O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə32/178
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#194299
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   178
Abstrakt algebra-fayllar.org

1.5.3-teorema. G gruppaning H normal qism gruppasi berilgan bo‘lsin. U holda
(G/H, ∗) gruppa tashkil qiladi.
Isbot. Dastlab, G/H to‘plamda aniqlangan ∗ amalini to‘g‘ri aniqlangan ekan- ligini ko‘rsatamiz. Ya’ni aH = a1H va bH = b1H ekanligidan aH ∗bH = a1H ∗b1H yoki (a ∗ b)H = (a1 ∗ b1)H bo‘lishini ko‘rsatamiz. aH = a1H va bH = b1H teng- liklardan a = a1 ∗ h1 va b = b1 ∗ h2 tengliklarni qanoatlantiradigan h1, h2 ∈ H elementlar mavjud ekanligi kelib chiqadi. U holda
(a1 ∗ b1)−1 ∗ (a ∗ b) = b1 1 ∗ a1 1 ∗ a ∗ b = b1 1 ∗ a1 1 ∗ a1 ∗ h1 ∗ b1 ∗ h2 = b1−1 ∗ h1 ∗ b1 ∗ h2.

H normal qism gruppa va h1 ∈ H ekanligidan b1 1 ∗ h1 ∗ b1 ∗ h2 = (b1−1 ∗ h1 ∗ b1)∗ h2 ∈ H, ya’ni (a1 ∗ b1)−1 ∗ (a ∗ b) ∈ H munosabatga ega bo‘lamiz. Demak, 1.4.1- teoremaning birinchi qismidan (a ∗ b)H = (a1 ∗ b1)H tenglik kelib chiqadi. Shun- day qilib, G/H to‘plamdagi ∗ amal to‘g‘ri aniqlangan bo‘lib, (G/H, ∗) algebraik


sistema bo‘ldi.
Endi biz ∗ amalning assosiativ ekanligini isbotlaymiz. Ixtiyoriy aH, bH, cH ∈
G/H elementlar uchun
(aH) ∗ [(bH) ∗ (cH)] = (aH) ∗ [(b ∗ c)H] = [a ∗ (b ∗ c)]H =
= [(a ∗ b) ∗ c]H = [(a ∗ b)H] ∗ (cH) = [(aH) ∗ (bH)] ∗ (cH).
Demak, ∗ assosiativ amal ekan.
Ravshanki, (G/H, ∗) algebraik sistemada eH element birlik element vazifasini bajaradi. Haqiqatdan ham ixtiyoriy aH ∈ G/H element uchun
(aH) ∗ (eH) = (eH) ∗ (aH) = aH.
Ixtiyoriy aH ∈ G/H elementning teskari esa, a−1H element bo‘ladi. Chunki, (aH) ∗ (a−1H) = (a−1H) ∗ (aH) = (a ∗ a−1)H = eH.
Demak, (G/H, ∗) gruppa tashkil qiladi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin