Deviant axloq deganda quyidagilar tushuniladi (lat. Deviatio – uklonenie)
75
Гилинский Я.И., Афанасьев В.С. Девиант ахлоқ социологияси: Ўқув қўлланма. - СПб: Филиал института
социогии РАН, 1993.
76
Ланцова Л.А., Шурупова М.Ф. Девиант ахлоқнинг социологик // ижтимоий-сиѐсий журнал.- М., 1993. – №
4.
229
1. mazkur jamiyat me'yorlarida rasmiy belgilangan va amal qilinadigan
me'yorlarga mos bo‗lmagan insonning faoliyati, bu ruhiy sog‗lik, huquq,
madaniyat yoki axloq bo‗lishi mumkin.».
2. mazkur jamiyat me'yorlarida rasmiy belgilangan va amal qilinadigan
me'yorlarga mos bo‗lmagan inson faoliyatining ommaviy shakllarida aks etuvchi
ijtimoiy hodisa (standart, shablon).
Deviant axloqning birinchi mazmunida umumiy va yosh psixologiyasi,
pedagogika, psixiatriya predmetlari aks etadi. Ikkinchisida esa sotsiologiya va
sotsial psixologiya predmeti bo‗ladi.
Deviant axloq ko‗pgina salbiy ko‗rinishlar. Diniy dunyoqarashdagi yovuzlik
timsollari, tibbiy nuqati nazardan esa kasallik belgisi bo‗lib, huquqiy me'yorlarga
muvofiq noqonuniy, hattoki me'yoriy bo‗lmagan xulqni aks ettiradi.
Ijtimoiy tizimning buzilmasdan ishlashi inson hayot faoliyati bilan bog‗liq
bo‗lib, ijtimoiy o‗zgarishlar deviant axloq, tabiiy va zarur xulqdagi chetlanishlar
orqali amalga oshadi. Ular shaxsiy tajriba kengayishiga xizmat qiladi. Insonning
psixofizik. Ijtimoiy madaniy, manaviy-axloqiy holatida paydo bo‗luvchi ularning
axloqi jamiyatni takomillashtirish, ijtimoiy rivojlanishni amalga oshirishning
shartidir.
77
.
Deviantlikni bilim me'yorlariga asoslanmasdan aniqlash mumkin emas.
Tibbiy me'yorda –bu mutlaqo sog‗lom inson, pedagogikada- barcha fanlardan
muvaffaqiyatga erishuvchi shaxs, ijtimoiy hayotda jinoyatchilikning yo‗qligi.
Ruhiy me'yorlarni belgilash ko‗pchilik insonlar uchun axloq etaloni bo‗lgan ijobiy
xususiyatlar yig‗indisidir.
Shunday qilib, funksional me'yor individning yagonaligiga e'tiborni qabul
qilib, ammo ko‗pchilik insonlar uchun etalon bo‗lgan ijobiy xususiyatlarni aks
ettirmaydi.
78
.
77
Иванов В.Н. Девиант ахлоқ: сабаблари ва кўлами // Ижтимоий-сиѐсий журнал. – М., 1995. - № 2.
78
Гофман А.Б. Социология тарихи бўйича етти маъруза. – М., 1995.
230
Ijtimoiy me'yor – bu majburiy bo‗lmagan real axloq, me'yoriy axloq esa-
oddiy bo‗lmagan eng ko‗p uchraydigan namunadir. Bu tushunchaga asosan
ijtimoiy kutishga to‗g‗ri yoki tegishli axloq, qandaydir qonuniyatga ega me'yorlar,
o‗ziga rozilik va ko‗rsatma berish, shu jumladan nimanidir talab qilish yoki
qandaydir harakatni ta'qiqlash
Bunday zarur cheklov. Me'yor va deviatsiyalar quyidagicha aks ettiriladi
1. nimaningdir o‗rtachasi, massadan ajratilmagan holatdagi;
2.nimaningdir atrof muhitga eng yaxshi moslashishi .
Ijtimoiy me'yor ma'lum jamiyatdagi chegaralar, tadbirlar, axloqning mumkin
bo‗lgan intervali, insonlar faoliyati, ijtimoiy guruh, ijtimoiy tashkilotlardagi tarixiy
murakkablikni belgilaydi. Tabiiy me'yorlardan farqi ijtimoiy me'yorlar jamiyat
ishlashining ob'ektiv qonuniyatlarini inson harakati va anglashida aks ettirish
natijasi bo‗ladi.
Delinkvent axloq tushunchasi xuquqiy va ijtimoiy me'yorlarning keng
ko‗lamda buzilishini qamrab oladi. Delinkvent axloq- jinoyat kodesi nuqtai
nazaridan huquqbuzarlik, mayda bezorilik, magazindagi mahsulotlarni kichik
miqdorda o‗zlashtirish, transport yoki bozorlardagi kichik o‗g‗rilik. Og‗ir jarog‗at
yetkazish, aldash va boshqalar bo‗ladi. Kriminologiyada ular yoshlar
huquqbuzarligi kabi belgilanib, sud yoki ma'muriy huquqbuzarliklarning 12 va 20
yosh oralig‗idagi yoshlar tomonidan amalga oshirilishidir.
BMT ma'lumotlariga ko‗ra barcha yoshlarning 30% i qandaydir qonunga
qarshi harakatlarni amalga oshiradilar, 5% iijiddiy qonunbuzarlikka yo‗l
qo‗yadilar.
79
.
A.I.Kravchenko deviant va delikvent axloq o‗rtasidagi chegarani shunday
ko‗rsatadi: Deviantlik va delinkvetlik – me'yoriy axloqdan chiqishning ikkita
shaklidir. Birinchi shakl nisbatan kam ahamiyatga ega, ikkinchisi esa katta
ahamiyat kasb etadi.
79
Добреньков в.И. , Кравченко А.И. социология: В 3 т. Т.3: Ижтимоий институтлар ва жараѐнлар. – М.:
ИНФРА-М, 2000 г. – С. 462.
231
Bunda gap bezori o‗smirlarning ko‗cha guruhlari to‗g‗risida borib,
deviatsiya sifatidagi navbatdagi harakatga o‗z a'zolaridan birini ishtirok
etmasligidir. Bu harakatlar deviant axloq kabi militsiya va bu ko‗chada
turuvchilarning ko‗pchiligi tomonidan ko‗rib chiqiladi. Qayd etish kerakki,
Kravchenko delinkvent harakatlarga yozilgan me'yorlar va qonunlarga zid bo‗lgan
harakatlarni kiritib, biz bu yerda jinoyat deb ataymiz.
Delinkvent axloq qonunlarga qarshi bo‗lgan keng turdagi harakatlarni
qamrab oladi. Axloqning ko‗plab turli shakllari ijtimoiy muhokama qilinishi
kerak. Deviant axloq narkotiklar iste'mol qilishdan tortib futbol firibgarligacha va
hattoki jodugarlik va sehr bilan shug‗ullanishni qamrab oladi. Deviatsyai
sotsiologiyasi an'anaviy kriminologiyaga nisbatan ko‗p jinsli axloq toifalarini
o‗rganish ob'ekti sifatida turadi.
Ingliz sotsiologlari fikricha jamiyatdagi yoshlar tomonidan qilinadigan
odatiy qoidabuzarliklarga o‗g‗irlik, begona uyni buzish va sindirish kirib 17
yoshdan kattalar o‗rtasida kuch ishlatish bilan bog‗liq jinoyatlar ko‗pchilikni
tashkil qiladi. Yoshlar jinoyatchiligining ko‗plab sotsiologik nazariyalari bu
jinoyatlarni shahardagi o‗g‗rilarni o‗rganish natijalaridan foydalanib, kriminal
jamiyat va ularning imkoniyatlari qamrovini bilib tushuntiradi.
Jinoyatchilikka umumiy qarashlardan biri bu jinoyatchi-shunchaki yomon
odam, u bilan muloqot qilishnig yagona usuli unga jazo berishdir.
Saudiya Arabistoni va bosh musulmon mamlakatlarida bugungi kunda ham
o‗g‗rilik uchun qo‗l kesilib, ko‗pgina boshqa jinoyatlarga o‗lim jazosi beriladi. Bu
ommaviy tarzda ijro etiladi, ammo bazan barcha jamoaning bo‗lishi talab qilinadi.
