O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo‘qon davlat pedagogika instituti sirtqi ta’lim fakulteti informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo`nalishi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI SIRTQI TA’LIM FAKULTETI INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI TA’LIM YO`NALISHI 401-guruh talabasi Shermatov Akbarjon Akramjon o‘g’lining
Dasturlash tili fanidan
“Turbo Pascal tilida tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarini algoritmlash va dasturlash” mavzusidagi
1.1 Turbo-Paskal muhitida ishlash ……………………………………………….
5
1.2. Paskal tilining asosiy tiplari………………………………………………….
10
1.3. Paskal programmaning strukturasi va operatorlari …………………………
13
1.4. Massivlar (jadval kattaliklar) va prosedura – operatorlar ………….……….
18
XULOSA………………………………………………………………………….
29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………….
30
Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimizda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, har tomonlama barkamol yosh avlodni tarbiyalash, ulg‘ayib kelayotgan yoshlarimizga milliy qadriyatlarimizni singdirish borasida ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur Qaror va Dastur bajarilishining davomiyligini ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini qabul qilinishi Hukumatimiz raxbariyati tomonidan xalq xo‘jaligining barcha jabhalari qatorida ta’lim tizimini tubdan yangilashga qaratilgan yana bir odilona siyosatdir. Qarorda ta’lim oluvchilarning ta’lim samaradorligi sifatini oshirish, o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash, xalqaro standartlar darajasida xalq xo‘jaligining barcha sohalari uchun malakali etuk mutaxassislarni tayyorlash kabi dolzarb vazifalar ijrosini ta’minlash belgilab berilgan.
Chunonchi, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish dasturining ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga qaratilgan 4.1-bandining 4-xatboshida “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish” deb belgilab berilganligi ayniqsa, informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga bo‘lgan alohida e’tibordir. Shuningdek, Qarorning 5.1-bandi 2-xatboshida “Axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot soxasidagi tahdidlarga qarshi o‘z vaqtida va munosib harakatlarni tashkil etish”ga oid vazifalar ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur vazifalar muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan mamlakatimizda informatika fanini o‘qitish tizimini yuksaltirishga bo‘lgan e’tiborning yana bir numunasi ekanligidan dalolatdir. Bu esa biz yoshlarga shu soha bo‘yicha chuqur bilimlarni egallash va ularni kelajakda mamlakatimiz xalq xo‘jaligining barcha sohalariga tatbiq etish vazifasini yuklaydi.
Bugungi kunda mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash borasida mamlakatimizda barcha shart va sharoitlar yaratilgan. Chunonchi, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etish va ularni rag‘batlantirish borasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlangan va ilg‘or o‘qituvchilar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan hamda o‘quv muassasalari ilg‘or ta’lim resurslari, ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar bazasi bilan keng ta’minlangan.