O‘rin ravishi. O`rin ravishi ish-harakatning bajarilish o`rnini va harakat yo`nalgan tomonni anglatadi. O`rin ravishi qaerga? qaerda? qaerdan? kabi so`roqlarga javob berib, ularga nari, beri, oldinga, pastda, tubanda, yuqoridan, quyidan, u yoqqa, bu yoqqa, yaqinda, orqadan, to`g`riga, chapda, o`ngda kabilar kiradi.
O`rin ravishlari gapda, asosan, o`rin holi ba’zan esa kesim vazifasini bajaradi: Biror kishi gapirgan paytida u yoq - bu yoqqa qarab qo`ysa, demak bu gap omonatdir (Hadisdan). YOshi ulug` Nazarali ota shu erda (G`.G`ulom).
O‘rin ravishi harakatning yuz berish o‘rnini bildiradi: olg‘a, ilgariga, oldinga. u yerga (da, dan), bu yerga (da, dan), shu yerga (da, dan), u yoqqa (da, dan), olg`a, o`rtaga (da, dan), hech yoqqa (da, dan), nariberi (surmoq), ilgariga (da, dan), tashqariga (da, dan), quyiga (da, dan), chapga (da, dan), o`ngga (da, dan).
Eslatma. O‘rin ravishini o‘rin otidan farqlamoq kerak. Bunga o‘rin otlarining morfologik o‘zgarishi asos qilib olinadi: (atrofimiz), (o‘rtada), (o‘rtadan), (ichkarida), (o‘ngdan), (chapda), (oldida), (u yerdan) kabi.
Holat ravishi. Holat ravishi harakatning bajarilish usuli, tarzini bildiradi. Holat ravishi ish-harakatning qay tarzda, qay holatda bajarilishini bildirib, qanday? qay tarzda? qanday qilib? kabi so`roqlarga javob bo`ladi: asta, sekin, tez, piyoda, ayov, qo`qqisdan, tasodifan, xomlay, ochin-to`kin, butunligicha, jim, darov, darhol, zo`rg`a, birdan, birga, majburan, yaqqol, harbiylarcha, o`zbekcha, yuzma-yuz, ochiq-oydin kabi.
Holat ravishlari, asosan, ravish holi otga bog`lanib kelganda sifatlovchi-aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi: Bobur ota yurtidan ajralganini endi astoydil his qildi (P.Q.). Salqin shabadasi kelib olqishlar bizning g`olibona bayrog`imizni (A.M.). Auditoriya jimjit, hamma unga qarar (P.Q.).
Shu boisdan ular tarz-tus ravishi deb ham yuritiladi: bexosdan, astoydil, majburan, fidoyilarcha, chalqancha(siga), chambarchas, eranqaran, yaxshilikcha, boshdanoyoq, ochiqchasiga, ohista, paydarpay, piyoda, pinhona, surunkasiga, sidirg`asiga, tekin, to`g`ridanto`g`ri, tiriklayin, tikkamatikka, tekinga, to`satdan, tezda, tezlikda, teskarisiga, uzunasiga, boshmabosh, butunisicha, butunligicha, vahshiyona, vijdonan, dabdurustdan, darrov, darhol, daf’atan, zo`rg`a, zimdan, yo`lyo`lakay, ko`rko`rona, nariberi, oldinmakeyin, yangicha, yangitdan, o`zidano`zi, o`zicha, qayta, qat’iyan, qiyg`os, arang, badastir, bekamiko`st, bajonudil, bahuzur, bazo`r, baloday, bamaylixotir, bamaslahat, banogoh, baravariga, baralla, basmabas, bafurja, bahamjihat, bahodirona, beayov, bevosita, bedarak, beijozat, beixtiyor, bekitiqcha, beso`roq, betinim, betmabet, beto`xtov, bexos/bexosdan, bilinarbilinmas, aksincha, bira to`la, birmabir, birvarakay(iga), birga(likda), birdan(iga), birinketin, bosim (ishlamoq), qo`qqisdan.
Dostları ilə paylaş: |