begin end.
Programma o’z ishini shu bo’limda yozilgan operatorlar ro’yxati bo’yicha, qat’iy ketma-ketlikda bajaradi.
Tilning operatorlari
Programmaning asosiy vazifasi boshlang’ich ma’lumotlarni qayta ishlab, qo’yilgan masalaning natijasini beruvchi amallarni bajarishdan iborat. Algoritmik tillarda biror-bir masalani echishda ma’lumotlar ustidagi amallarni bajarish operatorlar zimmasiga yuklatiladi. Programmalash tillaridagi har bir operator, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonining mustaqil bosqichi bo’lib, mantiqan yakunlangan hisoblanadi. Programmada yozilgan operatorlarni to’g’ri talqin qilish uchun ularni yozish qoidalari (operatorning sintaksisi) qat’iy aniqlangan bo’lishi shart.
Shunday qilib, aytish mumkinki programma bu - turli xil vazifalarni bajaruvchi va yagona maqsadga eltuvchi operatorlarning to’plamidir. Har bir operator ; (nuqta-vergul) belgisi bilan yakunlanadi. Mavjud programmalash tili ruxsat bergan operatorlardan unumli va oqilona foydalanib, mukammal programmalar yaratish programmachining bilimiga, tajribasiga va san’atiga bog’liqdir.
Quyida Paskal tilining asosiy operatorlari bilan to’liqroq tanishib, ulardan programmalashda foydalanish yo’llarini o’rganamiz.
Massivlar (jadval kattaliklar) va Prosedura - operatorlar
Biz shu paytgacha qiymatlarning oddiy (skalyar) tiplaridan foydalanib, turli xil programmalar yaratishni o’rgandik. Skalyar tipga tegishli har bir qiymat yagona ma’lumot hisoblanib, trivial strukturaga egadir.
Amalda esa, turli xil hosilaviy tiplar bilan ishlashga, ulardan foydalanib murakkab programmalar yaratishga to’g’ri keladi. Bu tiplarga tegishli qiymatlarning har biri trivial bo’lmagan strukturaga ega, ya’ni bu qiymatlar o’z navbatida yana bir nechta qiymatlardan tashkil topadi.
Endi shunday tiplardan biri bo’lgan, programmalashda eng ko’p qo’llaniladigan programma ob’ekti – massivlar bilan tanishib chiqamiz.