Paskal tilida tuzilgan programma – programma sarlavhasi va nuqta bilan tugovchi programma tanasidan tashkil topgan. Programma sarlavhasi va programma tanasini ; (nuqta vergul) belgisi bilan ajratiladi:
::=;< dastur tanasi>.
Programma sarlavhasi program hizmatchi so’zidan boshlanadi va undan so’ng programmaga foydalanuvchi bergan nom yoziladi:
< dastur sarlavhasi>::=program < dastur ismi>;
Programmaning asosiy qismi uning tanasi hisoblanadi. Programmaning tanasini qisqacha qilib blok ham deb atash mumkin. Umuman olganda, blok qat’iy ketma-ketlikda yoziluvchi oltita bo’limdan tashkil topadi:
::= Programma tanasining asosiy qismi bu operatorlar bo’limidir. Har qanday programmada bu bo’lim albatta bo’lishi kerak. Programmaga qo’yilgan masalani echish shu bo’limda amalga oshiriladi. Boshqa bo’limlar esa yordamchi bo’limlar bo’lib, tiplarni e’lon qilish bo’limlari deb ataladi. Bu yordamchi bo’limlar programmada qatnashishi yoki qatnashmasligi ham mumkin, lekin ularning yozilish ketma-ketligi saqlanib qolinishi zarur.
Paskal - programmaning umumiy ko’rinishini quyidagi ko’rinishda yozib olaylikda, so’ng har bir bo’limni to’laroq tahlil qilib chiqamiz:
Program ;
label ;
const ;
type ;
var funk siyalarni e’lon qilish>;
begin end.
Metkalar bo’limi. Programmaning ixtiyoriy operatorini boshqa operatorlar orasida ajratib ko’rsatish mumkin. Buning uchun, operatorning oldidan ikki nuqta (:) áåëãèñè îðqàëè ìåòêà ( tamg’a ¸êè èñì äåá hàì àòàø ìóìêèí) qo’éèëàäè âà áóíäàé îïåðàòîðíè ìåòêà áèëàí æèõîçëàíãàí îïåðàòîð deb ataladi. Metkalar, programmada o’tish operatoridan foydalangandagina ishlatiladi. Metka sifatida oddiy identifikatorlardan yoki sonlardan foydalanish mumkin. Programmada ishlatilgan barcha metkalar label hizmatchi so’zidan keyin boshlanuvchi metkalar bo’limida e’lon qilinib qo’yilishi kerak:
::= label ;
Metkalarning nomlari original, ya’ni o’xshashi yo’q bo’lishi kerak.
Misol: label L1, L2, A3;
Bu erda L1, L2, A3 lar programmada ishlatiluvchi metkalarning nomlari.