O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi



Yüklə 296,96 Kb.
səhifə4/14
tarix09.05.2023
ölçüsü296,96 Kb.
#110064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ravish kurs ishi

U yaxshi odam.
U yaxshi gapirdi.
Bu ikki gapda yaxshi so‘zi bir xil grammatik shaklda ishlatilgan, lekin uning vazifasi har xildir. Bu gaplarda uning qaysi so‘z turkumiga mansubligi va qanday sintaktik vazifani o‘tayotganini, uni qaysi so‘z bilan birikib kelayotgani orqali aniqlanadi. Birinchi gapda u otni aniqlab, izohlab kelsa, ikkinchisida fe’l bilan bog‘lanib kelgan. Shuning uchun birinchi gapdagi yaxshi so‘zi sifat bolib, aniqlovchi vazifasida ishlatilgan, ikkinchisida esa u fe’l bilan bog‘langani uchun o‘z turkumlaridan ravishga kiradi va u hol vazifasini o‘tamoqda. So‘z turkumlarini aniqlovchi mezonlar qancha ko‘p bo‘lsa , so‘z turkumlari shuncha aniq va maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mezonlar qancha kam bo‘lsa , natija shuncha noaniq chiqadi. Shunday qilib, umumiy leksik-grammatik ma’noga ega bo‘lgan, bir xil grammatik kategoriyalardan foydalanadigan hamda gapda ma’lum sintaktik vazifalami bajarib, ma’lum so‘zlar bilan aloqaga erishadigan va nihoyat, ma’lum so‘z yasovchi qo‘shimchalar orqali yasaladigan so‘zlar yigindisiga so‘z turkumi deyiladi.
Ravish — mustaqil soʻz turkumlaridan biri; harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. Ravishlarning quyidagi maʼnoviy turlari mavjud: holat (tarz) ravishlari (tez, sekin, piyoda kabi); oʻrin ravishlari (uzoqda, yaqindan, pastda kabi); payt Ravish lari (hozir, kecha, bugun kabi); darajamiqdor ravishlari (ancha, sal, kam kabi); maqsad ravishlari (ataylab, joʻrttaga kabi); sabab ravishlari (noiloj, ilojsiz, chorasizlikdan kabi). Payt, oʻrin va maqsad ravishlaridan boshqa barcha ravishlarni, eng umumiy xususiyatlariga koʻra, bir turga kiritish va ularni holat (tarz) ravishlari deb atash mumkin.
Ravishlar mustaqil soʻz turkumi sifatida quyidagi morfologik xususiyatlar bilan ajralib turadi: 1) daraja kategoriyasiga ega: tez, koʻp (oddiy daraja) — tezroq, koʻproq (qiyosiy daraja) — eng tez, juda koʻp (orttirma daraja) kabi; 2) oʻzgarmas bulib, koʻpincha feʼllarga bogʻlanib keladi: Soʻrida qat-qat duxoba koʻrpachalar ustma-ust toʻshalgan edi; 3) ravish ayrim oʻrinlarda sifat va otga bogʻlanib kelishi ham mumkin. Bunday hollarda ravish belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, oʻzi bogʻlanib kelgan sifat yoxud otdan anglashilgan harakatlarning belgisini bildiradi: Kecha havo juda sovuq edi. U hozir beqiyos va tasavvur qilib boʻlmas baxtiyor edi; 4) Ravish yasovchi muxsus qoʻshimchalarga ega: cha, ona, larcha, lab va boshqa; 5) turlanmaydi va tuslanmaydi (otlashish hollari bundan mustasno).
Ravishlar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi: doʻstona, qahramonlarcha, oylab (morfologik usul), har zamon, shu on, bir dam (sintaktik usul) kabi. Ravishlar tuzilishiga koʻra, sodda (kamtarona, vijdonan, butunlay), qoʻshma (har dam, bir yoʻla, ozmuncha, har qachon), juft (kechakunduz, qishin-yozin) va takroriy (ozoz, tez-tez, koʻp-koʻp) turlarga boʻlinadi. Ravishlarning anchagina, juda, kam, kamkam kabi shakllari modal shakl hisoblanadi. Ravishlar gapda hol, aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi.
Ravishlar belgi anglatish xususiyatlari bilan sifatlarga uxshaydi, ammo grammatik xususiyatlari jihatidan ular oʻzaro farqlanadi: sifatlar predmetning belgisini, Ravishlar esa harakat yoki holatning belgisini bildiradi; ularning gapdagi, yaʼni sintaktik vazifasi ham oʻzgachadir.1

Yüklə 296,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin