O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo‘qon davlat pedagogika instituti sirtqi ta’lim fakulteti informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo`nalishi



Yüklə 150,5 Kb.
səhifə13/14
tarix17.10.2022
ölçüsü150,5 Kb.
#65341
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kurs ishi Sirtqi

Parametrsiz proseduralar
Yuqorida aytib o’tganimizdek, prosedura hisoblab bergan natijalar uning faktik parametrlari orqali asosiy programmaga uzatiladi. Lekin, ayrim paytlarda prosedura parametrsiz ham bo’lishi mumkin. Bu holda asosiy programmaning barcha parametrlari prosedura parametrlari rolini bajaradi. Parametrsiz pro sedurada ham proseduraning barcha bo’limlari saqlanib qoladi, faqat parametrlar ro’yxatigina qatnashmaydi.
Proseduralarni aniqlash va ulardan foydalanishni quyidagi misol ustida ko’rib chiqaylik:
Misol: u =max (x + y, x * y), v = max ( 0.5, u) – berilgan x va y haqiqiy sonlardan foydalanib u va v qiymatlarni aniqlash.
bu erda x, u - qiymatlari kiritiladigan haqiqiy tipli o’zgaruvchilar.
1. Masalani echish programmasining pro seduradan foydalanmay tuzilgan holi:
Program max;
var
x, y, u, v: real;
a, b, s: real;
begin
{x, u - miqdorlarni kiritish};
readln (x,y);
a:= x +y; b:= x*y;
if a > b then S:= a else S:=b;
u := S;
a:= 0.5; b:=u;
if a > b then S:= a else S:=b;
v:=S;
{olingan natijalar};
writeln (u, v)
end.
Ahamiyat bersangiz, programmadagi shartli operator ikki marta takrorlanib, bir xil ish bajardi.
Asosiy programmaning operatorlar qismida ikki marta yozilgan max1 parametrsiz prosedurasiga murojaat, e’lon qilingan prosedurani ikki marta asosiy programmaga olib kelib ishlatishni tashkil qiladi. Ahamiyat berilsa, ikkinchi programma birinchi pro sedurasiz tuzilgan programmaga ko’ra ixchamroq va soddaroqdir. Biz kiritgan pro sedura hozircha faqat ikkita haqiqiy son ichidan kattasini aniqlab berdi xolos, shuning uchun, programma matnining xajmini kamaytirishdan erishgan yutuq salmoqli bo’lmadi. Lekin, proseduralar asosan ko’p xajmli matndagi amallarni, vazifalarni bajarishga mo’ljallanadi va bu holda erishilgan yutuq salmog’i ancha yuqori bo’ladi.
Parametrsiz proseduraning asosiy kamchiligi, uning asosiy programmaga va undagi ma’lum parametrlarga bog’lanib qolganligidir.
XULOSA
Yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, mashina tilidan foydalanish odam uchun uni qiziqtirgan, ya’ni echishi lozim bo’lgan masalaning algoritmini ishlab chiqishda va yozishda juda katta qiyinchiliklar va muammolar tug’diradi.
Yuqorida aytib o’tilgan qiyinchiliklarni bartaraf qilish, programmachining ishini osonlashtirish va yaratilgan programmalarning ishonchlilik darajasini oshirish maqsadida yuqori darajadagi programmalash tillari yoki algoritmik tillar yaratilgan.
Algoritmik tillarning mashina tillaridan asosiy farqlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
– mashina tili alfavitidan algoritmik til alfavitining o’ta kengligi tuzilgan programma matnining ko’rinish sifatini keskin oshiradi;
– ishlatilishi mumkin bo’lgan amallar majmui mashina amallari majmuiga bog’liq emas;
– bajariladigan amallar odam uchun qulay ko’rinishda, ya’ni amalda qabul qilingan matematik belgilashlarda beriladi;
– amallar operandlari uchun programmachi tomonidan beriladigan shaxsiy ismlar qo’yish mumkinligi;
– mashina tili uchun ko’zda tutilgan ma’lumot tiplaridan tashqari yangi tiplar kiritish imkoniyati yaratilganligi.
Shunday qilib, to’la ma’noda aytish mumkinki, algoritmik tillar mashina tiliga bog’liq emas.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda ma’lum bo’ldiki, algoritmik tilda yozilgan masala echimining algoritmi to’g’ridan-to’g’ri EHMda bajarilishi mumkin emas ekan. Buning uchun esa, algoritm oldindan, ishlatilayotgan EHMning mashina tiliga translyator (kompilyator yoki interpretator) yordamida o’girilishi lozim. Translyator – mashina tilida yozilgan maxsus programma bo’lib, uning asosiy maqsadi algoritmik tillarda yozilgan programma matnini EHM tiliga tarjima qilishdan iboratdir.



Yüklə 150,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin