Ravish LMGlari. Ravish holat, miqdor-daraja, o‘rin, payt, maqsad, sabab LMGlariga bo‘linadi.
Ravish morfologik jihatdan o`zgarmaydi, ya’ni lug`aviy shaklga ega emas va aloqa-munosabat shaklini ham olmaydi. Ayrim ravish tarkibida uchraydigan egalik (kechasi), kelishik (undabunda, olg`a, jo`rttaga, to`satdan, birdan) shakllari so`z bilan yaxlitlangan, ma’noli qismga ajratilmaydi: hozirdan, tezda, ilgarilari, kechqurunlari.
Ravishlar yasalish xususiyatiga ega.
Ravishlarga qo`shilgan kelishik ikki xil vazifa bajaradi:
1) Ravishning ma`noviy guruhini o`zgartiradi: keyin(payt) – keyinda(o`rin), keyinga(o`rin, payt)
2) Ma`noni kuchaytiradi yoki konkretlashtiradi: hozir – hozirda – hozirdan.
Ko`plik qo`shimchasi –lar ravishlar tarkibida noaniqlik va davomiylik ma`nolarini bildiradi. ilgari – ilgarilari, avval - avvallari
Payt ravishi. Payt ravishi ish-harakatning paytini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? kabi so`roqlarga javob beradi. Payt ravishlariga: hozir, boya, hali, endi, oldin, burun, avval, qadim, bultur, tunov kun, yaqinda, hamisha, hanuz, hamon, bugun, indin, keyin, so`ng, yiliga, dastlab, har kuni, erta-indin, erta-kech, qishin-yozin kabilar kiradi.
Payt ravishlari asosan, payt holi, ba’zan kesim vazifasida keladi. Masalan: Sen bir birodaringning ayblarini zikr qilmoqchi bo`lsang, avval o`z ayblaringni esla! (Imom Ismoil al Buxoriy). Bugun sening tug`ilgan kuning, Bugun uying to`ladi gulga (H.O.).
Payt ravishi harakatning vaqti, payti, muddatini bildiradi: endi, saharlab, hali, doim, indin kabi. U gapda ko‘pincha hol, ba’zan kesim bo‘lib keladi: Bugun erta turib tongni ko‘rdim. (Uyg‘.) Bugunning hakami ertadir. (A.Xud.) tongla, uzzukun, umrbod, undabunda, endi, erta, ertalab, ertaindin, ertaindin, erta-yu kech, eskidan, yaqinda, o`qtino`qtin, qadimdan, hali, halitdan, haliberi, hozir, hamisha, hamon, hanuz, avval, ahyonahyonda, bugun, barvaqt, ba’zan, ba’zida, birpas, boya, bultur, vaqtincha, gohida, goho, dastavval, dastlab, doim/doimo, ilalabad, ilgari, indinga (da, dan), keyin, kechakunduz, kechasi, kunduzi, mangu, muqaddam, mudom, orasira, oxiri, ondasonda, so`ng//so`ngra,
Dostları ilə paylaş: |