Deviant axloq ikkita guruhga bo‗linadi:
1.
ruhiy sog‗lik me'yorlaridan farq qiluvchi axloq
2.
insoniyatning manaviy-axloqiy me'yorlaridan farq qiluvchi axloq.
80
.
Deviant axloq namoyon bo‗lishining asosiy shakllari quyidagilar
ichkilikbozlik va alkogolizm; Foxishalik; suitsidal axloq; jinsiy kasalliklar
80
П.Д. Павленок. Ижтимоий хизматлар асоси: дарслик. – М: Инфра-М, 1997. – С. 265.
232
asosidagi deviant axloq; huquqbuzarlik va narkomaniya. Bu tushunchalar o‗rtasida
farqlar mavjud. Ularga batafsil to‗xtalamiz
Alkogolizm –sprili ichimliklarga patologik qaramlik va shaxsning ijtimoiy-
axloqiy zavol topishi Ichkilikbozlik – bu muntazam alkogol iste'mol qilish,
ijtimoiy moslashuvning buzilishidir. Rus sotsiologlari o‗tkazgan tadqiqotga ko‗ra
yirik sanoat korxonalarida 99% erkak va 97% ayollar alkogol iste'mol qiladi.
Ichkilikning motivlari quyidagilar: ko‗ngil ochish, yaqin atrofning ta'siri, ichkilik
an'analariga rioya qilish, muhim kunlarni nishonlash, ishdagi ko‗ngilsizliklar.
81
.
Alkogolga qaramlik bosqichma-bosqich shakllanadi va murakkab o‗lchovlar
bilan belgilanadi. Sprili ichimlikka havas inson axloqida quyidagilarni namoyon
qiladi: ichishga tayyorlanishda behalovatlikning oshishi, qo‗l urishtirish, ruhiy
ko‗tarinkilik. Qancha ko‗p vaqt alkogol ichilsa ichishdan shuncha kam quvonch
tuyiladi..
Alkogolizmning shakllanishida bir qator omillar ta'sir qiladi: irsiy omillar,
xarakter, shaxsiy individual xususiyatlari va atrof muhit ta'siri. Shunindek moddiy
holat va ta'limning kamligi ham buning omiliga kiradi. Foxishalik (ot lat. slova
prostitution – bulg‗amoq, nomusiga tegmoq, ). Olimlar fohishalikda quyidagi
belgilarni ajratadilar.:
• Bandlik turi – mijozning jinsiy ehtiyojlarini qondirish;
• Bandlik xususiyati –turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilish shakli,
mijozning jinsiy ehtiyojlarini istalgan shaklda qondirish ;
• Bandlik motivi – oldindan pul yoki moddiy qiymatlikni olish,
fohishaning yashashining asosiy va qo‗shimcha manbasi bo‗ladi.
• Uning sabablari ijtimoiy iqtisodiy va manaviy-axloqiy omillar bo‗ladi.
Ammo o‗ziga xos sabablari ham bor. Bunday ayollar kuchli va ehtiyojlarni
o‗rtachadan yuqori qondiradilar. Boshqa sabab muhitdir.
• Foxishalik – bu jinoyatchilik. Alkogolizm va deviant axloqning boshqa
shakllari kabi ijtimoiy muammodir..
81
Ижтимоий тафовут – 2-е изд., перераб. и доп. – М.: Юрид. лит. 1989, - С. 65.
233
Foxishalik
xavflimi?
Albatta
birinchidan,
Foxishalik
– ijtimoiy
parazitizmning shaklidir. Foxishalik venerik kasalliklar va OITS tarqalishiga sabab
bo‗ladi. Agar bu ayollar o‗z sog‗ligini yo‗qotsa sog‗lom farzand ko‗ra olmaydi.
Ular ruhan tushkunlikka tushib o‗zlariga bo‗lgan ishonchni yo‗qotadilar.
Uni kamaytirish omillari aholi hayot darajasini ko‗tarish, jinsiy tarbiya
dasturlarini amalga oshirish, bu faoliyat uchun jinoiy javobgarlikni kiritish
Dostları ilə paylaş: |