O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi



Yüklə 296,96 Kb.
səhifə10/14
tarix09.05.2023
ölçüsü296,96 Kb.
#110064
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
ravish kurs ishi

. Ravish derivatsiyasi.

Ravishda derivatsiya. Tilshunosligimizda ravish yasalishi munozarali. Chunki ravishning asosiy qismi – asli boshqa turkumga mansub soddalashgan, yaxlitlashgan leksema. Shu boisdan aksariyat tilshunoslar ravish yasalishini inkor etishib, ravishlashish (boshqa turkum so‘zining ravishga o‘tishi) mavjudligini tan olishadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan ravishlar tarkibiga diqqat qilinsa, ularda turli so‘z yasash qolipi mavjudligi ma’lum bo‘ladi: arabcha ot+an, ot+chasiga, ot+ona, ot+larcha, ot+lab kabi.
Qo‘shma ravish esa olmosh+ot (har gal, har zamon), ravish+ot (hali zamon, hali beri), son+ot (bir yo‘la, bir dam) qolipi mahsuli.
Boshqa turkumdagi takroriy so‘z ravish bo‘lishi mumkin: yuzma-yuz, quruqdan-quruq kabi.
Tilshunoslar ravish turkumining yasalish sistemasiga ega emasligini -an, -ona qo‘shimchasining arabcha va tojikcha so‘z tarkibida uchrashini, -larcha, -chasiga, -lab kabining grammatik ma’no ifodalashi bilan va -iga/-siga, -chasiga kabi so‘zning sanoqli darajada ekanligi bilan izohlaydi.
Ravish gapda ko‘pincha fe’lga bog‘lanib hol, otga bog‘lanib sifatlovchi vazifasida keladi. Bu ravish – UGMsining tarkibiy qismi.

  • Yasama ravishlar affiksatsiya yoki kompozitsiya usuli orqali hosil qilinadi.

  • Yasashga asos qism ot, sifat, olmosh, sifatdosh va ba’zan ravish bo‘lishi mumkin. Quyidagi qo‘shimchalar ravish yasash uchun xizmat qiladi:

  • -cha: yangicha, eskicha, hozircha, uningcha, shuncha, ozbekcha

  • -larcha: mardlarcha, do‘stlarcha, qardoshlarcha

  • -lab: harflab, haftalab, tonnalab

  • -ona: itoatkorona, mardona, mag‘rurona


  • Yüklə 296,96 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin