O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Fitoviruslarni biologik tozalashning umumiy qoidalari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/36
tarix13.05.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#57867
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta lim vazirligi m

1.4. Fitoviruslarni biologik tozalashning umumiy qoidalari 

Viruslarni  toza  preparatlarini  olishni  shartli  ravishda  ikki  bosqichga  ajratish 

mumkin.  Birinchi  bosqichda    bizni  qiziqtirgan  narsa  virusni  biologik  tozalash 

ko‗zda  tutiladi,  ya‘ni  mazkur  virusni  indikator  o‗simliklar  yordamida  boshqa 




2 3

 

 



viruslardan,  bakteriyalardan,  zamburug‗lardan  va  mikroskopda  ko‗rinadigan 

biologik  organizmlardan  ajratib  olinadi  (ammo  u  gohida    xo‗jayin  o‗simlikning 

nekrozidagi  hujayralari  ichida,  gohida      xo‗jayin  o‗simlik  hujayrasida  bo‗ladi).                 

Bu  ish  avvaldan  xususiyati  aniq  bo‗lgan  virusologiya  amaliyotida  ishlatilib 

kelinayotgan  har bir virus uchun uning spetsifikligiga mos  indikator (aniqlagich), 

differensiator (ajratuvchi) va to‗plovchi  virus o‗simlikni tizimli kasallantiradi[1].  

Demak,  virusni  birinchi  ko‗paytirib  olish  uchun  xo‗jayin  o‗simlik  kerak, 

ikkinchidan  bu  virusni  nekrozlar  hosil  qilish  bilan  kasallanadigan    o‗simlik  va 

undagi  hosil  bo‗lgan  nekrozdan  ajratib  olingan  mononekrozdagi  virus  zarralarini 

ko‗paytiradigan virus to‗plovchi o‗simliklar bo‗lishi taqazo etiladi. Agar TMV ni 

oddiy  shtammini  O-VTM  (adabiyotda  ―VTM  vulgare‖  deb  nomlanadi) 

mononekrozdan  ajratiladigan  bo‗lsa  unga  Nicotiana  sylvestris  (differensiator),  



Nicotiana  glutinosa  va  Nicotiana  tabacum  ning  Samsun  navlari  kerak  bo‗ladi. 

Masalan,  tomat  o‗simligidan    TMV  ning  tomat  shtammini  va  oddiy  TMV  ni 

birinchi  Nicotiana  sylvestris    ga  yuqtirilganda  TSH-VTM  (VTM  ning  tomat 

shtammi) bu o‗simlikda nekrozlar hosil qiladi, O-VTM esa  tizimli  kasallantiradi, 

ya‘ni mozaika hosil qiladi, demak ikki shtammni fizik kimyoviy usullarda ajratish  

mumkin bo‗lmagan yoki o‗ta mushkul bo‗lgan bo‗lsa, bu ishni indikator o‗simlik 

orqali    osongina  ajratib  olinadi,  ya‘ni  biologik  shtammlarini  ham  bir-biridan  

ajratiladi va tozalanadi.  Albatta bu ishni kamida uch marta qaytarilishi maqsadga 

muvofiq bo‗ladi (uch marta mononekrozdan o‗tkaziladi). 

Ikkinchi  bosqichda  toza  preparatni  olish  uchun  fizik-kimyoviy  usullar 

qo‗llaniladi, ya‘ni differensial sentrifugalash xromatografiya, elektroforez, gradient 

zichlikda sentrifugalab tozalash metodlari qo‗llaniladi. 

  Viruslarni  o‗simlikga  yuqishiga  bir  qancha  faktorlar  ta‘sir  qiladi  va  ular 

virusni  dastlabki  hujayraga  kirishida,  kasallikni  rivojlanishining  keyingi 

jarayonlarida  muhim  rol  o‗ynaydi.  Tarr  bu  omillarni  4  guruhga  bo‗ladi:  birinchi 

guruhga o‗simlikni xususiyatlari, ikkinchisiga patogenlik xususiyatlari, uchinchisi 

ekologiya va to‗rtinchisi biotik faktorlardir [1]. 



2 4

 

 



  a)  O‗simlikni  xususiyatlariga  uni  irsiy  chidamliligi  kiradi.  Chidamlilik 

darajasi  esa  o‗simlik  to‗qimasining  yoshiga  va  oziqlanishiga  (m., 

mikroelementlarni  yetishmasligi  o‗simlikni  virusga  chidamliligini  pasaytiradi) 

qarab  o‗zgaradi.  Chidamlilik  haroratga  qarab  ham  o‗zgaradi.  Virus  hujayraga 

kirgandan  so‗ng  yuqori  temperaturaga  to‗g‗ri  kelib  qolsa,  o‗simlik  barglari  va 

boshqa  organlarini  o‗zgarishisiz,  simptomlar  yashirin  holatda  o‗tishi  mumkin. 

Nimjon  va  kuchsiz  o‗simliklar  kasallikga  sezgiroq  (chidamsizroq)  bo‗lsa, 

baquvvat, yaxshi rivojlanayotgan o‗simliklar virusga ancha chidamli bo‗ladi, ularni 

to‗qimalari  ancha  qattiq  dag‗al  bo‗ladi.  Ularga  virus  yuqishi  o‗simlikda  yengil 

simptomlar  hosil  bo‗lishiga  olib  keladi  va  o‗simlikni  butunlay  nobud  bo‗lmay 

qolishi mumkin. 

  O‗simlikni        virusga        sezgirligi        yoki        chidamliligi  o‗g‗itlar  bilan  uni 

ta‘minlanishiga  ham  bog‗liq,  masalan,  azotli  o‗g‗itlarni  ko‗pligi  o‗simlik 

chidamliligini pasaytiradi. 

  O‗simlikni virus bilan kasallanishiga o‗simlikni virusga bo‗lgan "moyilligi" 

ham  yordam beradi. Uoker   "moyillik" degan tushunchaga o‗simlikni bir yoki bir 

necha  faktorlar  ta‘siri  natijasida  virus  bilan  oson  kasallanishini  ko‗zda  tutadi. 

Chester  bu  tushunchani  boyitib  "moyillik"  qatoriga  sezgirlik  yoki  "kasallanish 

tendensiyasi borligi" tushunchalarini kiritadi. 

  O‗simlikni  virus  bilan  kasallanishiga  yana  o‗simlikni  yoshi,  bir  sutka 

davomidagi,  fasl  mobaynidagi  chidamliligi,  mexanik  bosim,  o‗g‗it  (kaliy,  fosfor, 

azot), fungitsdid va pestitsidlar ham ta‘sir qiladi. 

  b)  Patogenlik  xususiyatlari  (patogen  organizmda  parazitlik  bilan  hayot 

kechiruvchi organizm) uni agressivligiga (o‗simlikni kasallantirib, uni qarshiligini 

engib, unda yashashi, ko‗payishi) bog‗liqdir. Virusni oz miqdori (zarralar soni) tez 

va  qisqa  muddatda  (kasallanishga  ketgan  vaqt)  o‗simlikni  kasallantirishga  etarli 

bo‗lsa, uni agressivligi yuqori hisoblanadi. 

  Patogenni  yana bir  xususiyati uni  virulentligi bo‗lib, bu  patogenni  (virusni) 

kasallik  qo‗zg‗atish  xususiyatidir.  Bu  xususiyat  barqaror  xususiyat  bo‗lib,  u 

genotip o‗zgargandagina o‗zgaradi. 




2 5

 

 



  v) Ekologik omillar. O‗simlikka virus zarralari kirib, ularda simptomlar hosil 

bo‗lishida ekologik omillar  - namlik, harorat, yorug‗lik, rN, inokulyum ion kuchi 

va hokazolar ham rol o‗ynaydi. 

  g)  Biotik  omillar.  Bunga  interferensiya  hodisasi  misol  bo‗lishi  mumkin, 

ya‘ni bir turni (shtammni) rivojiga ikkinchi turni (shtammni)  yoki bir xil viruslarni 

noinfeksion  zarralari  o‗simlik  retseptorlarini  band  qilishi  sababli  virus  hujayraga 

kiraolmaydi  yoki  kam  miqdordagi  virus  zarralari  kiradi  va  yuqumlilik  darajasi 

pasayadi. 

  S.V.Kustni  (4)  fikricha  o‗simlik  virusi  yuqishiga  4  xil  reaksiya  bilan  javob 

beradi: 1) immunlik, o‗simlikga virus yuqmaydi; 2) o‗ta sezgirlik, o‗simlikni virus 

kirgan joyidagi to‗qimalar nobud bo‗ladi va nekroz kabi simptomlar hosil bo‗ladi; 

3)  tolerantlilik,  virus  o‗simlik  to‗qimalari  bo‗ylab  tarqaladi,  ammo  simptomlar 

kuchsiz  ko‗rinadi;  4)  tizimli  kasallanishda    organizmni  hamma  to‗qimalari 

kasallanadi,  virus  o‗simlikni  hamma  to‗qimalari  va  yaruslaridagi  barglari  va 

o‗simlikni butun tanasi bo‗ylab tarqaladi va kasallik simptomlari yaqqol ko‗ringan 

bo‗ladi


Simptomlar har xil bo‗lishi mumkin, ya‘ni -  mozaika (mozaikani 6-7 xili 

mavjud), barg shaklini o‗zgarishi, tomirlarni rangsizlanishi, xlorotik dog‗larni hosil 

bo‗lishi va hokazo. Ba‘zan yuqorida ko‗rsatilgan 4 guruh simptomlar orasida aniq, 

chegara  bo‗lmasligi  ham  mumkin.  Masalan,  tolerantlik  bilan  sistemali 

kasallanishni  aniq  ajratish  ba‘zan  qiyin  bo‗ladi,  ba‘zi  o‗simliklarda  mexanik 

inokulyasiyada  avval  nekroz  hosil  bo‗lib  (o‗ta  sezgarlik),  so‗ngra  o‗simlikni 

hamma organlari kasallanadi [1]. 

  Agar  har  bir  tip  kasallanishga  misol  keltiradigan  bo‗lsak,  birinchi  tip 

immunlik  holati.  G‗o‗za  o‗simligiga  arpa  mozaikasi  virusi  yoki  jo‗xori  pakana 

mozaikasi  viruslarini  yuqtirilsa,  g‗o‗za  bu  viruslar  bilan  kasallanmaydi,  ya‘ni 

g‗o‗za  o‗simligi  bu  viruslarga  chidamli  -    immundir.  Ammo  yuqorida  keltirilgan 

viruslar  bilan  arpa  yoki  jo‗xori  kasallantirilsa  (o‗ziga  mos  spetsifik  o‗simlikga), 

ularda chiziqli mozaika alomatlari 12—14 kunlardan so‗ng hosil bo‗ladi. Bu holda 

hosil bo‗lgan simptomlarni tizimli kasallanish  deyiladi. Agar xuddi shu viruslarni 

sho‗ra  o‗simligini  ma‘lum  naviga  yuqtirilsa,  10—12  kunlardan  so‗ng 




2 6

 

 



kasallantirilgan  bargda  diametri  2  –  3  mm  kattalikdagi  sariq  dog‗lar  -  nekrozlar 

hosil  bo‗ladi.  Bu  xildagi  kasallanish  o‗simlikning  o‗ta  sezgirligiga  misol 

bo‗laoladi.  Tolerant  o‗simlik  deb  ataladigan  holatga  misol  qilib  kartoshkaning                 

X-virusi  bilan  pomidor  o‗simligini  kasallanishini,  ya‘ni  virus  zarralari  kartoshka 

o‗simligida  bo‗lsa  ham  ko‗zga  yaqqol  tashlanadigan  alomat,  birinchidan 

sezilmaydi  va  ikkinchidan  bu  virusning  zarari  o‗simlik  hosildorligiga  uncha 

sezilarli ta‘sir ko‗rsatmasligi mumkin [1]. 

  Virus  o‗simlikka  yuqorida  aytilgan  usul  bilan  yuqtirilgandan  so‗ng  ma‘lum 

vaqt soya  yerda saqlansa, o‗simlik to‗qimalarida abrazivlar ta‘sirida hosil bo‗lgan 

mikrojarohatlarning bitishini, ya‘ni reparatsiyasini tezlatadi. Inokulyasiya qilingan 

(kasallik  yuqtirilgan)  o‗simliklarda  kasallik  alomatlarini  kuzatish  12  sutkadan  to              

4  haftagacha  va  undan  ko‗proq  vaqt  mobaynida  olib  boriladi.  Nekroz  kabi 

alomatlarni 3 - 12 kun davomida kuzatilsa, tizimli kasallanish alomatlarini 7 – 15 

kun va undan ko‗proq muddat davomida olib boriladi. 

  Aniqlagich o‗simlik yordamida faqat bir o‗simlikdagi birgina virusni ajratib 

va aniqlabgina qolmasdan, balki bir necha viruslar birga aralash holda uchraydigan 

holatlarda  ham  viruslarni  aniqlash,  ajratish    mumkin.  Tabiatda  har  xil 

o‗simliklarning  madaniy  va  yovvoyi  turlari  tarqalgan  bo‗lib,  ularda  ham  viruslar 

unga  ixtisoslashishiga  qarab  yovvoyi  tup  o‗simlik  shu  virusga  sezgir  bo‗lishi, 

uning  madaniylashgan  navlarining  liniyalari  bu  virusga  turg‗un  bo‗lishi  mumkin. 

Bir tur ichidagi har  xil 

 

navlar virus turi va shtammlariga nisbatan har xil reaksiya 



bilan javob berishi mumkin. Tabiatda, masalan, arpa o‗simligi bir vaqtning o‗zida 

ikki  virus  bilan  ―Arpa  chiziqli  mozaikasi‖  va  ―Yaltirbosh  mozaikasi  virus‖lari 

bilan  kasallanishi  mumkin.  Tamaki  o‗simligi,  ham  Tamaki  mozaikasi  virusi  ham 

Bodring  mozaikasi  virusi  bilan  kasallangan  bo‗lishi  mumkin  va  hokazo.  Ana 

shunga  o‗xshash  viruslar  aralashmalaridan  ham  aniqlagich  o‗simliklarni  to‗g‗ri 

tanlab  toza  virusni  ajratish  va  aniqlash  mumkin.  Masalan,  tamaki  o‗simligidagi 

bodring  mozaikasi  virusini  aralash  viruslar  ichidan  ajratib  olish  uchun  virusli 

o‗simlik  shirasi  bilan  bodring  va  tamakining  Nicotina  sylvestris  navini 

kasallantirilsa,  bodringda  faqat  Bodring  mozaikasi  virusi,  tamakida  esa  faqat 



2 7

 

 



Tamaki  mozaikasi  virusi  ko‗payib,  mozaika  alomatlari  namoyon  bo‗ladi.  Arpani 

kasallantiruvchi  Arpa  chiziqli  mozaikasi  virusini  shu  virusni  ushbu  o‗simlikdagi 

Yaltirbosh  mozaikasi  virusidan  ajratish  uchun  esa  jo‗xori  o‗simligini 

kasallantirilsa,  jo‗xorida  faqat  yaltirbosh  mozaikasi  virusigina  ko‗payadi. 

Viruslarni  aralashmalar  ichidan  ajratib  olishda  qo‗llaniladigan  o‗simliklarni 

differensiator o‗simliklar deyiladi. Xuddi shunga o‗xshash tabiatda kartoshkaning 

viruslarini  (kartoshka  20  ga  yaqin  virus  bilan  kasallanadi)  ajratish  uchun  har  xil 

kartoshka  virusini  aniqlagich  o‗simliklari  mavjuddir.  Ba‘zan  o‗simlikga  virus 

yuqtirish  va  virusni  aniqlash  hollarida  aniqlagich  o‗simliklar  ham  yordam 

beraolmaganda  bir  qator  virus  tarqatuvchi  yoki  yuqtiruvchi  hasharotlardan    ham 

foydalaniladi [1]. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



2 8

 

 




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin