. Jahon
tajribasining tahlili ijtimoiy himoyaning asosiy to‗rt instituti
mavjudligini ko‗rsatadi.:
1.
Mehnat qobiliyati, ish joyi, daromad manbasi yo‗qligi sababli o‗zini
moddiy jihatdan ta'minlay olmaydigan shaxslarga ijtimoiy yordam. Ijtimoiy
yordam qoida bo‗yicha oldingi daromad miqdori yoki aholining o‗rtacha yashash
darajasiga bog‗liq bo‗lmaydi.
Ijtimoiy himoyaning mazkur institutining xususiyati – aholi guruhlariga
ijtimoiy yordam ko‗rsatish bo‗yicha davlatning shartnomadan tashqari ijtimoiy
munosabatlaridir. Qoidaga ko‗ra mazkur tizimdagi to‗lovlar muhtojlikni
tekshirgandan so‗ng mavjud daromadga qo‗shimcha shakl sifatida qabul qilinadi,
bosh asos- minimal hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun mablag‗larning yo‗qligi
yoki yetishmasligidir. Ijtimoiy yordamning moliyaviy
manbalari davlat yoki
mahalliy byudjet, xayriya fondlari mablag‗lari bo‗ladi.
13
Лебедев О. Т., Язвенко С. А. Аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш. – СПб., 1999. – С. 91–92.
62
Majburiy ijtimoiy sug‗urtalash shaklida amalga oshiriladigan davlat ijtimoiy
va pensiya ta'minoti iqtisodiy faol aholini daromadni yo‗qotish yoki mehnat
qobiliyatini (shu jumladan pensiya yoshiga yetish) va ish joyini yo‗qotish
xavfidan ijtimoiy himoya qilish instituti sanaladi. Moliyaviy manbalari ish
beruvchilar va jismoniy shaxslar (xodimlar) badallari hamda alohida toifa uchun
davlat byudjeti mablag‗lari sanaladi.
Ijtimoiy sug‗urtalash bo‗yicha pensiya va nafaqalar mazkur tizimni
moliyalashtirishda sug‗urtalangan shaxs va ish beruvchi ishtirokiga asoslanib,
sug‗urtalanganlik huquqi bo‗yicha taqdim etiladi.
Tizimdagi
ijtimoiy-huquqiy
munosabatlarni
belgilovchi
xususiyati
yo‗qotilgan daromadni o‗rnini egallash sanalib, pensiya va nafaqalar miqdori
oldingi ish haqi va badallarga bog‗liq bo‗lib, bu tizim muhtojlikni aniqlashdan
mustaqil ravishda ish olib boradi.
Fuqarolarning alohida toifalari uchun (harbiy xizmatchilar, ichki ishlar
organlari xodimlari va xodimlarning boshqa toifalari) ijtimoiy va pensiya ta'minoti
sug‗urtalash tamoyillariga asoslangan holda amalga oshiriladi, ammo bu holatda
sug‗urtalovchi va o‗zini sug‗urtalaydigan shaxs davlat bo‗ladi.
3. Ixtiyoriy qo‗shimcha (kasbiy) sug‗urtalash uzoq muddatli jamoa
kelishuvlari asosida alohida tarmoq yoki kompaniyalar doirasida amalga oshiriladi.
So‗nggi o‗n yillikda Markaziy, Sharqiy yevropa mamlakatlari va MDH da
nodavlat pensiya fondlari keng qo‗llanila boshlandi.
4. Fuqaroni ixtiyoriy shaxsiy sug‗urtalash shartnoma asosida tashkil qilinib,
uning doirasi va ma'lum vaqt davomida amalda bo‗lishi, sug‗urta xatarlarining
mavjud turlari, sug‗urtalangan shaxsning moliyaviy imkoniyatlari belgilanadi.
Bazaviy va aniqlovchi ( moliyalashtirish hajmi, qamrab olish ko‗lami va
ijtimoiy ishning turli shakllari) majburiy ijtimoiy sug‗urtalash instituti bo‗lib,
rivojlangan mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoya qilish va aholiga ijtimoiy
yordam ko‗rsatish institutlariga sarflanadigan mablag‗ 60% gacha, ijtimoiy
himoyaga yo‗naltiriladigan mablag‗lar jami mablag‗larning 20-30% ini tashkil
etadi.
63
Ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilishning jahon tajribasi tahlilidan kelib
chiqib, ijtimoiy himoyaning umumiy tamoyillariga quyidagilar kiradi
:
•
Aholiga qulay sharoitlarni ta'minlashda davlat va jamiyatning ijtimoiy
javobgarligi
•
Jamiyatning barcha qatlamlari;
•
Zarur hollarda tibbiy va ijtimoiy yordamni ta'minlash;
•
Ijtimoiy va kasb xatarlaridan ishlovchilarni himoya qilishning
umumiy xususiyati;
•
Jamiyatning
barcha
qismiga
ijtimoiy
himoyani qo‗llashni
kengaytirish.
Yuqorida keltirilgan tamoyillardan kelib chiqib, zamonaviy jahon
amaliyotida quyidagilar ishlab chiqilgan:
•
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirishning asosiy
yo‗nalishlari:
•
Bir-birini o‗rnini bosuvchi yuqori darajada manzilli yo‗naltirilgan yagona
naqaqalarni kiritish
•
Aholining muhtoj qatlamlariga katta bo‗lmagan miqdordagi nafaqalar;
•
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini belgilash talablarini
kuchaytirish, ularning muhtojlik darajasini tekshirish;
•
Ijtimoiy soha (sog‗liqni saqlash, ta'lim, uy-joy kommunal xo‗jaligi)
yetakchi tarmoqlarida umumiy sektorni rivojlantirish, bu sohani moliyalashtirishda
qatnashish mehanizmini kengaytirish;
•
Markaziy va mahalliy byudjetlar o‗rtasida ijtimoiy himoya qilish tizimi
tarkibi bo‗yicha moliyaviy vazifalarni qayta taqsimlash ;
•
Ijtimoiy soha tarmoqlarida xususiy shakldagi xo‗jalik va notijorat
tashkilotlarni rivojlantirish;
•
Ijtimoiy sohani dasturiy moliyalashtirishga o‗tish, moliyaviy
mablag‗larni sarflashda ijtimoiy me'arlar va jamoat nazoratidan foydalanish;
•
Ijtimoiy buyurtmalarni shakllantirish va uni bajarishga xo‗jalik yurituvchi
sub'ektlarni jalb qilish.
64
4. O‗zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng boshida qo‗yilgan
strategik maqsad- aholining asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirishni ta'minlaydigan
jamiyatda qulay ijtimoiy muhit va sharoitni yaratishdir. Hukumat tomonidan
amalga oshirilayotgan choralarning barcha mantig‗i va bosqichlari aynan shu
maqsadga erishishga yo‗naltirilgan.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichi 1994-yilgacha bo‗lib, iqtisodiy
pasayish sharoitida davlat ijtimoiy siyosati aholining hayot darajasi va
daromadlarini tushib ketishiga yo‗l qo‗ymaslikdan iborat bo‗ldi.
Ikkinchi bosqich (1995-1997 yy.), mamlakatning iqtisodiy barqarorlikka
erishishi va iqtisodiy pasayishdan chiqish davri bo‗lib, bunda davlat ijtimoiy
siyosatining maqsadi daromadlarni barqarorlashtirish, yangi ish o‗rinlarini
yaratish, aholini manzilli ijtimoiy himoya qilishni oshirish bo‗ldi. Bu bosqichda
aholining hayot darajasini oshirishning muhim iqtisodiy mexanizmlari va asoslari
ishlab chiqildi.
Barqaror iqtisodiy o‗sishga erishilgan bugungi bosqichda ijtimoiy
siyosatning maqsadi daromadlarni uzluksiz oshirish, aholi bandligini oshirish va
ijtimoiy himoyaning samaradorligini yuksaltirish asosida hayot darajasi va
farovonligini o‗stirish uchun sharoit yaratishdir.
Aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash tizimi o‗zida aholining ijtimoiy kam
ta'minlangan qatlamini hayot darajasini oshirishga yo‗naltirilgan, shuningdek
davlat hokimiyati, boshqaruv organlari, jamoat tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan
muassasalar, ish beruvchilar va jismoniy shaxslarning alohida e'tiborini talab
qiluvchi aholi toifalariga yo‗naltirilgan tadbirlar majmuasini o‗z ichiga oladi. Bu
tadbirlar ijtimoiy va tibbiy-ijtimoiy yordam, ijtimoiy xizmat ko‗rsatish, mehnat,
kasbiy sog‗lomlashtirish, aholining alohida toifalariga imtiyozlar taqdim etish va
boshqalardan iborat.
O‗zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy-qo‗llab-quvvatlash tizimi
birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining farovonlik
darajasini oshirishga yo‗naltirilgan, ularga quyidagilar kiradi :
65
•
Nogironlik sababidan qat'iy nazar qonunchilikka muvofiq nogironlik
guruhi belgilangan shaxslar, shuningdek 18 yoshga to‗lmagan nogiron bolalar;
•
Texnogen va tabiiy ofatlar, tartibsizliklar, shuningdek harbiy va
millatlararo nizolar natijasida shikastlangan shaxslar;
•
Yolg‗iz keksalar 65 yoshga to‗lgan (erkaklar) va 60 yoshga to‗lgan
(ayollar), yoshga doir pensiya tayinlash uchun zarur bo‗lgan ish stajiga ega
bo‗lmagan va boshqa shaxslar tomonidan moddiy ko‗makka ega bo‗lmagan
shaxslar, shuningdek doimiy parvarishga muhtoj yolg‗iz keksalar ;
•
Fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari tomonidan belgilangan
darajadan kam daromadga ega kam ta'minlangan oilalar va alohida shaxslar;
•
Kam ta'minlangan ko‗p bolali oilalar;
•
yetim va ota-ona g‗amxo‗rligisiz qolgan bolalar;
•
Ijtimoiy ahamiyatli kasallikka chalingan shaxslar
•
Ikki yoshgacha bo‗lgan bolalarni tarbiyalashda mashg‗ul bo‗lgan kam
ta'minlangan oilalardagi onalar yoki u yo‗q bo‗lganda o‗rnini bosuvchi shaxslar;
•
Boquvchisini yo‗qotgan oilalar, voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalovchi
bevalar;
•
Ishsiz sifatida rasmiy ro‗yxatdan o‗tgan shaxslar.
Aholining ko‗rsatib o‗tilgan toifalaridan tashqari ijtimoiy yordam davlat va
jamiyat tomonidan yuqori e'tiborni talab qiluvchi alohida shaxslarga, shu jumladan
bolalar, yosh oilalar, urush faxriylari va fuqarolarning bir qator boshqa toifalariga
ko‗rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: |