O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo`nalishi 2-kurs talabasi pokizaxon ermatovaning o’simlik oziqlanishi va o’G’it



Yüklə 110,28 Kb.
səhifə9/12
tarix09.06.2023
ölçüsü110,28 Kb.
#127344
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2.Kurs ishi osimlik oziqlnishi

4-jadval davomi
No‘xat, vika, soya va boshqa ekinlar ekishdan oldin ishlanadi. 25-50 g ammoniy molibdat o‘g‘iti suvda eritiladi va 100 kg urug‘ namlanadi. Beda va sebarga urug‘lari ham ekish oldidan ishlanadi. Buning uchun 500-800 g o‘g‘it 3 l suvda eritiladi va 100 kg urug‘ namlanadi. No‘xat, xashaki dukkaklilar, beda, sabzavotlar, shonalash gullash davrida ildizdan tashqari oziqlantiriladi. Buning uchun 200 g ammoniy molibdat o‘g‘iti 100 l suvda eritilib, aviatsiya ѐrdamida sepiladi, ya’ni shonalash gullash davrida ildizdan tashqari oziqlantiriladi. Ko‘p yillik madaniy o‘tloqlar uchun ham shu o‘g‘it va shu usul qo‘llaniladi. 111111Marganesli o‘g‘itlar. Asosiy marganesli o‘g‘itlar: marganes sulfat (20% Mn) va margeneslangan donador superfosfat (1-2% Mn) hisoblanadi (5-jadval).
5-jadval
Marganesli mikroo’g’itlar (N.M.Gorodniy)

O’g’it

Ta’sir etuvchi modda

Ta’sir etuvchi modda miqdori

Marganes sulfat

MnSO4

70

Mn li superfosfat

P2O5 Mn

20 1-2

Mn li ruda chiqindisi

Mn

17-18

Marganesli o‘g‘it sifatida marganes ishlab chiqaruvchi sanoat korxonasining chiqindilari ham ishlatiladi. Chiqindilar tarkibida ko‘pincha 10-18% gacha marganes bo‘ladi. Qimmat turadigan marganes sulfat asosan issiqxona sabzavotchiligi uchun ishlatiladi. Marganesning fosforli o‘g‘itlar orasida yaxshi samara berishini xisobga olib marganeslangan superfosfat ishlab chiqarish maqsadga muvofiq. Tuproqqa solinadigan marganesning miqdori 1 ga еrga element xisobida 2,5 kg ni tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligi uchun o‘simliklarni ildiz orqali bo‘lmagan oziqlantirilishi va urug‘larga ishlov berilishi uchun 30% ga yaqin marganesli o‘g‘itlar ishlatiladi. Marganesni qo‘llash usullaridan biri urug‘larga ishlov berishdir. Bunda 50-100 g marganes sulfat 1 s urug‘ bilan aralashtiriladi (qand lavlagi, bug‘doy, makkajo‘xori, no‘xot). Dala ekinlarini ildiz orqali bo‘lmagan oziqlantirishda har ga еrga 200 g marganes sulfat ishlatiladi, mevali daraxtlarni purkash uchun har ga еrga 600-100 g dan ishlatiladi. Marganes sulfat suvda yaxshi eriydi, nam tortib mushtlashib qolmaydi, ekin dalalariga 3-3,5 kg dan sepiladi. 11111Marganesli mikroo‘g‘it ayniqsa, ishqoriy, neytral va karbonatli, mexanik jixatidan еngil tuproqlarda ijobiy natija beradi. Marganesli o‘g‘itlar qo‘llash xisobiga qand lavlagidan 23,7, bug‘doydan 2,2, makkajo‘xoridan 11,8 va arpadan 3,0 s/ga qo‘shimcha xosil olinadi. So‘ngi yillarda, marganes nitrofoska (0,9%) ѐki supkrfosfat tarkibiga kiritilib, fosforli o‘g‘itlar bilan birga qo‘llanilmoqda. Shuningdek ekinlarning urug‘ ѐki chigitlarga ekish oldidan marganesli eritmalar ѐki kukunlari bilan ishlov berilmoqda. Masalan 1 s bug‘doy va makkajo‘xori va no‘xat urug‘i ekishdan oldin 50 g margans sulfat bilan, zig‘ir 100-200 g ѐki 1 s qand lavlagi urug‘i 100-450 g marganes sulfat bilan aralashtiriladi. Bunda 150-200 g marganes sulfat 100 litr suv bilan aralashtirilib traktorlar ѐrdamida barglar orqali oziqlantiriladi. 11111Marganes tanqisligi torfli, karbonatli, qumli, qayir va o‘tloqi qora, neytral va ishqoriy tuproqlardagi ekinlarda keskin sezilishi mumkin. Marganes tanqisligi ayniqsa temirning eruvchan birikmalari ko‘p bo‘lgan tuproqlarda yaqqol seziladi. O‘simliklarda marganes tanqisligi, uning kam harakatchanligi tufayli ko‘proq ѐsh barglarda seziladi. G‘o‘za bargining quruq massasida 240 mg gacha marganes bo‘ladi. 11111Marganes tanqisligi ko‘pgina o‘simliklarda kuzatiladi. Masalan: paxta barglarida oq, sariq rangli dog‘lar paydo bo‘ladi va to‘kila boshlaydi. Kartoshka, suli, no‘xot, loviya, lavlagi, karam, shaftoli, olcha, olxo‘ri, olma, o‘rik, limon kabi ta’sirchan o‘simliklarda ham marganes tanqisligi tez seziladi. 11111Ruxli o‘g‘itlar. Ruxli o‘g‘it sifatida ba’zi sanoat chiqindilari, rux sulfat (ruxning miqdori 22%) va polimikroo‘g‘it (PMU-7), ruxli oq bo‘ѐq ishlab chiqaruvchi zavodlarning chiqindilari ishlatiladi (6-jadval). Ularning tarkibida 19,6% rux oksidi, 17,4% rux silikati, 21,1% alyuminiy oksidi, hamda bir oz miqdorda alyuminiy, mis va marganes bo‘ladi. . 11111Makkajo‘xoriga PMO‘-7 ekish vaqtida qator orasiga (1 ga ga 20 kg dan) solinadi. Ildizdan tashqari oziqlantirishda rux sulfat (1 ga ekin maydoniga 150-200 kg) ishlatiladi. Oziqlantirish ko‘p ekinlar uchun shonalash paytida ѐki usimlik gullashining boshlanish fazalarida amalga oshiriladi.


Yüklə 110,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin