O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə16/178
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#194299
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   178
Abstrakt algebra-fayllar.org

Yetarlilik. Endi, ixtiyoriy a, b ∈ H elementlar uchun a ∗ b−1 ∈ H munosabat o‘rinli bo‘lsin. Agar b = a deb olsak, u holda a ∗ a−1 = e ∈ H. Demak, e birlik

element H to‘plamga tegishli bo‘ladi. Endi a element o‘rniga e elementni olib, ixtiyoriy b ∈ H element uchun e ∗ b−1 ∈ H, ya’ni b−1 ∈ H munosabatni hosil qilamiz. Demak H to‘plamda yotuvchi ixtiyoriy elementning teskarisi ham H da yotadi. Endi a ∗ b−1H munosabatda, b ∈ H element o‘rniga b−1 ∈ H elementni qo‘ysak, a ∗ (b−1)−1 = a ∗ b ∈ H ekanligi hosil bo‘ladi. Bundan esa, (H, ∗) qism gruppa ekanligi kelib chiqadi.


Berilgan H qism to‘plam chekli bo‘lgan holda quyidagi natijaga ega bo‘lamiz.
1.3.1-natija. (G, ∗) gruppa va uning bo‘sh bo‘lmagan H ⊂ G chekli qism to‘plami berilgan bo‘lsin. Agar ∀a, b ∈ H elementlar uchun a ∗ b ∈ H munosabat o‘rinli bo‘lsa, u holda (H, ∗) qism gruppa bo‘ladi.
Isbot. Natijaning shartidan ixtiyoriy a ∈ H element va ixtiyoriy n ∈ N uchun an ∈ H o‘rinli ekanligi hosil bo‘ladi, ya’ni a ∈ H elementning ixtiyoriy natural darajasi yana H ga tegishli. H to‘plam chekli to‘plam bo‘lganligi uchun
{a, a2, . . . , ak, . . . } elementlarning ichida o‘zaro tenglari mavjud, aks holda H ning
elementlari cheksiz ko‘p bo‘lar edi. Demak, qandaydir m va k (m > k) natural sonlar topilib, am = ak tenglik o‘rinli bo‘ladi. Bu tenglikdan e = am−k ∈ H ekanligini, ya’ni gruppaning birlik elementi H to‘plamda yotishini hosil qilamiz.
Endi H dagi barcha elementlarning teskarisi ham H da yotishini ko‘rsatamiz. Ixtiyoriy a ∈ H element uchun am−k = e ekanligidan a ∗ am−k−1 = am−k−1 ∗ a = e tenglikka ega bo‘lamiz, ya’ni a elementning teskarisi a−1 = am−k−1 ∈ H. Demak, (H, ∗) qism gruppa bo‘lar ekan.
1.3.2-ta’rif. (G, ∗) gruppaning markazi deb
Z(G) = {b ∈ G | a ∗ b = b ∗ a, ∀a ∈ G}

to‘plamga aytiladi.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin