O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo`nalishi 2-kurs talabasi pokizaxon ermatovaning o’simlik oziqlanishi va o’G’it


Mikroelementlarning o‘simlik hayotidagi roli



Yüklə 110,28 Kb.
səhifə3/12
tarix09.06.2023
ölçüsü110,28 Kb.
#127344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2.Kurs ishi osimlik oziqlnishi

3.1. Mikroelementlarning o‘simlik hayotidagi roli
Hozirgi kunga kelib, o‘simliklar tarkibida kimѐviy elementlardan 74 tasining mavjudligi aniqlangan bo‘lib, shulardan 16 tasi o‘simliklar uchun zarur oziqa moddalar hisoblanadi. O‘simlik quritilib tekshirilganda, uning tarkibida 45% kislorod, 42% uglerod, 6,5% vodorod va 1,5% atrofida azot bo‘lib, bu 4 ta element o‘simlik tarkibidagi kimѐviy moddalarning 95% ini tashkil etadi. Qolgan 12 ta element juda oz miqdorda bo‘lib, atiga 5% ni tashkil etadi. O‘simlik tarkibidagi 87%uglerod va kislorodni fotosintez jaraѐnida barglari orqali havodan, vodorodni suvdan va boshqa qolgan oziq moddalarni esa, tuproqdan oladi. O‘simliklar tarkibidagi mikroelementlar miqdorini quyidagi misoldan yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 1 gektardan olingan 270 s qand lavlagi tarkibidagi makro va mikroelementlarning ulushi quyidagicha: azot 166 kg, fosfor 42 kg, kaliy 157 kg, bor 0,162 kg, marganes 0,502 kg, mis 0,0053 kg, rux 0,0188 kg, kobalt 0,002 kg. 11111Bor, marganes, rux, molibden, kobalt, yod va boshqalar o‘simlik organizmining 100000 va hatto undan ham kam ulushini tashkil qilganidan ular mikroelementlar deb atalgan. Bor, marganes, rux, mis, molibden, kobalt o‘simliklar uchun, rux, mis, yod, marganes, temir va kobalt esa insonlar uchun zarur moddalar hisoblanadi. Bu elementlar organizmda еtarli bo‘lmasa har xil kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Masalan: ayrim hududlarda oziq moddalar va ichimlik suvida yodning kamligi tufayli inson va hayvonlarda buqoq kasalligi kelib chiqishi mumkin. 11111Tuproqda va yaylovlarda kobalt еtishmasligi esa ―sxotka‖ kasalligini keltirib chiqaradi. Hayvonlarning yungi to‘kila boshlaydi. Tuproqda mis bo‘lmaganda esa, qo‘y va qora mollarning kasallanishi, o‘simliklarning hosilining keskin kamayib ketishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Ma’lumki, fermentlar biologik katalizator vazifasini bajaradi. Modda almashinuvi sintez va parchalanish singari haѐtiy jaraѐnlar ularning bevosita ishtiroki bilan kechadi. Nuklein kislotalar va oqsillar sintezining ta’minlanishida ham mikroelementlar muhim rol o‘ynaydi. 11111Molibden nitratreduktaza fermenti tarkibiga kiradi. Agar nitratreduktaza fermenti bo‘lmasa, o‘simlik azotning nitrat tuzidan oziq sifatida foydalana olmaydi, natijada oqsil sintezlanmaydi. Mis esa, oksidlanish jaraѐnini aktivlashtiruvchi polifenoloksidaza va askorbinoksidaza fermentlari tarkibiga kiradi. Rux, marganes ham ko‘pchilik fermentlar faoliyatini yaxshilaydi. Mikroelementlar fotosintez, nafas olish va boshqa bir qancha jaraѐnlarda bevosita ishtirok etadi. Shu sababli ham ular o‘g‘it sifatida tuproqqa solinganda, ekinlarning hosildorligini oshiribgina qolmay, ularning sifatini ham yaxshilaydi, shuningdek hosil shoxlarini shakllanishini, shonalash, gullash jarayoni va hosilni erta pishib еtilishini tezlashtiradi. 11111Bor (V) Bor elementi (bor arabcha ―oq va zarrabin modda‖) Farangistonlik olimlar Jozef Gey-Lyussak va Lui Tener (1808) lar tomonidan kashf qilingan. 11111O‘simliklar tarkibida oradan 50 yil o‘tgach ma’lum bo‘ldi. Bor tanqisligida gullar soni keskin kamayadi, shona va tugunchalar to‘kiladi, poya va ildizning o‘sish nuqtalari shikastlanadi. Bor hujayradagi suv miqdorini ko‘paytiradi, oqsil va uglevod almashinuv jaraѐnini tezlashtiradi. Bu qand moddalarini o‘sish nuqtalari va mevaga borishini tartibga soladi. O‘simliklarning qurg‘oqchilikka bardoshini oshiradi. Bor еtishmasa, fotosintez jaraѐni sekinlashadi, shuningdek o‘simliklarning ildiz tizimi yaxshi rivojlanmaydi. O‘simliklar tarkibidagi bor miqdori o‘rtacha 0,0001% ѐki 1 kg quruq moddada 0,1 mg ga tengdir. 1Bor tanqisligida o‘simliklarda quruq va jigarrang chirish, sarg‘ayish, ildizmevalarning o‘zaklanishi va bakterioz kabi illatlar kuzatiladi. Kungaboqar, pomidor, gulkaram, beda, xashaki ildizmevalilar, g‘o‘za, zig‘ir, sholi, sabzavotlar va qand lavlagi borga talabchan o‘simliklarwjumlasigawkiradi. 11111Tuproq tarkibida bor miqdori 30 mgG‘kg dan oshib ketsa, o‘simliklarda zaxarlanish alomatlari paydo bo‘ladi. Poyaning pastki qismidagi barglar sarg‘ayadi, to‘kiladi. Borning ko‘pligi chorva mollarining salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Turli tuproqlarda bor tanqisligining quyi chegarasi turlicha bo‘ladi,bu ko‘rsatkich qora tuproqlarda 0,3-0,6 mg/kg, bo‘z tuproqlarda 0,45-2 mg/kg dan past bo‘lganda borli o‘g‘itlar qo‘llash lozim. Borli o‘g‘itlarni qo‘llash natijasida zig‘ir (tola) va paxtadan gektariga 2-3 sentnergacha qo‘shimcha hosil olish mumkin. Qand lavlagi hosildorligi 45 sentnerga oshib, tarkibidagi qand moddasi 0,3-2,1% ga ko‘payadi. Agarda tuproq tarkibida bor moddasi bo‘lmasa, o‘simlik ѐshlik davridaѐq o‘sishdan to‘xtaydi. O‘simliklarda bor moddasining еtishmasligini uning tashqi ko‘rinishidan ya’ni, o‘simliklarni sekin o‘sishidan, ѐsh poya va yaproqlarning mo‘rtlasha boshlashidan dukkakli o‘simliklar ildiz tuganaklarining zaiflashganligidan bilish mumkin. Bu hol o‘simliklarda oziqa moddalari harakat qiladigan yo‘llar faoliyatining buzilishiga bog‘liqdir. Bor hamma elementlarga bir hil miqdorda zarur emas. 11111Tarkibidagi borning miqdoriga qarab, ular bir biridan kuchli farq qiladi. Arpa, bug‘doy, tariq, suli, makkajo‘xori kabi bir pallali o‘simliklarda bor juda kam bo‘ladi, ikki pallali o‘simliklarda esa juda ko‘p bo‘ladi. O‘simlik tarkibida bor qanchalik ko‘p bo‘lsa, u borning еtishmasligini shunchalik tez sezadi. Bir o‘simlikning o‘zida (ildizda, poyasida, yaprog‘ida, gulida) turli vaqtda mikroelementlar miqdori turlicha bo‘ladi. Demak, o‘simliklarning borga bo‘lgan talablari turlichadir. Ba’zi o‘simliklar shonalash davrida borga juda boy bo‘ladi. Masalan: shu davrda kungaboqar yaprog‘ida uning miqdori 0,005% gacha еtadi, boshqa davrlarda esa juda kam bo‘ladi. Temperaturaning o‘zgarib turishi ham o‘simlikning borga bo‘lgan talabiga ta’sir ko‘rsatadi, temperatura pasayganda borga bo‘lgan talab ham pasayadi. Bularning hammasi o‘simliklarning o‘ziga xos xususiyatlarini, tuproqni tashqi muhit va boshqalarni hisobga olmay turib, mikroelementlarni bir xilda qo‘llash mumkinwemasliginiwyanawbirwborwko‘rsatadi. 11111Mis (Cu) Mis mikroelementi oksidlovchi fermentlar guruxiga tarkibiga kiradi va o‘simlik haѐtida asosiy element hisoblanadi. Askorbinoksidaza fermenti tarkibida 0,15-0,25% mis bor. Shu mikroelementlar еtishmaganda polifenoloksidaza umuman faoliyatsiz bo‘lib qoladi. O‘simlik hujayrasidagi oksidlanish-tiklanish jaraѐnlarida mis birikmalarining ishtirok etishining sababi ham ana shunda. Nafas olishning kuchayishi o‘z navbatida o‘simlikda uglevod almashinishini va oqsilning sintez bo‘lishiniwtezlashtiradi. 11111Bularning hammasi o‘simlikning umumiy holatini yaxshilaydi, jumladan uni zamburug‘ kasalliklariga chidamliligini oshiradi. Mis asosan yaproq xloroplastlarida to‘planib, xlorofillni buzilishdan saqlaydi. Bu ham oqsilning kuchli sintez bo‘lishi natijasidir. Oqsil ko‘p bo‘lgan taqdirda rang beruvchi xlorofill moddasi oqsil bilan qo‘shilib uning chidamliligi oshadi, bu esa yaproqning va umuman o‘simlikning haѐtiy faoliyatini kuchaytiradi, fotosintez jaraѐnini uzaytiradi va natijada urug‘ hosili hamda undagi uglevodlar miqdorini ko‘paytiradi. 11111 111111Mis o‘g‘iti lavlagida shakarni, moyli o‘simliklarda ѐg‘ni, beda, lavlagi, kartoshka va boshqa o‘simliklarda ―S vitamini miqdorini ko‘paytiradi. Qizig‘i shundaki, mis birikmalari (bor, marganes va rux birikmalari singari) o‘simliklarning suv rejimiga va ularning qurg‘oqchilikka hamda sovuqqa bardosh berishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatib, yaproqlarda suvni sezilarli darajada ko‘paytiradi. Mikroelementning bunday ta’siri uning o‘simlik hujayrasi protoplazmasining kolloid-kimѐviy xossasiga qisman ta’sir etishi, hujayrani cho‘ziluvchan qilishi va suv o‘tkazish xossasini kamaytirishi kabi qobiliyatga ega bo‘lishi bilan izohlanadi. Mis еtishmasligi tufayli yuz beradigan kasalliklardan mevali daraxtlardan yuqori qismining qurib qolishi (ekzamtema) va o‘tsimon simliklarni zararlaydigan xloroz, barg uchining burishib qolishi kasalliklari yaxshiroq o‘rganilgan. Meva daraxtlari yuqori qismining qurib qolish xodisasi butun еr yuziga tarqalgan. Ayniqsa sitrusli o‘simliklar bu kasalliklarga tez-tez chalanib turadi. Yozda olma daraxtining tepa shoxlari quriydi. Shu kasallik tufayli daraxtning o‘sishi ham sekinlashadi. Yaproqning ba’zi joylari asta-sekin quriy boshlaydi. Kasallikning tez rivojlanishi natijasida yangi yaproqlar burishib qoladi va to‘kiladi, novdaning yuqori qismi quriydi. 11111Ko‘pincha suli, arpa, bug‘doy va boshqa g‘alla o‘simliklari ham xloroz, barg uchlarining qurib qolishi kasalliklari bilan zararlanadi. O‘simlik qattiq zararlanganda o‘sishdan to‘xtaydi va qurib qoladi. Mis birikmalaridan foydalanib, bu kasalliklarning hammasini yo‘qotish ѐki butunlay bartaraf qilish mumkin. O‘simliklarda misning o‘rtacha miqdori 0,0002% ѐki 1 kg og‘irlik hisobiga 0,2 mg ga to‘g‘ri keladi. O‘simlik hujayrasida 2/3 qism mis erimaydigan, birikkan holda uchraydi. O‘simlikning o‘suvchi qismlari va urug‘i nisbatan misga boy bo‘ladi. Bargdagi misning 70% i xloroplastlarda konsentrlanadi. Ma’lum darajada misning fiziologik ahamiyati uning mis tutuvchi oqsillar va fermentlarning tarkibiga kirishi bilan11belgilanadi. 11111Marganes (Mn) O‘simlik organizmlarida marganesning bo‘lishi 1872 yilda qayd etilgan edi, lekin uning o‘simliklar oziqlanishi uchun zarurligi uzoq vaqtlar davomida ma’lum bo‘lmadi. Faqatgina 1897 yilga kelib, uning o‘simliklar haѐtidagi ahamiyati aniqlandi. 111111 11111Yetarli miqdorda marganesning bo‘lishini talab etuvchi o‘simliklar jumlasiga donli ekinlar, dukkakli don ekinlari, qand lavlagi, ildizmevalilar, kartoshka va mevali daraxtlar kiradi. Har xil ekinlarning hosili bilan har gektar еrdan 1000-4500 g gacha marganes olib chiqib ketilishi mumkin. O‘simliklarda marganesning umumiy miqdori o‘rtacha 0,001% ga ѐki 1 mg ga to‘g‘ri keladi. Uning asosiy miqdori barglar va xloroplastlarda to‘planadi. Marganes yuqori oksidlash-qaytarish potensialiga ega, shu bois u o‘simliklar tanasida sodir bo‘ladigan biologik oksidlash reaksiyasida faol qatnashadi. Marganesning fotosintez jaraѐnlarida ham ishtirok etishi aniqlangan. Marganes tanqisligini sezgan o‘simliklarga uni kiritilganda jaraѐnning kechish tezligi 20 minut ichida tiklanishi ko‘rsatib berilgan. Marganesning fotosintez jaraѐnida kislorodning ajralishi va fotosintezning qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etishi aniqlangan. Marganes shakar va xlorofil miqdorining oshishida, uning oqsil bilan bog‘lanishini mustaxkamligini ta’minlashda, shakarlarning harakatini yaxshilashda, nafas olish jadalligini kuchaytirishda ishtirok etadi. Marganes yana askorbin kislota sintezida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibiga kiradi. 11111 11111Marganesning fiziologik ahamiyatini tushuntirishda uning gidroksilamin reduktaza fermenti tarkibiga kirishini ko‘rsatish lozim. Bu ferment gidroksilaminni ammiakkkacha qaytarilishida ishtirok etadi. Marganes ko‘pgina reaksiyalarni faollashtirishda, jumladan nafas olish jaraѐnida hosil bo‘ladigan 2 va 3 karbon kislotalarning almashinish reksiyasida ishtirok etadi. Hozirgi kungacha marganes ѐrdamida faollanadigan 23 ta metalloferment kompleksining borligi aniqlangan. Shunday ma’lumotlar borki, marganes fosforning qari pastki barglardan ustki ѐsh barglarga harakatini kuchaytirishga ijobiy ta’sir etadi. Marganes to‘qimalarning suvni ushlab qolish qobiliyatini oshiradi, transsperatsiyani kamaytiradi, o‘simliklarningwhosilwtugishigawko‘maklashadi. 11111Marganesning o‘ta tanqisligida rediska, karam, pomidor, no‘xat va boshqa ekinlarning hosil tugishi umuman to‘xtab qolishi kuzatilgan. Barglarning oqarishi va sarg‘ayishi, dog‘larning paydo bo‘lishi, dukkakli ekinlar bargining ѐppasiga xlorozga chalinishi, bodring barg plastinkasining buralib qolishi-marganes tanqisligining asosiy belgilaridan hisoblanadi. Marganes o‘simliklarning rivojlanishini tezlashtiradi. Marganes tanqisligida xlorozlar, g‘allasimonlarning kulrang dog‘liligi, qand lavlagining sariq dog‘liligi kuzatiladi. 11111Molibden (Mo) Molibdenning eng ko‘p miqdori dukkakli o‘simliklarda uchraydi. Dukkakli o‘tlar urug‘ida 1 kg quruq vazn hisobiga 0,5 mg dan 20 mg gacha molibden bo‘lishi, g‘allasimonlar urug‘ida esa 1 kg quruq vazn hisobiga 0,2 mg dan 1,0 mg gacha molibden bo‘lishi mumkin. Molibden o‘simliklarga boshqa elementlarga nisbatan kamroq yutiladi. O‘simlik barglarida molibden boshqa a’zolariga nisbatan ko‘proq to‘planadi. Aksariyat o‘simliklarda molibden miqdorining quyi chegarasi 1 kg quruq moddada 0,1 mg hisoblanadi. Dukkakli ekinlarda bu ko‘rsatkich 0,4 mg/kg ni tashkil etadi. Molibden dukkakli o‘simliklarning ildizidagi tuganaklarning rivojlanishini kuchaytiradi, oqsil tarkibidagi azotning o‘zlashtirilishiga ѐrdam beradi. Dukkakli o‘simliklarning tuganaklaridawmolibdenwbirikmasiwto‘planadi. 11111M.Ya.Shkolnik va M.M.Steklovalarning tekshirishlari molibden birikmalari qo‘llanilganda donli o‘simliklarning yarovizatsiya davrini tezlashishini ko‘rsatadi. Beda ustida olib borilgan tajribalar ham molibden birikmasining ahamiyatini ko‘rsatadi. A.A.Drobkov ma’lumotlariga ko‘ra, molibden ta’siri ostida bedaning еr sirtidagi qismi 70% ga, urug‘ hosili esa 90% dan ko‘proqqa ko‘payadi. Turli ekinlar no‘xat, loviya, pomidor, qand lavlagi, beda, lyupin va baqlajon hosilini oshirishda molibden mikroelementini ijobiy ta’siri isbotlangan. Molibden o‘simliklardagi nitratreduktaza fermenti tarkibiga kiradi va nitratlarning nitritlargacha qaytarilishida ishtirok etadi. Umuman olganda, molibdenni o‘simliklardagi azot almashinish jaraѐni mikroelementi deb atash mumkin. Molibden fotosintez, nafas olish, vitamin va fermentlar sintezida faol ishtirok etadi. 11111 11111O‘simliklardagi molibdenning eng kam miqdori 1 kg quruq vazn hisobiga 0,10 mg bo‘lgan chegara hisoblanadi,boshg‘qa o‘simliklar va dukkaklilar uchun 1 kg ga 0,40 mg ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan miqdor molibdenning tanqisligidan dalolat beradi. Bug‘doyning o‘rtacha hosili bilan 1 gektar еr hisobiga 6 g molibden, bedaning hosili bilan esa 10 g gacha molibden olib chiqib ketiladi. Oziq muhitidagi molibdenning tanqisligini tadqiq etish shuni ko‘rsatadiki, o‘simliklarda azot almashinuvi izdan chiqadi, to‘qimalarda ko‘p miqdorda nitratlar to‘planadi. Hayvon va odam organizmida ko‘p miqdorda iste’mol qilish tufayli konserogen birikmalar nitrozaminlarning hosil bo‘lishi kuzatiladi. Molibdenning oshiqcha miqdori o‘simlikka toksik ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarida molibdenning bo‘lishi odam va hayvonlarning sog‘ligiga putur еtkazadi. 1 kg quruq massada 1 mg molibden bo‘lsa, odam va hayvonlar uchun zararli hisoblanadi. O‘simliklar tarkibida 1 kg quruq massasi hisobiga 20 mg va undan ko‘proq miqdorda molibden bo‘lgan hollarda: hayvonlar molibdenli toksikoz, odamlar endemik padagra kasalliklariga duch keladi. 11111Kobalt (Co) O‘simliklarning 1 kg quruq massasi tarkibida o‘rtacha 0,021 mg kobalt mavjud. Ayrim o‘simliklarda bu ko‘rsatkich 11,6 mg/kg ni tashkil etadi. Kobalt qo‘proq dukkakli o‘simliklarda uchraydi, ko‘proq tuganaklarda yig‘iladi. Shuningdek kobalt generativ organlarda ham to‘planadi, changdonda yig‘iladi va uning o‘sishini tezlashtiradi. O‘simlik tarkibidagi yalpi kobaltning 50% i ion, 20% vitamin B12 va qolgan 30% i barqaror organik birikmalar shaklidadir. B12 mikroorganizmlar tomonidan sintezlanib, o‘simliklarga tuproqdan o‘tadi ѐki azot to‘plovchi tuganaklarida hosil bo‘ladi. B12 uchraydigan o‘simliklar dukkaklilar, turup, piѐzlar hisoblanadi. Uning 30% ga yaqini yuqori darajada barqarorlikka ega bo‘lgan hali aniqlanmagan organik birikmalar tarkibida uchraydi. O‘simliklar kobaltni molibdenga nisbatan 300 marta kam talab qiladi. Kobalt bakteriya va fermentlarning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kobalt ta’sirida qand lavlagining hosildorligi gektariga 30-35 sentnerga shakar miqdori esa 0,8% ga oshishi kuzatiladi. 11111 111111Rux (Zn) Rux ham o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan mikroelementlardan biri hisoblanadi. Rux o‘simliklarning issiqlikka va sovuqlikka bo‘lgan chidamliligini oshiradi, fosforning ko‘proq o‘zlashtirilishiga ѐrdam beradi. Rux tanqisligida noorganik fosforning organik shaklga o‘tishi sekinlashadi, shuningdek o‘simliklar tanasida saxaroza va kraxmal miqdori kamayadi, azotning nooqsil shakldagi birikmalariwto‘planishiwkuzatiladi. 11111Rux еtishmaganda o‘simlik hujayralarining bo‘linishi sekinlashadi, barglar och yashil (ba’zan oq) tusga kiradi, shakli o‘zgaradi, poyadagi bo‘g‘im oralari qisqaradi, mevalar burishib qoladi. Ruxning tanqisligiga grechixa, xmel (qulmoq), qand lavlagi, kartoshka, qizil beda o‘ta sezgir bo‘ladi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, begona o‘tlar madaniy ekinlarga nisbatan ruxga boyligi bilan ajralib turadi. Ninabargli o‘simliklar tarkibida va shuningdek zaxarli zamburug‘larning tarkibida rux ko‘p uchraydi. Dala ekinlarining ruxga bo‘lgan talabi mevali daraxtlarga nisbatan pastroq bo‘ladi. Rux nafas olish fermenti karbongidraza tarkibiga kirib, o‘simliklarda auksinlar (fitogormonlar) hosil bo‘lishini aktivlashtiradi. Hozirgi vaqtda 30 dan ortiq rux tutuvchi fermentlar ma’lum. 1111 1Fotosintez reaksiyalarida marganes, mis, temirlarning qatnashishi qayd etilgan, ruxning qatnashishi ko‘rsatilmagan. Lekin u xlorofilldan oldingi moddalarning hosil bo‘lishida qatnashadi. Fotosintez jaraѐnida rux tutuvchi ferment karboangidraza ma’lum ahamiyatga ega. Rux tutuvchi karboangidraza no‘xat, petrushka va pomidor xloroplastida aniqlangan. Karboangidraza fermenti o‘zida 0,31-0,34% foiz rux tutadi. So‘ngi vaqtda rux mikroelementini vitaminlarning, jumladan ―S‖ vitamining to‘planish jaraѐni bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan. M.Ya.Shkolnikning tekshirishlariga ko‘ra, rux mikroelementi o‘simlikning yaproq va poyalarida uglevodlar miqdorini ko‘paytiradi, bu esa o‘simliklarning sovuqqa, qurg‘oqchilikka va sho‘rtob tuproqlarga chidamli bo‘lishiga bevosita bog‘liq. Rux birikmasi tuproq chirindisi tomonidan oson yutiladi, shuning uchun ham bu mikroelementning bir qismi tuproqning chirindili qavatiga chiqadi. Tarkibida rux bo‘lgan mikroo‘g‘itlar tuproqqa solinganda o‘simlik azot, fosfor, kaliy, kalsiy birikmalarini yaxshi o‘zlashtiradi. Bu mikroelement tuproq makroorganizmlari uchun ham zarur hisoblanadi. Dala ekinlari hosili orqali har yili 1 gektar еr hisobida 75-250 g rux olib chiqib ketiladi.

Yüklə 110,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin