270
Asosiy atamalar lug‘ati
Altruizm – insonning boshqa shaxslar to‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilishiga
asoslangan hayotiy tamoyillari bo‗lib, u o‗z manfaatlaridan boshqalarning
manfaatlarini ustun qo‗yganda sodir bo‗ladi.
Anomiya –eski ijtimoiy me'yorlar amalda bo‗lishdan to‗xtab, yangilari
axloq regulyatori sifatida hali tasdiqlanmagan paytdagi jamiyat holati
(E.Dyurkgeym); jamiyatning madaniy maqsadlari o‗rtasidagi kelishuv va ularga
erishishning ijtimoiy qabul qilingan vositalari (R.Merton).
Ta'sir qilish (ijtimoiy ish nazariyasida) – muammolarni hal qilish
maqsadida amalga oshiriladigan turli ijtimoiy soha tizimlaridagi mutaxassis va
mijozning ikki tomonlama o‗zaro munosabat jarayoni.
Fuqarolik jamiyati– siyosiy hokimiyatdan mustaqil ravishda faoliyat
yurituvchi jamoat institutlari va munosabatlari tizimi, xususiy va guruhiy
manfaatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan davlat siyosatini ishlab
chiqishga xos munosabatlar tizimi.
«Xatar guruhlari» – ijtimoiy umumiylik, barqarorlik mavjud bo‗lmagan
holat, kimda katta imkoniyatlar bo‗lsa hayotiy murakkab vaziyatlarda o‗sha
jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy degradatsiyaga yetakchilik qiladi.
Insonparvarlik – dunyoqarash tamoyili,insonni shaxs sifatida o‗z qadrini
bilishi, o‗z huquqlarini erkin namoyon qilishi va o‗z qobiliyatlarini
rivojlantirishdagi g‗oyalar va tasavvurlar yig‗indisi..
Deviatsiya – insonga yoki vaziyatga munosabatga ega bo‗lgan, umumiy
me'yorlar va qalriyatlarga mos kelmaydigan axloq.
Diskurs – shaxsiy erkinlikning tanqidiy refleksiya elementi (Yu.Xabermas).
Hayotiy holatlar – inson uchun ahamiyatli bo‗lgan va uning ehtiyojlari,
qadri va tushunchalari bilan bog‗liq, uning xulqi hamda dunyoqarashiga ta'sir
qiluvchi hayotning ma'lum davridagi hodisalar yig‗indisi.
Dostları ilə paylaş: