O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo`nalishi 2-kurs talabasi pokizaxon ermatovaning o’simlik oziqlanishi va o’G’it


-jadval Misli mikroo’g’itlar (B.A.Yagodin)



Yüklə 110,28 Kb.
səhifə11/12
tarix09.06.2023
ölçüsü110,28 Kb.
#127344
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2.Kurs ishi osimlik oziqlnishi

7-jadval
Misli mikroo’g’itlar (B.A.Yagodin)

O’g’it

Ta’sir etuvchi modda

Ta’sir etuvchi modda miqdori, %

Mis kuporosi

CuSO4*5H2O Cu

92-98 23,4-24,9

Misli kukun

CuSO4 Cu

14-16 5-6

Mis kolchedani

Cu K2O

25 58,6

Mis kolchedani mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan hisoblanadi (0,2-0,3% Si) va uni har 5 yilda 1 marta 500-600 kg/ga meѐyirda kuzgi shudgorga beriladi. Kobaltli mikroo‘g‘itlar. Kobaltli mikroo‘g‘itlardan foydalanish hosilning sifatini faqatgina o‘simlik tomonidan muayyan elementning to‘planishi bilangina oshirib qolmay, balki boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham oshishiga sabab bo‘ladi. Masalan: kobaltli o‘g‘itlar qand lavlagisi ildizmevasining hosilinigina oshirib qolmay balki mevasi tarkibidagi qandning ham miqdorini oshiradi. O‘simliklar kobaltni molibdenga nisbatan 300 marta kam talab qiladi va bakteriya va fermentlarning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklarda kobalt 50% ion tarzda, 20% karbamid va vitamin V12 birikmalari tarzida uchraydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hayvonlar uchun to‘la qimmatli ozuqa va oziq-ovqat mahsuloti sifatida ekiladigan ekinlar uchun har kg tuproqda kobaltning miqdori 2,0-2,5 mg bo‘lganda kobaltli o‘g‘itlarni qo‘llash kerak bo‘ladi. Asosiy kobaltli mikroo‘g‘itlar sifatida kobalt sulfat, kobalt nitrat va kobalt xlorid tuzlaridan foydalaniladi.
3.4. Sanoat chiqindilaridan mikroo‘g‘it sifatida foydalanish
Qishloq xo‘jalik ekinlarini hosildorligini oshirishda mikroelementlarning muhim ahamiyati va ularga bo‘lgan talabning tobora oshib borishi, sanoat oldiga qishloq xo‘jaligini istiqbolli mikroo‘g‘itlar bilan ta’minlash vazifasini qo‘yadi, bu o‘g‘itlar o‘simlik tomonidan samarali foydalanish imkoniyatini yaratishi lozim. 11111Mikroelementning mutloq еtishmasligi ham ularning tuproq tarkibidagi o‘simlik tomonidan o‘zlashtiriladigan miqdorining kamligi ham o‘simliklar hosildorligini pasayib ketishiga olib keladigan asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu xildagi tanqislikka misol tariqasida torfli tuproqlarda misning, nordon, chimli-podzol va sur tusli o‘rmon tuproqlarida molibdenning, karbonatli va qumoq tuproqlarda marganes, temir va ruxning tanqisligini keltirib o‘tish mumkin. 11111Qishloq xo‘jaligini jadal ravishda kimѐlashtirish sharoitida ekinlarning hosildorligini oshishi mineral oziq elementlarining, jumladan mikroelementlarning ham ko‘p miqdorda tuproqdan chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu narsa mikroelementlardan foydalanishga oid talab mezonini izdan chiqaradi. Tuproqda alohida olingan mikroelementning еtishmasligi azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning samarasini to‘liq namoѐn bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Mikroo‘g‘itlardan foydalanish esa o‘simlik oziqasining asosiy elementlarini samaradorligini oshishiga sababwbo‘ladi. 11111 11111Qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mikroelementlar bilan boyitilgan o‘g‘itlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish shu jumladan kompleks o‘g‘itlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarish sharoitida mikroelementli o‘g‘itlarni sinab ko‘rish (ishqorlangan qora tuproq va chim-podzol tuproqlarda) shuni ko‘rsatadiki, faqat bor hisobida nitroammofosdan olinadigan qo‘shimcha hosil har gektar maydonga qand lavlagisini ildizlari bo‘yicha 30-40 sentnerni, karam urug‘i bo‘yicha 2,3-2,9 sentnerni, no‘xat doni bo‘yicha 2,1-3,7 sentnerni tashkil qiladi. Chim -podzol tuproqlarga superfosfatga molibdenni qo‘shib solish pichan uchun ekilgan dukkaklilar bo‘yicha qo‘shimcha ravishda har gektariga 5-6 sentner hosil olish imkoniyatini yaratadi. Misning keskin tanqisligida quritilgan qator (torf, chim-botqoq tuproqlarida) asosiy o‘g‘itlar fonida boshoqlilar deyarli don bermaydi, mis bilan boyitilgan kaliy xlor solinganda esa arpadan har gektar еrga 25-30 s hosil olish o‘g‘itlarning hosilini 15-18% ga, sabzavotlarning hosilini 20% ga oshishiga erishish imkonini yaratadi. Mikroelementlarni asosiy o‘g‘itlar bilan birga qo‘shib qo‘llash iqtisodiy jihatdan ham ancha qulay hisoblanadi. Masalan qand lavlagi nitroammofosni bo‘r bilan qo‘shib berilganda mikroelementlardan foydalanish tufayli qo‘shimcha hosil qiymati 90 so‘mni, shartli toza daromad esa gektariga 66 so‘mni tashkil etadi. Mikroelementlarni mineral o‘g‘itlar fonida qo‘llaganda g‘o‘za, bug‘doy, va bedaning ham xosildorligi oshganligi kuzatilgan. 11111Qishloq xo‘jaligini mikroelementlarga bo‘lgan talabini qondirish 60-70% holatlarda asosiy o‘g‘it tarkibiga kiritilish orqali va 30-40% holatlarda ildiz orqali amalga oshmaydigan hamda ekishdan oldin amalga oshiriladigan oziqlantirish orqali imalga oshirilishi lozim. Qishloq xo‘jalik ekinlaridan mumkin qadar sifatli va yuqori hosil еtishtirish, o‘simliklarni mutanosiblangan tarzda oziq elementlari bilan ta’minlash ѐki mikroo‘g‘itlardan foydalanishga differensial ѐndoshishnigina talab qilib qolmasdan, balki tuproqlarning mikroelementlar bilan ta’minlanganlik darajasini, tuproq iqlim sharoitlarini, ekinlarni oziqlanishga bo‘lgan talabi va boshqalarni e’tiborga olishni talab etadi. Mikroelementlarning tuproqdagi harakatchanligi va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilish darajasiga reaksiya muhitini fiziologik nordonlik ѐki mineral o‘g‘itlarning ishqoriyligi katta ta’sir ko‘rsatadi. 11111Organik o‘g‘itlarni yuqori normada qo‘llash odatda mikroelementlarning tuproqdagi zahirasin va harakatchan shakldagi miqdorini oshishiga sabab bo‘ladi. Sanoat chiqindilaridan mahalliy o‘g‘it sifatida foydalanish, shaharning axlat kompostlaridan, oqar suvlarning cho‘kmalaridan va h.lardan foydalanish, odam, o‘simlik va hayvonlar uchun toksik bo‘lgan aloxida mikroelementlarning tuproqda yig‘ilishiga olib keladi. Bu kabi chiqindilarni alohida ishlov berilgandan keyingina qo‘llash tavsiya etiladi. Azotli o‘g‘itlardan foydalanish sur’atining doimiy ravishda oshib borishi sharoitida, mikroelementlardan foydalanishga alohida e’tibor berish va bunda nitrat va azot o‘zlashtirilishining boshqa jaraѐnlarini samaradorligini oshirishga qaratilgan harakatlar qishloq xo‘jalik mahsulotlarida nitratlarning to‘planishi va ular bilan suvlarning ayniqsa ichimlik suvining ifloslanishini oldini olishga qaratilgan bo‘lishi lozim. . 11111Ko‘p tadqiqotlar molibdenning o‘g‘it va tuproq tarkibidagi azotni o‘zlashtirilishini yaxshilashni isbotladi. Mikroelentlardan o‘g‘it sifatida foydalanishga qaratilgan tadqiqotlar dehqonchilikda mikroelementlardan foydalanishining amaliy jihatlarini ishlab chiqishga, ulardan foydalanishning agrokimѐviy va iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lmog‘i zarur. Ularwjumlasiga: 1. Tuproqni agrokimѐviy taxlil qilish asosida mikroo‘g‘itlarning samaradorligini aniqlovchi uslublarni ishlab chiqish; . 2. Har xil tuproq sharoitida uzoq davom etadigan dala tajribalari o‘tkazish yo‘li bilan makro va mikroelementlarning mutanosibligini tadbiq qilish. . 3. O‘simliklardagi oziqlanish va moddalar almashinuvi jaraѐnida makro va mikroelementlarni o‘zaro ta’sirini, tuproq va o‘g‘itlar tarkibidagi asosiy oziq elementlardan foydalanishi va mahsuldorligiga mikroelementlar (mikroo‘g‘itlarning) ta’sirini o‘rganish. . 11111Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarning birinchisi bo‘yicha olib boriladigan tadqiqotlar tuproq va o‘simliklar tarkibidagi mikroelementlarning chegaraviy miqdorini aniqlashga, tuproqdagi mikroelementlarning o‘simlik tomonidan o‘zlashtiriladigan shakldagi miqdorini aniqlashning mukammal uslublarini ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, alohida tuproq-iqlim zonalari, tumanlar miqѐsida ekinlarning xususiyatlariga, organik va mineral o‘g‘itlardan foydalanish darajasiga, suv bilan ta’minlanish uslublariga qarab o‘rganishni hisobga oladi. Ilgari agrokimѐviy nuqtai nazardan o‘rganilmagan mikroelement (yod, litiy, alyuminiy, vanadiy, titan, selen, rubidiy, brom va ftor) hamda alohida olingan mikroelementlar (masalan: mis, ftor, mishyak, xrom, qo‘rg‘oshin) larning texnologik ifloslanish va atrof-muhitni muhofaza qilish nuqtai nazaridan o‘rganishga alohida e’tibor berish lozim. 11111Sanoat chiqindilaridan mikroo‘g‘it sifatida foydalanish bo‘yicha O‘zbekistonda ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, O‘zbekistonda qazilma boyliklar juda ko‘p bo‘lib, ularni qayta ishlash jaraѐnida juda ko‘p chiqindilar hosil bo‘ladi. Bu chiqindilarning tarkibida esa ko‘plab mikroelementlar mavjud. Chiqindilardan foydalanishning afzalligi shundaki, ular arzonga tushadi. Paxtachilik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining ma’lumotlariga qaraganda, bu chiqindilar paxtaning o‘sishi va rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi, ko‘saklar sonini ko‘paytirib, hosilni oshiradi, tolaning sifatini esa yaxshilaydi. Masalan: Oxangaron sement zavodining chiqindisi paxta dalasiga 3 yil davomida solinganda paxta hosili 1,2-3,8 s/ga, Olmaliq va Oltin topgan zavodlarining chiqindisi esa hosilni 1,8-3,7 s/ga oshirgan. 111 11111Sanoat chiqindilarini ayniqsa aralash holda qo‘llash juda yaxshi samara beradi. Masalan: Olmaliq va Oltin topgan zavodlarining chiqindisi alohida-alohida gektariga 500 kg dan solinganda hosildorlik 3,6 va 2,7 s/ga, ular aralashtirilib birgalikda qo‘llanilganda esa hosildorlik 5,5 sentnerga oshgan. Shuningdek bu chiqindilar faqat tuproqqa solingan yildagina hosilni oshirib qolmasdan, ularning ta’siri keyingi 2-4 yillarda ham davom etgan. Demak, bu chiqindilarni 3-4 yilda 1 marta qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Sanoat chiqindilari еrni shudgorlashdan ѐki chigit ekishdan oldin tuproqning 16-18 sm chuqurligiga gektariga 400-500 kg hisobidan beriladi. Ayniqsa bu chiqindilar ularga yaqin hududlarda mahalliy o‘g‘it sifatida ishlatilsa iqtisodiy samarasi yanada yuqori bo‘ladi.
3.5. Mikroo‘g‘itlarning qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligiga ta’siri
Mikroo‘g‘itlarni qishloq xo‘jalik ekinlari hosiliga ta’siri, ularning hosildorlikni oshirishdagi roli haqida yuqorida aytib o‘tildi. Biz respublikamizning asosiy qishloq xo‘jalik ekinlaridan xisoblangan paxta xosildoligiga mikroo‘g‘itlarning ta’siri haqida to‘xtalib o‘tishni lozim deb topdik. 111111Mikroo‘g‘itlarning paxta hosiliga ta’sirini tekshirish bo‘yicha respublikamizda bir qator tajribalar o‘tkazilgan bo‘lib, bu tajribalarning ko‘rsatishicha, mikroelementlar paxta hosilini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, mikroo‘g‘itlarning paxta hosiliga ta’siri bo‘yicha M.V.Isaevning ma’lumotlariga ko‘ra rux elementini qo‘llab o‘tkazilgan 2 ta tajribada paxtadan olingan o‘rtacha qo‘shimcha hosil 3,6 sG‘ga ni tashkil etgan. Mis o‘g‘itini qo‘llab o‘tkazilgan 16 ta tajribada paxta hosilidan olingan o‘rtacha qo‘shimcha hosil 2,9 s/ga ni, Mo bilan olib borilgan 11 ta tajribada 2,8 s/ga ni, bor qo‘llab o‘tkazilgan 8 ta tajribada 2,3 s/ga ni, marganes qo‘llab o‘tkazilgan 8 ta tajribada 2,4 s/ga ni, So mikroelementlarni qo‘llab o‘tkazilgan 8 ta tajribada esa 3,1 s/ga ni tashkil etgan. 11111Mikroelementlarni chigitni ekish oldidan ѐki vegetatsiya davrida namlash, paxtani bargi orqali oziqlantirish, shuningdek, uni mikroo‘g‘itlar bilan birga berish lozim. Masalan, chigit bor kislotasining 0,25% li eritmasi, marganes sulfatning 0,05% li mis, rux va molibden tuzlarining 0,01-0,04% eritmasi bilan namlanganda uning unib chiqishi 17-22% ga tezlashgan. Yosh nihollar tez ildiz otgan. Rivojlanishi yaxshi bo‘lgan va umumiy hosildorlik gektariga 1,5-3,0 s /ga oshgan. Paxtachilik ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bo‘z tuproqlari eksperimental bazasida o‘tkazilgan tajribalar natijasiga ko‘ra, chigit ekishdan oldin namlanib, tuproqqa molibden, bor va marganes mikroo‘g‘itlari solinganda paxta hosili 1,7-3,4 s/ga oshgan. Vilt kasalligi esa 50% ga kamaygan. Tajriba natijalariga ko‘ra, mikroelementlar paxta hosilini 8,6% dan 25% gacha ko‘paytiradi, vilt kasalligining ta’sirini sezilarli darajada kamaytiradi. . 11111Mikroelementlarning texnik tuzlarini gektariga 0,1-6 kg dan (sof holda) solish tavsiya etiladi. Lekin hozirgi kunda bunday kichik normadagi o‘g‘itlarni sepuvchi texnikalarining bo‘lmaganligi sababli, O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasining kimѐ institutida mikroelementlarni zavodlardaѐq azotli, fosforli o‘g‘itlar tarkibiga kiritish uslubi ishlab chiqildi va bu usul o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Masalan, mis mikroelementi bilan boyitilgan ammofos o‘g‘iti Paxtachilik ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining dalalarida qo‘llanilganda kontrolga nisbatan, gektariga 2,9-3,8 s ga ko‘p hosil olingan. Farg‘ona viloyati tumanlari dalalarining birida mis bilan boyitilgan ammofos qo‘llanilganda, hosildorlik kontrolga nisbatan 2,0 s/ga ortgan. . 11111Shuningdek Paxtachilik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining bo‘z tuproqlarda mis bilan boyitilgan ammofos sepilganda ham ijobiy natijalar olingan. Mis qo‘shilmagan ammofos shonalash oldidan solinganda (nazorat) hosildorlik 1 yili 41,4 s/ga ni, 2 yili 42,5 s/ga ni tashkil etgan. 2 kg mis qo‘shilgan ammofos (shonalash oldidan berilgan) berilgan variantda hosildorlik 1 yili 43,4 s/ga ni, 2 yili 45,5 s/ga ni qo‘shimcha hosil esa 1 yili 2,0 s/ga ni 2 yili 3,0 s/ga ni tashkil etgan. Mis qo‘shilmagan ammofos chigitni ekish bilan birga solinganda (nazorat) hosildorlik 41,7 s ni tashkil etgan. 2 kg mis qo‘shilgan ammofos, chigitni ekish paytida solinganda hosildorlik 45,5 s ni, qo‘shimcha hosil esa 3,8 s ni tashkil etgan va h.k. Ammofosni mis mikroelementi bilan boyitish texnologiyasi Olmaliq kimѐ zavodida joriy etilgan bo‘lib, kompleks o‘g‘itning narxi sof ammofos o‘g‘itining narxiga nisbatan balandroq, lekin undan kelaѐtgan foyda esa harajatga nisbatan bir necha marta yuqori. 11111 . 11111Mikroelementlarning organik birikmalari suvda yaxshi eruvchan bo‘lib, o‘simliklar tomonidan oson o‘zlashtiriladi. Organik birikma holidagi mikroelementlarning biologik ta’siri ham juda yuqori bo‘lib, oddiy anorganik tuzdagi mikroelementlarga nisbatan o‘simliklarga ijobiy ta’sir etadi. Bunday holda mikroelementlar tuproqqa solinganda o‘simlik foydalana olmaydigan birikmaga aylanmaydi. Shuning uchun ham bunday birikmalardagi mikroelementlarni g‘o‘zaga solish normasi, oddiy tuzlardagi mikroelementlarning normasiga nisbatan kam bo‘ladi. Bo‘z tuproqlarda bor va marganes mikroelementining paxta hosiliga ta’siri bo‘yicha bir qator ilmiy ishlar o‘tkazildi va ular normada berilganda, bor paxta hosilini gektariga 1,3-4,7; marganes esa 0,7-3,7 s/ga oshirganligi aniqlandi. 11111O‘zbekiston ilmiy tekshirish institutlarining ma’lumotlariga ko‘ra, paxta ekiladigan zona tuproqlarida bor, marganes, molibden, mis, kobalt kabi mikroelementlarning еtarli emasligi aniqlandi. Mikroelementlarning o‘simlik faoliyatidagi ishtirokini o‘rganish bo‘yicha ham maxsus tajribalar o‘tkazildi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bor va marganes berilmagan variantlarda o‘simlikning vegetativ massasi ortsada, paxta hosildorligi kontrolga nisbatan keskin kamaygan. Bundan shu narsa aniq bo‘ldiki, mikroelementlarning еtishmasligi sababli, organik moddalarning sintezlanish jaraѐni buzilib, natijada paxta hosilining oshishi o‘rniga uning ildiz, poya sistemasi yaxshi rivojlangan. . 11111G.A.Rafiqova o‘z tajribalaridan Mp ta’sirida tola chiqishi 1,3% ga 1000 dona chigitning vazni 5,2 ga ko‘paytirilganligini, barcha turdagi mikroelementlar qo‘llanilganda tolaning 1,3 mm dan 1,8 mm gacha uzayganligi, paxta hosildorligining esa 0,2 s- 5,8 s/ga oshganligini aniqladi. G.A.Rafiqovaning dala tajribalaridan paxtaning shonalash davrida har gektar еrga 4 kg rux, 6 kg bo‘r, 10 kg molibden va ularning har xil aralashmalari berilgan. Natija shuni ko‘rsatadiki, eng yuqori hosil marganes va rux berilgan variantlarda olingan. Mikroelementlar yaqin yillargacha qishloq xo‘jalik ekinlariga qo‘llanilmasdi. Chunki uning tuproqdagi miqdori qishloq xo‘jalik ekinlari uchun еtarli hisoblanar edi. 11111So‘nggi yillarda dehqonchilik va paxtachilik madaniyatining oshishi bilan hosildorlik ham sezilarli darajada ortdi, ammo tuproqdagi mineral moddalar miqdori kamayib ketdi. Har yili solingan mikroo‘g‘itlar hisobiga o‘simliklarning tuproqdan olgan hissasi to‘ldirilib bordi. Mikrelementlarning miqdori esa tashqi qo‘shimcha bo‘lmaganligi sababli kamayib bordi. Shu sababdan ham hozirda O‘zbekistonning asosiy ekin maydonlarining anchagina qismida mikroelementlarning ayniqsa, rux va misning еtishmasligi aniqlandi. Demak, bunday tuproqlarda paxtadan yuqori hosil olish uchun, mikroo‘g‘itlarni qo‘shimcha tarzda berilishi talab etiladi.


Xulosa
Temir, natriy, xlor, bor, marganey, rux, mis va molibdenlar ko‘pchilik o‘simliklar uchun zarurdir. Har bir holatda, elementning yetishmasligi o‘simlikga davomiy buzilish yoki ular rivojlanadigan yo‘lga ta’sir qilish orqali sezilarli tarzda namoyon bo‘ladi. Ko‘p hollarda, mikroelementlar (makroelementlardan ko‘proq) alohida fermentlar yoki oqsillarning maxsus tarkibiy qismlari sifatida biriktiriladi hamda ularning yetishmaslik oqibatlari sezilarli yoki tavsilotlidir. O‘simlik istalgan vaqtda oziq elementi taqchilligiga yo‘liqishi mumkin, lekin, u yoki bu mikroelement yoki makroelement o‘simlik o‘sishi, hujayralar ishi yoki fotosintezga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ayrim fiziologik yoki morfologik oqibatlarda o‘rin tutadi. Tuproqdagi mikroelementlar o'simlik o'simligi uchun zaruri olan xususiyatlardir. Bu mikroelementlarning kamroqligi taqdirda o'simlik o'simligi kuchi kamayadi. O'simlik o'simligi uchun zaruri va ahamiyatli mikroelemetlar quyidagilardir: 1. Azot (N): O'simlik o'simligi uchun eski va zaruri fasl. Yoritish, dam qattalanishi va ko'p paytlarda mato organik vositalari yoki kimyoviy yoritish bilan yetarli miqdorda ta'minlanishi kerak. . 2.P2O5: O'simlik uchun yaroqli bir element. O'simlikning o'simligi to'g'risidagi holati bilan birga suvli, kam tashsiyotida, buzg'unchi, o'simlik o'simligi yuzasiga taqdim etilishi lozim. . 3. Kaltsiy (CaO): O'simlik uchun zaruri, o'simlik o'simligi o'simi, energetikasi va taqvimidagi ko'plab ko'nikmalar uchun muhim. . 4. Magniy (MgO): O'simlik uchun zaruri. Ishlatiladi va ko'pgina apartmani kimyoviy moddalarida sodda usullar bilan chiroyli bo'g'lar va kemirilgan o'simlik o'simligi mukammal qilish uchun ishlatiladi. . 5. Sera (S): O'simlik o'simligi uchun zaruri. Imkoniyatlar tajribasi va ko'p sonli zarralar va mato solingizga etkazib berishadi. . 6. Fe, Mn, Cu, B, Zn, Mo: Ko'p sonli holatlarda zarur hamda o'simlikning salbiy moddalar kabi mikroelementlarini aniqlovchi xususiyatlardir. Mishkol kasalliklari, korxonalar yoki ko'proq idaralarda ko'proq zarur moddalari yemish qilish uchun osonroq yaratilishi mumkin. . 11111Tuproqdagi mikroelementlar quyidagi protsesslarga ta'sir qilishi mumkin: fotosintez, transpiratsiyani boshqa qonunlar, hormonlarning ishlab chiqish darajasini oshirish ,ATF jarayonlarini jadal bo`lishi , o`simlardagi moddalar almashinuvi, tuproq unumdorligiga , o`simliklarning generative va vegetative organlarining mustahkam bo`lishiga ta`sir ko`rsatadi. . 1111111Mikroelementlarning organik birikmalari suvda yaxshi eruvchan bo‘lib, o‘simliklar tomonidan oson o‘zlashtiriladi. Organik birikma holidagi mikroelementlarning biologik ta’siri ham juda yuqori bo‘lib, oddiy anorganik tuzdagi mikroelementlarga nisbatan o‘simliklarga ijobiy ta’sir etadi. Bunday holda mikroelementlar tuproqqa solinganda o‘simlik foydalana olmaydigan birikmaga aylanmaydi. Shuning uchun ham bunday birikmalardagi mikroelementlarni g‘o‘zaga solish normasi, oddiy tuzlardagi mikroelementlarning normasiga nisbatan kam bo‘ladi. Bo‘z tuproqlarda bor va marganes mikroelementining paxta hosiliga ta’siri bo‘yicha bir qator ilmiy ishlar o‘tkazildi va ular normada berilganda, bor paxta hosilini gektariga 1,3-4,7; marganes esa 0,7-3,7 s/ga oshirganligi aniqlandi. O‘zbekiston ilmiy tekshirish institutlarining ma’lumotlariga ko‘ra, paxta ekiladigan zona tuproqlarida bor, marganes, molibden, mis, kobalt kabi mikroelementlarning еtarli emasligi aniqlandi. Mikroelementlarning o‘simlik faoliyatidagi ishtirokini o‘rganish bo‘yicha ham maxsus tajribalar o‘tkazildi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bor va marganes berilmagan variantlarda o‘simlikning vegetativ massasi ortsada, paxta hosildorligi kontrolga nisbatan keskin kamaygan. Bundan shu narsa aniq bo‘ldiki, mikroelementlarning еtishmasligi sababli, organik moddalarning sintezlanish jaraѐni buzilib, natijada paxta hosilining oshishi o‘rniga uning ildiz, poya sistemasi yaxshi rivojlangan. . 111111Qishloq xo‘jalik ekinlarini hosildorligini oshirishda mikroelementlarning muhim ahamiyati va ularga bo‘lgan talabning tobora oshib borishi, sanoat oldiga qishloq xo‘jaligini istiqbolli mikroo‘g‘itlar bilan ta’minlash vazifasini qo‘yadi, bu o‘g‘itlar o‘simlik tomonidan samarali foydalanish imkoniyatini yaratishi lozim. 111111Mikroelementning mutloq еtishmasligi ham ularning tuproq tarkibidagi o‘simlik tomonidan o‘zlashtiriladigan miqdorining kamligi ham o‘simliklar hosildorligini pasayib ketishiga olib keladigan asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu xildagi tanqislikka misol tariqasida torfli tuproqlarda misning, nordon, chimli-podzol va sur tusli o‘rmon tuproqlarida molibdenning, karbonatli va qumoq tuproqlarda marganes, temir va ruxning tanqisligini keltirib o‘tish mumkin. Qishloq xo‘jaligini jadal ravishda kimyolashtirish sharoitida ekinlarning hosildorligini oshishi mineral oziq elementlarining, jumladan mikroelementlarning ham ko‘p miqdorda tuproqdan chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu narsa mikroelementlardan foydalanishga oid talab mezonini izdan chiqaradi. Tuproqda alohida olingan mikroelementning еtishmasligi azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning samarasini to‘liq namoѐn bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.


Yüklə 110,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin