O‘rin ravishi. O‘rin ravishi harakatning yuz berish o‘rnini bildiradi: olg‘a, ilgariga, oldinga.
Holat ravishi. Holat ravishi harakatning bajarilish usuli, tarzini bildiradi. Shu boisdan ular tarz-tus ravishi deb ham yuritiladi: bexosdan, astoydil, majburan, qavatma-qavat, mardlarcha, yigitlarcha.
Miqdor-daraja ravishi. Miqdor-daraja ravishi miqdoriy sifat va darajani ifodalaydi: ko‘plab, sal, qarich-qarich, arang, xiyol, yana kabi. Miqdor-daraja ravishi songa yaqinlashadi. Biroq son bilan «noaniq miqdor» belgisi ostidagi noto‘liq ziddiyatda belgili a’zo sifatida yuzaga chiqadi.
Maqsad ravishi. Fe’ldan anglashilgan harakatning maqsadini ifodalaydi: atay, atayin, ataylab, azza-bazza, jo‘rttaga, qasddan.
Sabab ravishi fe’ldan anglashilgan harakatning sababini ifodalaydi: noiloj, noilojlikdan, bekordan-bekorga, chor-nochor.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Ilhomjon Madrahimov. Oʻzbek tili grammatikasi [Morfologiya, 1-j.], T., 1975.
Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshekent. Fan va texnologiya. 2010.
Norqo‘zieyeva D. O’zbek va nemis tillarida ravishning tuzilishidagi tafovut va o‘xshashliklar(Maqola) "Science and Education" Scientific Journal. 2021.
Nurmonov A. O‘zbek tilshunosligi tarixi. Toshkent, O‘zbekiston. -2002.
5. Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. Toshkent. Yangi asr avlodi. 2009.
6. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent:. Talqin-2005.
7. Hojiyev A. O‘zbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z yasalishining nazariy masalalari. T. -2010.
Dostları ilə paylaş: |