60
ish beruvchilarning sug‗urta badallariga deyarli teng bo‗lib, qayta taqsimlashning
asosiy kanali davlat qo‗lida yoki uning nazoratida bo‗ladi. Shu bilan birga davlat
sug‗arta himoyasi tizimida fuqarolarni moddiy qo‗llab-quvvatlashda qatnashadi.
Bunda maqbul ijtimoiy nafaqalar miqdori mehnat daromadlari va shunga mos
sug‗urta to‗lovlariga ajratmalarga bog‗liq bo‗ladi. O‗ziga xos xususiyati korxona
egalari va kasaba uyushmalari birgalikda yurituvchi sug‗urta kassalarining o‗zini
boshqarishidir. Ishsizlik holatida kafolatlangan to‗lov
miqdori ish stajiga, to‗lov
muddati- sug‗urta badallarini to‗lash davomiyligiga, ularning miqdori va
ishchining yoshiga bog‗liq bo‗ladi.
Ijtimoiy-demokratik model
(ba'zan solidar deb yuritiladi) aholini himoya
qilishda davlatning yetakchilik rolini ko‗zda tutadi. Davlat
ijtimoiy siyosatining
ustuvor vazifalari aholi daromadlari darajasi va umumiy bandlikdir. Mazkur model
shimoliy yevropa mamlakatlari Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Daniya,
shuningdek Niderlandiya va Shveytsariyada amaliy ifodasini topgan.
Ijtimoiy
sohani moliyalashtirish asosi iqtisodiyotning rivojlangan davlat sektori tomonidan
xizmat ko‗rsatishga asoslanib, soliqqa tortishning juda yuqori darajasiga xos
bo‗ladi.
Mazkur
modelning
boshqa
farqli
xususiyati
ishlab
chiqarish
demokratiyasining rivojlangan tizimi, alohida korxona
yoki tarmoq emas balki
umummilliy darajada mehnat munosabatlarini tartibga solish, ishsizlik darajasini
kamaytirish imkonini beruvchi fositalardan foydalanishdir.
Ba'zan egalitar deb nomlanuvchi ijtimoiy davlatning shved doktrinasi
mashhurdir. U davlatning milliy darajada o‗z fuqarolari to‗g‗risida qayg‗urishi,
og‗ir sharoitlarda
ularning xavfsizligi, ishonchli himoyasini ta'minlashi,
shuningdek himoyani tashkil qilish va boshqarishga asoslangan. Shvedlar ular
vafot etgunga qadar davlat g‗amxo‗rlik qilishi kerak deb hisoblaydilar. »
12
.
12
Церкасевич Л. В
.
Европа иттифоқи мамлакатларида ижтимоий сиѐсатнинг замонавий тенденциялари. -
СПб., 2002. - С. 27.
61
Keltirilgan uchta model sof holda umuman uchramaydi, har birining o‗z
ustunligi va kamchiliklari bor. Amaliyotda odatda liberal,
korporativ va sotsial-
demokratik usullarining biror xususiyatlari birgalikda bo‗lishi kuzatiladi.
Ulardan ko‗pchiligi besh federal vazirlik (sog‗liqni saqlash va ijtimoiy ish,
qishloq xo‗jaligi, mehnat, uy-joy qurilishi va shahar rivojlanishi, ichki ishlar)
shuningdek iqtisoliy imkoniyatlar bo‗yicha qo‗mita, keksalar ishlari bo‗yicha
boshqarma, temir yo‗lchilar pensiya ta'minoti bo‗yicha kengash va fuqarolik
xizmati komissiyasi doirasida bo‗ladi. Muvozanatli va tashkiliy tizim bilan
tuzilmagan ko‗pgina dasturlar moddiy yordamga muhtoj ko‗pgina
guruhlarni
qamrab olmasdan, nafaqa va kompensatsiyalarning miqdori kam darajada
bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Shu bilan birga bunday dasturlar afro-osiyo va lotin
amerikasidan kelgan aholi o‗rtasida qaysidir darajada
ijtimoiy boqimandalikni
keltirib chiqaradiBoshqa mavjud kamchilik sifatida oilaviy munosabtlarga salbiy
ta'sir ko‗rsatishini keltirish mumkin: ular ba'zan ajrashishni, ota-onalarning alohida
yashashini, oilaviy holatga bog‗liq holda moddiy yordam olishni targ‗ib qiladi.
13
3
Dostları ilə paylaş: