O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi



Yüklə 296,96 Kb.
səhifə7/14
tarix09.05.2023
ölçüsü296,96 Kb.
#110064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
ravish kurs ishi

O‘rin ravishi. O`rin ravishi ish-harakatning bajarilish o`rnini va harakat yo`nalgan tomonni anglatadi. O`rin ravishi qaerga? qaerda? qaerdan? kabi so`roqlarga javob berib, ularga nari, beri, oldinga, pastda, tubanda, yuqoridan, quyidan, u yoqqa, bu yoqqa, yaqinda, orqadan, to`g`riga, chapda, o`ngda kabilar kiradi.
O`rin ravishlari gapda, asosan, o`rin holi ba’zan esa kesim vazifasini bajaradi: Biror kishi gapirgan paytida u yoq - bu yoqqa qarab qo`ysa, demak bu gap omonatdir (Hadisdan). YOshi ulug` Nazarali ota shu erda (G`.G`ulom).
O‘rin ravishi harakatning yuz berish o‘rnini bildiradi: olg‘a, ilgariga, oldinga. u yerga (­da, ­dan), bu yerga (­da, ­dan), shu yerga (­da, ­dan), u yoqqa (­da, ­dan), olg`a, o`rtaga (­da, ­dan), hech yoqqa (­da, dan), nari­beri (surmoq), ilgariga (­da, ­dan), tashqariga (­da, ­dan), quyiga (­da, ­dan), chapga (­da, ­dan), o`ngga (­da, ­dan).
Eslatma. O‘rin ravishini o‘rin otidan farqlamoq kerak. Bunga o‘rin otlarining morfologik o‘zgarishi asos qilib olinadi: (atrofimiz), (o‘rtada), (o‘rtadan), (ichkarida), (o‘ngdan), (chapda), (oldida), (u yerdan) kabi.
Holat ravishi. Holat ravishi harakatning bajarilish usuli, tarzini bildiradi. Holat ravishi ish-harakatning qay tarzda, qay holatda bajarilishini bildirib, qanday? qay tarzda? qanday qilib? kabi so`roqlarga javob bo`ladi: asta, sekin, tez, piyoda, ayov, qo`qqisdan, tasodifan, xomlay, ochin-to`kin, butunligicha, jim, darov, darhol, zo`rg`a, birdan, birga, majburan, yaqqol, harbiylarcha, o`zbekcha, yuzma-yuz, ochiq-oydin kabi.
Holat ravishlari, asosan, ravish holi otga bog`lanib kelganda sifatlovchi-aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi: Bobur ota yurtidan ajralganini endi astoydil his qildi (P.Q.). Salqin shabadasi kelib olqishlar bizning g`olibona bayrog`imizni (A.M.). Auditoriya jimjit, hamma unga qarar (P.Q.).
Shu boisdan ular tarz-tus ravishi deb ham yuritiladi: bexosdan, astoydil, majburan, fidoyilarcha, chalqancha(siga), chambarchas, eran­qaran, yaxshilikcha, boshdan­oyoq, ochiqchasiga, ohista, paydar­pay, piyoda, pinhona, surunkasiga, sidirg`asiga, tekin, to`g`ridan­to`g`ri, tiriklayin, tikkama­tikka, tekinga, to`satdan, tezda, tezlikda, teskarisiga, uzunasiga, boshma­bosh, butunisicha, butunligicha, vahshiyona, vijdonan, dabdurustdan, darrov, darhol, daf’atan, zo`rg`a, zimdan, yo`l­yo`lakay, ko`r­ko`rona, nari­beri, oldinma­keyin, yangicha, yangitdan, o`zidan­o`zi, o`zicha, qayta, qat’iyan, qiyg`os, arang, badastir, bekami­ko`st, bajonudil, bahuzur, bazo`r, baloday, bamaylixotir, bamaslahat, banogoh, baravariga, baralla, basma­bas, bafurja, bahamjihat, bahodirona, beayov, bevosita, bedarak, beijozat, beixtiyor, bekitiqcha, beso`roq, betinim, betma­bet, beto`xtov, bexos/bexosdan, bilinar­bilinmas, aksincha, bira to`la, birma­bir, birvarakay(iga), birga(likda), birdan(iga), birin­ketin, bosim (ishlamoq), qo`qqisdan.

Yüklə 296,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin