O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


- rasm. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi boʻyicha lider



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

1.17.- rasm. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi boʻyicha lider 
mamlakatlar 
 
Shuningdek, BMTning 2017 yilgi Keng polosali aloqalar boʻyicha 
komissiyasining hisobotida jahondagi raqamli trendlar va rivojlangan 
mamlakatlar tajribasi tahlili asosan keng polosali infratuzilmani 
rivojlantirish va uning iste’molchilar talablariga doimo mos kelishini 
ta’minlash dolzarblik kasb etadi. Albatta, bu qiyin boʻlsa ham, raqamli 
rivojlanish uchun zarur vazifa hisoblanadi. Ushbu masala 2017 yil aprel 
oyida “Katta yigirmatalik” (G-20)ning raqamli iqtisodiyot uchun mas’ul 
boʻlgan vazirlarining konferentsiyasi materiallarida ham koʻrilib, 
raqamlashtirishning iqtisodiyotga ijobiy ta’sirini maksimal darajaga 
koʻtarish masalasi muhokama qilingan. 
Raqobatli 
bozor 
sharoitida 
xususiy 
sektor 
keng 
polosali 
infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha koʻplab maqsadlarga erishishni 
ta’minlay oladi. Ammo notijorat, bozor mexanizmi tartibga sola 
olmaydigan masalalarni, shu jumladan elektron hukumat, mudofaa va 
xavfsizlikni hal qilish hukumatlar ishtirokini talab etadi. 
Shu sababdan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo 
mamlakatlar hukumatlari keng polosali rejalarida, innovatsion rejalarida 
yoki raqamli dasturlarida aniq umummilliy maqsadlarni belgilab olgan. 
Ularning yutuqlari, ayniqsa talabni qondirish (AKT qoʻllash) jihatidan 
hozirgi kunda an’anaviy ТBP doirasidan tashqariga chiqib ketdi. Yangi 
30
https://www.iksmedia.ru/articles/5458966-Mirovye-trendy-v-regulirovanii-IKT.html 


71 
milliy raqamli dasturlar yoki raqamli strategiyalar raqamli iqtisodiyot va 
hayotning boshqa jihatlarini raqamlashtirish bilan bogʻliq masalalarni oʻz 
ichiga olgan keng koʻlamda muvofiqlashtirish uchun zaruriy vositaga 
aylandi. Ushbu yondashuv raqamli transformasiyani barcha darajalarda 
amalga oshirishga imkon beradi: alohida shaxslar, biznes va davlat sektori 
uchun. 
Jumladan, Germaniya oʻzining «Raqamli strategiya – 2025» da 
iqtisodiyot va jamiyatni raqamli transformasiya uchun hukumat 
faoliyatining 10 ta eng muhim yoʻnalishlarini belgilab beradi. Strategiyada 
vaziyatni tizimli tahlil qilish, maqsad va vazifalarni belgilash, ushbu 
sohalarning har birida ularni amalga oshirish boʻyicha yondashuvlar va 
chora-tadbirlar belgilanib, iqtisodiyot va umuman mamlakatning global 
bozorda oʻz oʻrnini topishi uchun aniq natijalarga e’tibor qaratilgan. Bunda 
tarmoqlararo muvofiqlashtirishni tashkil etish ham hisobga olingan. « 
Raqamli strategiya – 2025» ning maqsadlaridan birinchisi milliy gigabit 
optik tolali tarmoqni yaratish deb nomlanadi, chunki «yuqori samarali keng 
polosali tarmoqlar raqamlashtirishning asosi va drayveri hisoblanadi va shu 
sababdan Germaniyaning raqamli kelajagi uchun zarurdir». 
Biroq, 2017 yil iyul oyida tasdiqlangan «Rossiya Federatsiyasining 
raqamli iqtisodiyoti» dasturi boshqa G-20 mamlakatlarining dasturlaridan 
farqli oʻlaroq, mamlakat iqtisodiyoti uchun yakuniy natijalarga 
yoʻnaltirilgan emas va faqat «raqamli iqtisodiyot ekotizimi»ni yaratishga 
qaratilgan.
Telekommunikatsiyani liberallashuvi, raqamli muhitga oʻtish va 
hamma sohada AKT keng yoyilishi bilan milliy tartibga soluvchi organlar 
yangi sharoitlarga moslashmoqda, soʻnggi texnologik yutuqlarni hisobga 
olgan holda maqsadlar va qoidalarni keng koʻlamli qayta koʻrib chiqib, 
raqamli infratuzilma uchun yangi talablarlarga muvofiq yangilashni 
amalga oshirmoqda. 
Jahondagi raqamli trendlar tahlili asosida Xalqaro aloqa akademiyasi 
(XAA) ushbu oʻzgarishlarni tavsiflovchi me’yoriy yondashuvlar shkalasini 
aniqladi:
31
31
http://www.ita.org.ru/


72 
1. Tartibga solish buyruq berish usullari (command & control) bilan 
amalga oshiriladi va telekommunikatsiyalar davlat monopoliyalariga 
tegishli boʻladi. 
2. Telekommunikatsiyalarni xususiylashtirish va telekommunikatsiya 
xizmatlari bozorini erkinlashtirish bilan bogʻliq tartibga solishning bozor 
mexanizmlaridan foydalanish. 
3. Investitsiyalarni, innovatsiyalarni va keng polosali tolalarni 
ragʻbatlantirishga qaratilgan tartibga solish. Kontentga va ilovalarga 
kirishni tashkil etish hamda ularni etkazib berish va iste’molchilar 
huquqlarini himoya qilishda raqobatni rivojlantirishni oʻz ichiga olgan 
keng qamrovli kompleks tartibga solish yoʻnalishiga oʻtish. 
4. Mamlakatda AKTdan foydalanishning yakuniy natijalariga – 
pirovard iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlarga erishishga qaratilgan 
integrallashgan tartibga solish. 
5.
Birgalikdagi tartibga solish, AKTdan samarali foydalanishni 
ta’minlash uchun ularning har bir qoʻllanilish sohalarida inklyuziv va 
izchil yondashuv. 
Agar 2007 yilda dunyodagi beshta mamlakatdan toʻrttasi birinchi 
yoki ikkinchi darajani egallagan, faqat Belgiya 4-darajali tartibga solishga 
erishgan boʻlsa, bugungi kunda dunyoning aksariyat mamlakatlari uchinchi 
va toʻrtinchi darajadagi tartibga solishga oʻtib ulgurdi. 4-darajali toifada 
kamida 52 ta regulyator ishlaydi. Hozirgi vaqtda keng polosali aloqa, AKT 
hayot va jamiyatning turli sohalariga integratsiyalashganida, tartibga 
solishning beshinchi darajasiga oʻtish holatlari ham mavjud. 
Qayd etish kerakki, Rossiya federasiyasida telekommunikatsiya va 
AKT sohasini tartibga solish dastlabki ikki daraja orasida qoldi: bozor 
allaqachon mavjud, ammo tartibga solish hanuzgacha ma’muriy asosda 
amalga oshirilmoqda. 2007–2015 yillardagi 186 ta davlati toʻgʻrisidagi 
ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan Xalqaro elektraloqa Ittifoqining «ICT 
Tracker 2015» tahliliy hisoboti shundan dalolat beradi. 
Tracker toʻrtta klaster boʻyicha guruhlangan 50 koʻrsatkichni oʻz 
ichiga oladi: tartibga soluvchi organ (maqomi, funksionallik, vakolatlar, 
tartibga solish usullari); tartibga soluvchi mandatlar (nimalar tartibga 
solinadi); tartibga solish rejimi (asosiy yoʻnalishlar boʻyicha tartibga solish 


73 
qanday amalga oshiriladi); raqobat tarkibi (majmuaviy bozorning asosiy 
segmentlaridagi raqobat darajasi). 
Bozorda va raqamli muhitda AKTni tartibga solishning tobora ortib 
borayotgan rolini hisobga olgan holda, Xalqaro elektraloqa Ittifoqi 
sohadagi eng ilgʻor tajribalarni umumlashtirish, tendentsiyalarni kuzatish 
va umumiy tavsiyalar ishlab chiqish uchun milliy regulyatorlar uchun har 
yili global simpoziumlar oʻtkazadi. Shuningdek, AKTdan samarali 
foydalanishni 
ta’minlash 
boʻyicha 
qoʻshma 
tartibga 
solish, 
muvofiqlashtirilgan yondashuvlarga oʻtish bugungi kunda dolzarb boʻlgan 
keng polosali aloqa va AKTning keng tarqalgan tabiati bilan tavsiflanadi. 
Jahonda iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalari ehtiyojlarini, shu 
jumladan telekommunikatsiyani, shuningdek, davlat va ijtimoiy rivojlanish 
ehtiyojlarini hisobga olishni talab qiladigan yangi tartibga soluvchi 
paradigma 
shallandi. 
Rivojlangan 
mamlakatlarda 
an’anaviy 
telekommunikatsiya regulyatorlari va boshqalar oʻzlarining faoliyat 
sohalarida amalga oshiradigan tartibga solishni barcha bogʻlangan 
ob’ektlar bilan samarali ish olib boradigan va AKT infratuzilmasining 
sektorli nomuvofiqlikni bartaraf etadigan izchil, hamkorlik tizimiga 
aylantirish vazifasi turibdi. 
Davlat institutlari raqamlashtirishning keng doirasi boʻyicha 
umummilliy 
strategiyalarni 
amalga 
oshirishi 
uchun 
zamonaviy 
konsepsiyalar, qonunchilik va muvofiqlashtirish talab etiladi. 
Raqamli 
iqtisodiyot 
segmentining 
muvaffaqiyatini 
(yakuniy 
iste’molchiga yoʻnaltirilgan) yaxlit ravishda koʻrishga

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin