173
xizmatlarini koʻrsatgan. Ammo keyinchalik ushbu tuzilma qidiruv boʻlimi
tarkibiga kiritildi.
Mail.Ru group
“Mail.ru Reyting” veb-tahlil tizimi kata hajmli ma’lumotlarni qayta
ishlash texnologiyalaridan foydalangan birinchi loyihadir. Endilikda Big
Data kompaniyaning deyarli barcha xizmatlarida qoʻllaniladi –
Target.Mail.ru, “Mail.ru” pochta, “Odnoklassniki”, “Moy Mir”, “Mail.ru”
qidiruv tizimi va boshqalar.
Katta hajmli ma’lumotlar tahlilidan foydalanib, Mail.ru reklamalarni
targetlaydi, qidiruvlarni optimallashtiradi, texnik yordamni tezlashtiradi,
spamni filtrlaydi, foydalanuvchi xatti-harakatlarini oʻrganadi va hokazo.
Rambler
Dastlab, media-xolding katta hajmli ma’lumotlarni faqat qidirish
uchun ishlatgan boʻlsa, keyinchalik kompaniyada datamayning yoʻnalishi
paydo boʻldi. Rambler tarkibni shaxsiylashtirish, botlar va spamlarni
blokirovka qilish va tabiiy tilni qayta ishlash uchun Big data
texnologiyalaridan foydalanadi.
Biznesda Big Data texnologiyasidan foydalanishning afzalliklari
Rejalashtirish soddalashtiriladi;
Yangi loyihalarni ishga tushirish tezligi ortadi;
Loyihaning talabgirligi ortadi;
Foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash imkoniyati
paydo boʻladi;
Maqsadli auditoriyangizni topish va jalb qilish osonroq;
Mijozlar va pudratchilar bilan oʻzaro munosabatlar tezlashadi;
Ta’minot zanjiridagi integratsiyalar optimallashadi;
Mijozlarga xizmat koʻrsatish sifati va oʻzaro ta’sir tezligi oshib
boradi;
Joriy mijozlarning sodiqligi ortib boradi.
Hozirda MDHda katta hajmli ma’lumot texnologiyalariga qiziqish
oʻsib bormoqda, ammo Big Data ham drayverlariga, ham cheklovlarga ega.
Dostları ilə paylaş: