Sun’iy intellekt Sun’iy intellekt (SI, ing. Artificial intelligence, AI) – (1) intellektual
mashinalarni, ayniqsa, aqlli kompyuter dasturlarini yaratish fani va
texnologiyalari; (2) an’anaviy ravishda insonning huquqi deb
150
hisoblanadigan
ijodiy
funktsiyalarni
bajarish
uchun
intellektual
tizimlarning hususiyatlaridir.
Hozirgi kunda SI bir qator algoritmlar va dasturiy tizimlarni nazarda
tutadi, ularning ajralib turadigan xususiyati shundaki, ular ba’zi
muammolarni ularning yechimini oʻylayotgan odam kabi hal qilishlari
mumkin.
SIning asosiy xususiyatlari – bu tilni tushunish, oʻrganish va fikrlash,
eng muhimi, harakat qilish qobiliyatidir.
3.3-rasm. Sun’iy intellekt ekotizimi SI sifatli va tezkor rivojlanadigan tegishli texnologiyalar va
jarayonlar majmui, masalan:
tabiiy tildagi matnga ishlov berish;
mashinali oʻqish;
ekspert tizimlari;
virtual agentlar;
tavsiya tizimlari.
Bular sifat jihatidan yangi mijozlar tajribasini va oʻzaro ta’sir
oʻtkazish jarayonini yaratishga yordam beradi.
151
3.4.-rasm. Sun’iy intellekt texnologiyalarini qoʻllash sohalari SI rivojlanishining ikkita yoʻnalishi mavjud:
1.
SI
ixtisoslashgan
tizimlarining
inson
imkoniyatlariga
yaqinlashishi va ularning inson tomonidan amalga oshiriladigan
integratsiyasi bilan bogʻliq muammolarni hal qilish;
2.
Avvaldan yaratilgan SI tizimlarini insoniyat muammolarini hal
qilishga qodir yagona tizimga birlashtirishni ifodalovchi sun’iy intellektni
yaratish.
Blokcheyn Blokcheyn texnologiyasi nafaqat moliyaviy sohaga, balki boshqa
koʻplab sohalarga ham ta’sir etadigan juda jiddiy oqibatlarga olib
keladigan yutuqdir.
Blokcheyn (ing.blockchain, bloklar zanjiri) – saqlash qurilmalari
umumiy serverga ulanmagan taqsimlangan ma’lumotlar bazasidir. Ushbu
ma’lumotlar bazasi bloklar deb nomlanuvchi tartiblangan doimiy ravishda
oʻsib boruvchi yozuvlarning roʻyxatini saqlaydi. Har bir blokda vaqt
belgisi va oldingi blokka havola mavjud boʻladi.
Shifrlashdan foydalanish, foydalanuvchilar blokcheynning faqatgina
oʻzlari «egalik qiladigan» qismlarini shaxsiy kalitlari orqali boshqarishlari
va faylga yoza olmaydigan qilib oʻzgartirishlari mumkinligini ta’minlaydi.
biznes-
analitika
robotexnika
tilni
tushunish
koʻrish
qobiliyati
boshqa
murakkab
vazifalar
152
Bundan tashqari, shifrlash taqsimlangan blockcheyn nusxalarini barcha
foydalanuvchilar uchun sinxronlashtirilishini ta’minlaydi.