234
• o‗z jinsidagi shaxslarga yoki yaqinlarga jinsiy ehtiros shaklidagi tafovut
(gomoseksualizm, lezbilik, yaqin qarindoshlarning jinsiy yaqinligi);
• jinsiy o‗zini anglashning buzilishi bilan bog‗liq tafovut (transeksualizm);
• jinsiy axloq stereotiplari o‗zgarishi bilan bog‗liq tafovut (maskulinlik).
Narkomaniya – bu narkotiklarga jismoniy va ruhiy qaramlikda aks etadigan
kasallik bo‗lib, bosqichma-bosqich organizmning jismoniy va ruhiy buzilishiga
olib keladi.
Narkomaniya ijtimoiy oqibatlarga ega. Jinoiy
elementlar uchun bu pul
topishning oson yo‗lidir. Narkotiklar iste'moli o‗limning ko‗payishiga, ayniqsa
yoshlar orasida somatik va ruhiy kasalliklar ko‗payishiga sabab bo‗ladi.
Narkomaniya asosida jinoyat turib, narkoman
uni olish uchun har qanday
jinoyatga tayyor bo‗ladi. Narkotiklar xarid qilish bir qator jinoyatlar o‗g‗rilik,
firibgarlikning o‗sishiga olib keladi. Narkotiklar avlodlarga ta'sir qiladi. Bolalar
jiddiy jismoniy va ruhiy kasallkilar bilan tug‗ilib, oilalar buzilishiga sabab bo‗ladi.
Narkomaniya sabablari etnologiyasida narkoman shaxsi katta o‗rinni
egallaydi. U demografik, yosh va ijtimoiy-tibbiy jihatlarga ega.
Narkomanlar
orasida erkaklar ko‗proq. Narkotiklarning asosiy iste'molchilari 12-15 oralig‗idagi
yoshlardir.
83
.
Narkomaniya – yoshlar kasalligi. U insonni jamiyatdagi me'yoriy hayotdan
chetga chiqaradi. Aynan shu narsa mamlakat kelajagiga xavf tug‗diradi. Butun
dunyoda 30 yoshgacha bo‗lgan shaxslar narkotik iste'molchilaring
katta qismini
tashkil qiladi. Bu yoshda narkomaniya o‗sib boryapti. Narkotiklarning
qo‗shilishning o‗rtacha yoshi 13 ni tashkil qilyapti.
Narkomaniyaning turli shakldaligi toksikomaniya deb yuritiladi. Ken
tarqalgan narkotik moddalarga quyidagilar kiradi:
• Morfiy geroin – alkoloyd opium;
• Uyqu dorilar ,;
• Gashish (anasha, marixuana);
83
Маркова Н.Е. Культуринтервенция// /
http://www.narkotiki.ru/research_5375.html
235
• Asab tizimiga ta'sir qiluvchi moddalar.
• Kokain – koka o‗simligi alkoloydi.
• Narkomaniya va toksikomaniyaning motivlari quyidagilar:
• Narkotik modda ta'sirida hayotdan rohatlanish;
• Ma'lum guruhga kirish maqsadida sinab ko‗rish;
• Atrofdagilar bilan munosabatlarda dushmanlarcha
kayfiyat;
• To‗liq zaiflashish tuyg‗usiga erishish;.
Narkomaniya uchun sinov asosi mikro muhit sanaladi. Oila va ko‗cha muhiti
katta ahamiyatga ega. Maktab, Ko‗cha,ishda hyech bo‗lmaganda bitta narkoman
paydo bo‗lsa u atrofdagilarga salbiy ta'sir qiladi.
Dastlab narkotiklar bepul,
keyinchalik qarzga va pulga beriladi.
Shunday qilib har bir jamiyatda ijtimoiy tafovutlarning u yoki bu shakllari
mavjud. Bugungi kundagi eng dolzarb muammolar har bir mamlakat xavfsizligi
uchun jiddiy xavf bo‗lgan narkotiklar
ishlab chiqarish, sotish va tarqatishdir.
Narkomaniya o‗tkair ijtimoiy oqibatlarga ega bo‗lib, huquqbuzarlkilar
miqdori oshishi, insonlar ayniqsa yoshlarning jismoniy va axloqiy sog‗ligiga ta'sir
ko‗rsatadi. Ayanan voyaga yetmaganlar, bolalar va o‗smirlar yuqorida keltirilgan
salbiy ta'sirlarga tez tuzib qoladilar.
Dostları ilə paylaş: