O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi



Yüklə 296,96 Kb.
səhifə3/14
tarix09.05.2023
ölçüsü296,96 Kb.
#110064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ravish kurs ishi

- so 'zning grammatik shakli;
- so 'zning sintaktik vazifalari;
- so 'z yasovchi morflar;
- so'zning distributsiyasidan foydalaniladi.
So'zning leksik-grammatik ma’nosi deganda, so‘z anglatadigan aniq ma’no emas, balki uning umumlashgan ma’nosi nazarda tutiladi. Masalan: uy, mars, yalpiz, qor, do'stlik, quyon so‘zlarining muayyan aniq ma’nolari bor, ya’ni, birinchi so‘z qurilish turi - yashash uchun qurilgan binoni, ikkinchisi - quyosh sistemasiga kiruvchi sayyorani, uchinchisi - iste’mol qilinadigan o ‘simlik turini, to‘rtinchisi – tabiat hodisasining turini, beshinchisi - mavhum tushunchani va oltinchisi - hayvon turini anglatadi. So‘zlarning leksik-grammatik ma’nosi deganda ularning anglatadigan konkret ma’nolari emas, balki shu so‘zlarga xos boig an umumiy ma’no, bu guruh so‘zlar uchun umumiy bo‘lgan, narsa yoki hodisa ma’nosi nazarda tutiladi. Narsa yoki hodisa nomini anglatuvchi so‘zlar ot deb nom olgan sobz turkumiga kiritiladi.
Chekmoq, о'qimoq, yozmoq, turmoq, ko'rmoq, buzmoq so‘zlarining aniq, konkret ma’nolari har xil, ba’zilarining aniq ma’nolari bir-biriga qarama-qarshi va zid, lekin ulaming hammasiga k o s bo‘lgan ma’no - ish-harakatdir. Ana shu xususiyatlariga ko‘ra bu turkumdagi so‘zlar fe’l deb nom olgan so‘z turkumiga kiradi.
So 'zning grammatik yoki morfologik xususiyati deganda, u yoki bu so‘zga xos boigan grammatik kategoriyalar, shakl yasovchi, so‘z o‘zgartuvchi affiksal morflar tushuniladi. Masalan, qizil, katta, ishlamoq, yotmoq, uy, daraxt so‘zlarining morfologik xususiyatlarini aniqlash lozim b o is a , avval bu so‘zlar bilan ishlatiladigan shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalami aniqlash lozim bo‘ladi. Birinchi va ikkinchi so‘z -roq morfini olishi mumkin, lekin keyingi
so‘zlar bu morfni olmaydi. Uchinchi va to ‘rtinchi so‘zlar -di, -(i) b, gan morflarini olishi mumkin, birinchi, ikkinchi, beshinchi, oltinchi so‘zlar esa bu qo‘shimchalar bilan uchramaydi. Beshinchi va oltinchi so‘zlar kelishik qo‘shimchalarini olishi mumkin, lekin uchinchi va to ‘rtinchi so‘zlar bunday morflar bilan uchramaydi. Birinchi va ikkinchi so‘z kelishik qo‘shimchalarini olishi mumkin, lekin u holda
ular otlashib, ot vazifasini o ‘tay boshlaydilar. Shunday qilib, so‘z o‘zgartuvchi va shakl yasovchi affiksal morflar ham so‘zlami turkumlarga ajratishda katta ahamiyatga egadir. So ‘zlarning sintaktik vazifasi deganda ulaming gapdagi оrni, gap bolaklari nuqtai nazaridan bajaradigan vazifasi tushuniladi. M a ’lumki, so ‘z turkum larining gapda bajaradigan vazifasi turlicha. Ot g aplarda hamma vazifada kelishi mumkin, lekin sifatlarning sintaktik vazifalari chegaralangan. Shuni ham aytish kerakki, so‘z turkumlarining gapda bajaradigan vazifasi tillarda bir xil emas. Ingliz tilida ot o ‘zbek tilidagi singari hamma vazifalarda ishlatilavermaydi. Sifat esa ingliz tilida faqat aniqlovchi va qo‘shma ot kesimning ot qismi vazifalarida ishlatilishi mumkin. So'z yasovchi morflar deganda, u yoki bu so‘z turkumiga xos
bo‘lgan so‘z yasovchi qo‘shimchalar nazarda tutiladi. Har bir so‘z turkumining о‘ziga xos so‘z yasovchi morflari bor. Biz -li morfini olgan so‘zni uchratsak, ikkilanmasdan uni sifat deymiz, -zor, -kor, -chi qo‘shimchalarini olgan so‘zni ko‘rsak, uni ikkilanmasdan ot deymiz va hokazo. H ar b ir tildagi so ‘z tu rkum larining ana shularga o‘xshagan so‘z yasovchi morflari bor. Masalan, ingliz tilida -ize, yoki -fy morflari faqat fe’lga -ment, -dom, -ship otga; -ous, -fui, -less sifatga
xos va hokazo. So'zlar distributsiyasi deganda, biz ulaming boshqa so‘zlar bilan birika olish imkoniyatlarini tushunamiz. So'zlar distributsiyasi to ‘g ‘risida gap borganda, biz avval ularning leksik-grammatik ma’nosini yodimizda tutishimiz kerak, chunki so‘zlaming ma’nolari ularning boshqa so‘zlar bilan birikishini ta’minlaydi. Masalan, ot narsa yoki hodisani anglatadi. Narsa, hodisalar ma’lum belgi va xususiyatlarga ega boiishi mumkin, bunday holda ular sifatlar bilan birikishadi; narsalarning ish-harakati va holati tasvirlanishi mumkin, u holda ular fe’llar bilan birikishadi. Ana shunday so‘z birikmalariga qarab, biz so‘z turkumini ajratishimiz mumkin. Masalan, ingliz, nemis va fransuz tillarida artikllar bilan birikkan so‘zni ko‘rsak, uni albatta, ot deymiz, chunki artikllar faqat otlar bilan birikadi. So‘zlarning distributsiyasi o ‘zbek tilida ham katta ahamiyatga egadir. Bu tilda lam so‘zning qaysi so‘z turkumiga taalluqliligi b a ’zan ularning birikmasiga qarab farqlanadi:

Yüklə 296,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin