3.3. Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan mikroo‘g‘itlar Borli o‘g‘itlar. Borli mikroo‘g‘itlar har xil tuproqlardagi turli o‘simliklar uchun juda zarur o‘g‘itlardan biri hisoblanadi. Bunda bor birikmalari juda kam miqdorda (1 gektar еrga 1-1,5 kg) solinib, ko‘pincha juda yaxshi natijalarga erishiladi. Bor kislotasidan borli mikroo‘g‘it sifatida foydalanilsa bo‘ladi. Bor kislotasi ba’zi issiq buloq suvlarida, neft skvajinasi suvida va barcha toshko‘mir kullari tarkibiga kiradigan natriy bor tuzida, shuningdek borning boshqa tabiiy birikmalarida uchraydi. Bor magniyli o‘g‘it-bor kislotasi korxonalari chiqiti eng ko‘p tarqalgan. Bu o‘g‘itning afzalligi shundaki, tuproqqa birdaniga 2 xil kimѐviy element-o‘simlik uchun zarur bo‘lgan bor va magniy solinadi. Bundan tashqari bor yog‘och kulida, torfda va go‘ngda ancha ko‘p bo‘ladi. . 11111V.R.Vilyams nomidagi Yem-xashak instituti xodimlari azot, fosfor, kaliyli o‘g‘itlar solingan qumoq-ohakli tuproqlarda tajriba o‘tkazdilar. Bor birikmalari ishlatilmaganda 1 gektar еrdan 0,5 sentner beda urug‘i olindi. Gektariga 1,5 kg bor birikmasi solingan daladan esa 3 barobar ko‘p, ya’ni 1,7 sentnergacha hosil olindi. Xuddi shunday sharoitda 2 marta ziѐdroq bor solinganda gektaridan 0,8 sentner o‘rniga 4,7 sentner ya’ni 6 marta ko‘proq beda urug‘i olindi. 11111M.V.Katalimov tajribalaridan birida borli o‘g‘itlarni ishlatmay gektaridan 5,4 sentner, bor o‘g‘itini ishlatib esa 11,6 sentnergacha karam urug‘i hosili olingan. 11111Ohakli va ohaklangan tuproqlarga borli o‘g‘itlar juda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, zig‘ir ekilgan tuproq ohaklanganda ko‘pincha u bakterioz kasalligi bilan zararlanadi (ohak tarkibida kalsiy bo‘lib u bakteriyalarning rivojlanishini kuchaytiradi). Olimlar o‘simlik bor mikroelementiga kuchli muhtoj bo‘lganda bakterioz kasalligi sodir bo‘lishini aniqladi. Bor bakterioz kasallini qo‘zg‘atuvchilarga qarshi kurashib, o‘simliklarga ѐrdam beradi. Yana bir misol, zig‘ir ekiladigan dalalarga еtarli miqdorda mineral o‘g‘itlar (azot, fosfor, kaliy) solishlariga qaramasdan zig‘irdan ko‘p vaqtgacha yuqori hosil olinmagan, buning ustiga o‘simlik bakterioz bilan kasallanib uning yuqori qismi quriy boshlagan. 11111Ya.V.Peyve tuproqqa ozgina miqdorda borli o‘g‘itlarni xo‘jaliklardan biriga solishni tavsiya etdi. Natijada keskin o‘zgarish yuz berdi. Urug‘ hosili 2 martadan ziѐdroqqa ko‘paydi, tola sifati yaxshilandi. Bundan tashqari mikroelement qo‘llangan uchastkalarda zig‘ir erta gulladi va tezroq pishib еtildi. Keyinchalik bunday tajriba boshqa xo‘jaliklarga ham tarqaldi va oldingi yillarga qaraganda zig‘ir urug‘i va tolasidan yuqori hosil olina boshlandi. Borning yana bir ajoyib xususiyatlaridan biri tuproqqa (N:R:K) noto‘g‘ri nisbatlarda solinsa, bor birikmalari bu tengsizlikni barobarlashtiruvchi sifatida ta’sir etadi. Azotli almashinish tiklanadi. Shu narsa juda muhimki, bor birikmalari va ohak solingan uchastkalarda o‘stirilgan zig‘irning urug‘i birinchi yildagina emas, balki bundan keyingi yillarda ham yuqori hosil berish imkoniyatiga ega bo‘lo‘di. Zig‘irdan boshqa elementlarga ham bu mikroo‘g‘it ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pgina hollarda qand lavlagisi ―o‘zak chirishi‖ kasalligi bilan kasallanib turadi. Ko‘pgina hollarda tuprqda o‘simliklar oson o‘zlashtira oladigan bor birikmasi kamayib ketsa, bu kasallik yuzaga keladi. 11111Borli o‘g‘itlar qo‘llangan dalalarda lavlagining hamma tuplari sog‘lom o‘sadi. Bundan tashqari bor birikmalari bilan ishlash hosilni yanada oshiradi. Boltiq bo‘yi respublikalari tuproqlarida o‘simlik tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladigan borli birikmalar miqdori juda kam bo‘ladi. O‘rta Osiyo tuproqlarida bunday birikmalar nisbatan ko‘p bo‘lsada, sug‘oriladigan sharoitda yuqori hosil olish uchun еtarli emas. Bor еtishmasligi natijasida kartoshka o‘simligi ham ―parsha‖ deb nomlangan kasallikka chalinadi. Borli o‘g‘itlar qo‘llanilganda esa bunday kasallik batamom yo‘qoladi. Borli mikroo‘g‘itlar jumlasiga borat kislota, bor-magniyli o‘g‘it va borli superfosfatlar kiritiladi (2-jadval). Borli superfosfat tarkibida 0,2% bo‘r bo‘lib, asosan qand lavlagi, ozuqabop ildizmevalilar, boshoqli don ekinlari, grechixa kabi ekinlarga tuproqqa ishlash paytida, gektariga 2-3 s, ekish oldidan qator oralariga 1-1,5 s miqdorda beriladi.