Miqdor-daraja ravishi. Miqdor-daraja ravishi ish-harakatning miqdoriy belgisi, bajarilish darajasini, shuningdek, predmetning noaniq miqdori, belgining darajasi va miqdorini anglatadi.
Miqdor-daraja ravishlari ma’no xususiyatiga ko`ra ikki guruhga bo`linadi: miqdor ravishi va daraja ravishi.
Miqdor ravishi miqdor tushunchasini anglatib, harakat-holatning bajarilishida uning miqdoriy belgisini ko`rsatadi. SHu bilan birga miqdor ravishi otga ham bog`lanib kela oladigan ravish turidir, shu jihatdan bu ravishlar predmetning noaniq miqdorini ham ifodalaydi. Miqdor ravishi qancha? so`rog`iga javob berib, ularga ko`p, mo`l, kam, bir oz, sal, picha, xiyol kabilar kiradi.
Daraja ravishi daraja tushunchasini anglatib, harakat-holatning bajarilish darajasini ko`rsatadi. Ba’zan daraja ravishlari sifat va ravishning o`ziga bog`lanib kelib, belgi ma’nosini kuchaytirib keladi. Bu ravishlar qay darajada? so`rog`iga javob berib, ularga tez, g`oyat, nihoyatda, obdon, yana, o`ta, tag`in, aslo, sira kabilar kiradi.
Daraja ravishlari belgi ma’nosini kuchaytirishiga ko`ra (juda, g`oyat) sifat va ravishlarning orttirma darajasini hosil qiladigan element sifatida ham qatnashadi.
Miqdor-daraja ravishlari, asosan, miqdor-daraja holi, ba’zan kesim vazifasini bajaradi: Mo`l-ko`l nur to`kar, ko`kdan qadrdon quyoshimiz (E.Vohidov). Biroq ko`zgu shunaqangi xira Ediki, o`zimning yuzimni zo`rg`a ko`rardim (O`.H.).
Miqdor-daraja ravishi predmetning belgisini bildirib, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida ham keladi: Ko`p gap quloqqa yoqmas (Maqol).
Miqdor-daraja ravishi miqdoriy sifat va darajani ifodalaydi: ko‘plab, sal, qarich-qarich, arang, xiyol, yana kabi. Miqdor-daraja ravishi songa yaqinlashadi. Biroq son bilan «noaniq miqdor» belgisi ostidagi noto‘liq ziddiyatda belgili a’zo sifatida yuzaga chiqadi. arang, batamom, baqadrihol, baholiqudrat, bag`oyat, birnav’i, beadad, birmuncha, butunlay, bazo`r, deyarli, jilla, jichcha, jinday, juda (ham), zarracha, zinhorbazinhor, mutlaqo, rosa, ozmiko`pmi, ozmuncha, sal, salpal, sira, talay, tegishlicha, yetarlicha, tirnoqcha, xiyol, xiyla, o`lguday, qittak.
Maqsad ravishi. Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni anglatib, nega? nima maqsadda? kabi so`roqlarga javob beradi. Bu ravishlarga atay(in), ataylab, jo`rttaga, qasddan kabilar kiradi. Maqsad ravishi gapda, asosan, maqsad holi vazifasini bajaradi: YUksak binolar tomon, Bordik bizlar atayin (Po`lat Mo`min).Fe’ldan anglashilgan harakatning maqsadini ifodalaydi: atay, atayin, ataylab, azza-bazza, jo‘rttaga, qasddan. azzabazza, jo`rttaga, qasddan
Dostları ilə paylaş: |