar, hattoki jismoniy kasalliklarning sababi muhabbat, mehr va 
to‗laqonli intim munosabatlarning dastlabki guruh va eng avvalo oilada yo‗qligidir.
Katta miqdordagi ma'lumotlar shundan guvohlik beradiki, jiddiy jinoyatlar va 
boshqa salbiy holatlar bolaligida oilada g‗amxo‗rlik ko‗rmagan, ota va ona 
mehrisiz bolalar uylarida tarbiyalangan shaxslarda kuzatilib, ular katta miqdorda 
kasallikka, ruhiy buzilishga. yuqori o‗lim darajasiga, nomuvofiq axloqqa ega 
bo‗ladilar. Fakt shuki kimda yaqinlari bilan ishonchlik munosabat. Intimlik, 
tuyg‗ularini hissiy aks ettirish mavjud bo‗lsa, o‗shanda hayot uchun zarur 
elementlar mavjud bo‗ladi. O‗z tarkibi va xususiyatiga ko‗ra oila hissiy 
ehtiyojlarni eng muhim manbasi bo‗ladi. Ota-ona va er-xotin munosabatlari 
insonlarga bunday imkoniyatni taqdim qiladi.
5. Maqom vazifasi. Oilada tarbiyalangan har bir inson uning oila a'zolariga 
tegishli bir qator darajalarni oladi. Bu eng avvalo, sha'siy, millat sifatidagi, shahar 
yoki qishloq madaniyatidagi o‗rni uchun muhimdir. Sinfiy jamiyatdagi ma'lum 
ijtimoiy qatlamga tegishli oila bolaga bu qatlam uchun xos bo‗lgan imkoniyat va 
rag‗batlarni taqdim etadi, bu ko‗pgina holatlarda uning kelgusi hayotini belgilaydi. 
Albatta chinfiy maqom inson va qulay holatlar natijasida o‗zgarishi mumkin, 
ammo kelajakni qurishda bu shaxs uchun oiladagini izlash muhim bo‗ladi. Oila 
ularning manfaatlari, ahamiyati va turmush tarziga mos keluchi ota-ona va 
yaqinlarning darajasiga mos qilib bolani tayyorlashni amalga oshirishga majburdir.
6. Himoyaviy vazifa. Barcha jamiyatlarda oila instituti turli darajada o‗z 
a'zolarini jismoniy, iqtisodiy va ruhiy himoyasini amalga oshiradi. Biz shunga 
odatlanganmizki, ltdamiz va uning a'zolarini manfaatlari va xavfsizligini himoya 


240 
qilamiz. Ko‗pgina holatlarda inson uchun uning oilasidagi a'zolarning ajratilishi 
uyat yoki or sanaladi.
7. Iqtisodiy vazifa. Oila a'zolari bir xo‗jalikka kirib, bir jamoa bo‗lib mehnat 
qilganlarida ular o‗rtasida mustahkam iqtisodiy aloqalar shakllanadi. Aytish 
mumkinki, oila eamiyatning eng mustahkam iqtisodiy bo‗lagidir. Oilaviy 
hayotdagi me'yorlar har bir oila a'zosi uchun iqtisodiy qiyinchilik vujudga kelsa 
majburiy yordam va ko‗makdan iborat.
Oila muammosini ilmiy tahlil qilish quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 1. uning 
barcha tarkibiy qismlari ijtimoiy maqomining holatini bahosi; 2. beqarorlik 
sharoitida oila ijtimoiy sog‗ligining dinamik modeli; 3. inqiroz holatlarini bartaraf 
etish maqsadida ijtimoiy yordamning ustuvorliklarini tanlash; 4.oilani qo‗llab-
quvvatlashning samarli tizimi, aniq tadbirlari va tavsiyalarini yaratish ; 5. 
mintaqaviy dasturlar va ijtimoiy ish natijalarini tahlil qilish.
2.Keng ma'nodaoilaviy siyosat –bu oia uchun davlatning nima qilish, unga 
qanday ta'sir ko‗rsatishidir. Oilaviy siyosat sog‗liqni saqlash, ta'lim, ijtimoiy 
himoya, atrof-muhit muhofazasida aks etadi. Tor ma'noda –bu bolali oilalarni 
saqlash bo‗yicha oila qonunchiligida nazarda tutilgan ma'lum tadbirlardir.
O‗zbekiston an'anaviy qariyatlariga muvofiq bola tarbiyasi uchun 
javobgarlik, inqiroz holatida keksalarga qarash oilaga yuklatilgan. Oilalarni 
mustahkamlash bo‗yicha bir qator ma'rifiy va ta'qiq xususiyatiga ega tadbirlar 
amalga oshirilmoqda. Masalan 3-yoshgacha bolasi bor oilalar ajrimiga ta'qiq, bu 
masalaning mahalla qo‗mitasida majburiy ko‗rib chiqilishining murakkab 
amaliyotlari, ajrashganda davlat bojining yuqoriligi shular jumlasidandir. O‗rta 
maxsus ta'lim muassasalarida yoshlarni oilaga tayyorlashda ―oila va nikoh‖ kursi 
kiritildi. Faqatgina tug‗ruq ta'tili uchun emas, balki bolani ikki yoshgacha 
tarbiyalash bo‗yicha nafaqalar to‗lanadi. Davlat tug‗ilish yuqoriligicha qolayotgan 
qishloq joylarida uni pasaytirish bo‗yicha siyosatni amalga oshirib, bu joylarda 
onalar va bolalarning sog‗ligi pasayishi kuzatilmoqda ( 40-70% homilador ayollar 
noto‗g‗ri ovqatlanish oqibatida kamqonlikka chalingan). Nikoh oldidan majburiy 
tibbiy ko‗rikdan o‗tish kiritildi.


241 
Oilani ijtimoiy himoya qilish.
Asosiy vazifalari: 
• Belgilangan qonuniy huquqlar, ijtimoiy kafolatlarni amalga oshirish
• O‗zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga ijtimoiy himoya tizimining 
moslashuvi
• Turli aholi guruhlari va oila turlariga differensial yondashuv, yakuniy 
ijtimoiy texnologiyalarni shakllantirish
• Aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlashning faol shakllaridan keng 
foydalanish (aholini ijtimoiy va puhiy sog‗lomlashtirish hamda moslashtirish, 
o‗zini namoyon qilish va o‗zini ta'minlash, kasbiy yo‗naltirish.).
Ijtimoiy yordam:
• Sanitariya, oziq-ovqat, dori va parvarishlash vositalari bepul beriladigan 
shakldagi moddiy yordam. Masalan barcha birinchi sinf o‗quvchilariga maktb 
anjomlari bilan birga sumkalar berish yoki maktab orqali muhtoj oilalarga oyoq 
kiym va ust-bosh berish.
• Oilaning pul to‗lovlari: bola tug‗ilganligi munosabati bilan eng kam ish 
haqining ikki baravari miqdorida bir martalik nafaqa, bolani 2 yoshgacha 
parvarishlash bo‗yicha nafaqalar, boshqa to‗lovlar va pensiyalar. 
• Bolali oilalarga mehnat, soliq, uy-joy, tibbiy imtiyozlar, manzilli yordam, 
qachonki oila o‗zini minimum ta'minlay olmasa. 
• Ijtimoiy ko‗mak – oila faoliyatini rag‗batlantiruvchi faoliyat shakllari
kreditlar, sug‗urta, qo‗shimcha o‗qitish, qayta tayyorlash, ishga joylashtirish 
(masalana 
O‗zbekistonda 
tadbirkorlik 
faoliyatini 
rivojlantirish 
uchun 
mikrokreditlar xayriya fondlari orqali taqdim etiladi). 
• Ijtimoiy xizmat ko‗rsatish (ma'lum tibbiy, psixologik, pedagogik yordam, 
maslahat va ijtimoiy xizmat ko‗rsatish). 
Oila ijtimoiy xizmati. Vazirlar Mahkamasida oila, onalik, bolalikni ijtimoiy 
himoyalash masalalari bo‗yicha kotibiyat tuzilgan. 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi pensiyalar, kasallik 
bo‗yicha to‗lovlar, ishsizlik bo‗yicha nafaqalar, bolani parvarishlash bo‗yicha 


242 
nafaqalar, nogiron va yolg‗iz keksalarga moddiy yordam ko‗rsatishni nazorat 
qiladi, aholiga ijtimoiy xizmat ko‗rsatish uchun mas'ul bo‗ladi. Xalq ta'limi 
vazirligi bolalar bog‗chalari va yaslilar, ota-ona qaramog‗isiz qolgan, nogiron va 
rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar uchun internatlar ta'lim tizimini nazorat 
qiladi. Sog‗liqni saqlash vazirligi onalar va bolalar sog‗ligi uchun javobgar bo‗lib, 
homilador ayollarni majburiy ro‗yxatga olish va maslahat berishni o‗tkazadii, 
yangi tug‗ilgan chaqaloqlar patronaji, bolalar maslahatxonalari tizimi orqali kasal 
bolalarni emlash va davolashni amalga oshiradi, muntazam tibbiy ko‗riklar orqali 
bolalar bog‗chasi va maktablardagi bolalarning sog‗ligini nazorat qiladi. Ichki 
ishlar boshqarmalari hokimiyat bilan birgalikda huquqbuzarliklar profilaktikasi va 
nazoratini amalga oshirib, shu jumladan bolalar va o‗smirlar huquqbuzarligini 
oldini oladi. Mahalla qo‗mitalari davlat byudjetidan olingan mablag‗larni kam 
ta'minlanganlarga taqsimlaydi. Bu maqsadlar uchun shuningdek byudjetdan 
tashqari fondlar va xayriya tashkilotlarini jalb qiladi.
3. Er-xotin munosabatlari bir necha darajaga ajratilib, bir qator ziddiyatlar 
paydo bo‗lishi mumkin. 
Psixofiziologik –jinsiy hayot buzilishida namoyon bo‗ladigan nomuvofiqlik. 
Bu tez-tez uchraydigan muammo, ammo ajrashishga sabab bo‗ladigan eng 
muhim sabablardan emas. 
Psixologik – oilada nosog‗lom muhitning yaratilishi, bolalarga salbiy ta'sir 
qiluvchi doimiy nizolar, kelishmovchiliklarda namoyon bo‗ladi. 
Ijtimoiy ahamiyatli –yuu daraja barqarorligining buzilishi belgilari- oiaviy-
maishiy yuklamalarning noto‗g‗ri, noteng taqsimlanishi. 
Ijtimoiy madaniy (axloqiy) – er-xotinning bir birini tushunmasligi 
oqibatidagi nizolar, hurmat qilmaslik, o‗zaro qiziqishning yo‗qligi, muloqotdan 
qoniqmaslik, hayotiy maqsad, ideallari mos kelmasligi. 
U yoki bu darajadagi ziddiyatga olib keluvchi sabablar turlicha bo‗lishi 
mumkin. Ammo ularni vaqt bo‗yicha paydo bo‗lishini ikkita yirik guruhga ajratish 
mumkin. Bu sababalar bevosita nikoh vaqtida, birgalikda yashash va umumiy 
ro‗zg‗or asosida paydo bo‗ladi va oila qurguncha ular ob'ektiv mavjud bo‗ladi.


243 
Oila qurgunga qalar mavjud bo‗ladigan ob'ektiv sabablar guruhi xatar 
omillari deb nomlanib, ular nikohgacha tanishuv vaqtida ma'lum bo‗lib, kelgusida 
ajrashish xavfini keltirib chiqaradi. 
Xatar omillari inson shaxsi, uning tarbiyasi va nikoh sharoitlari bilan 
bog‗liqdir. Xatar omillariga quyidagilar kiradi: 
• Er-xotin o‗rtasidagi ta'limdagi va yoshdagi katta tafovut (ayniqsa agar 
ayol ancha katta bo‗lsa).
• Er-xotindan birining ichkilikka moyilligi; 
• Nikohga, umuman oilaga yengil qarash; 
• Nikohga juda kech yoshda kirishish; 
• Tez farzand ko‗rish ehtimoli; 
• Juda kam muddat tanishganlik; 
• Nikoh tuzishga ota-onalarning qarshiligi; 
• O‗zaro roziliksiz, majburiy nikoh. 
Bu omillar birgalikdagi hayotning dastlabki yillarida ko‗rinib, barcha 
ajrimlarning uchdan bir qismi birgalikda bir yildan uch yilgacha yashagan oilalarda 
kuzatiladi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin