272
Doimiylik (
fenomenologiyada)
–
insonni hayotga tayanchga ega bo‗lishi
uchun zarur ahamiyatli narsalar yig‗indisi .
Ijtimoiy ishning huquqiy maydoni
– ijtimoiy ish sub'ekti va ob'ekti
o‗rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik vositalar tizimi.
Samarali munosabat
– ijtimoiy muammolarni hal qilishga yo‗naltirilgan
hamkorlik munosabatlarini belgilash va kuchlarni birlashtirish yo‗li
bilan uning
ishtirokchilariga imkon beruvchi ijtimoiy aloqa shakli.
Ijtimoiy ish makoni
– inson va uning tashqi muhit bilan o‗zaro
munosabatining o‗zgaruvchi maydon, shaxs faoliyatini
optimallashtirishning
jismoniy va ijtimoiy omillari yig‗indisi.
Professionalizm
– kasbiy faoliyatda samaradorlikka erishish imkonini
beruvchi bilim, ko‗nikma va malakaning barqaror darajasi.
Kasbiy faoliyat
– xizmat majburiyatlarining doimiy doirasi, inson ta'lim
jarayonida
olgan bilim, ko‗nikma va malakaning yig‗indisi asosida bajarish.
Kasbiy layoqat
– kasbiy faoliyatga
nazariy va amaliy tayyorlik, kasbiy
tayyorlanish va o‗zini rivojlantirish jarayonida egallangan
va chuqurlashtirilgan
bilim, malaka va ko‗nikmaga asoslanadi.
Mutaxassisning kasbiy shakllanishi
–shaxs amaliy, ta'lim
va tadqiqot
faoliyatining maqsadli va uzluksiz jarayoni,
insonda bilim, malaka va shaxsiy
sifatlar, kasbga malakaviy talablar shakllanishiga mo‗ljallangan bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: