68
4.4. Oddiy geometrik akslantirishlar.
Tasvirni kompyuter displeyining ekraniga chiqarish va u bilan bog`liq
amallarni bajarish foydalanuvchidan ma`lum darajada geometrik bilimlarni talab
qiladi. Geometrik tushunchalar, formulalar, faktlar, (birinchi navbatda ikki va uch
o`lchovga tegishli) kompyuter grafikasida o`ziga xos maxsus o`rinni egallaydi.
Geometrik yondashish, tasavvur va fikrlar hisoblash texnikasining imkoniyatlarini
doimo tezkor kengayishi bilan birgalikda kompyuter
grafikasining jiddiy
rivojlanishi yo`lida va ko`p sohalarda keng ishlatilishiga manba bo`ldi. Ayrim
hollarda oddiy, elementar geometrik metodikalar
katta geometrik masalalarni
yechish bosqichlarida sezilarli rivojini ta`minlaydi. Ikki va uch o`lchovli geometrik
almashtirishlarni mashina grafikasida qo`llanilishini ko`ramiz.
Tekislikdagi almashtirishlar.
Ikki o`lchovli barcha narsalarni kompyuter
grafikasida 2D (2-dimension) belgisi bilan ifodalash (kiritilgan) qabul qilingan.
Faraz qilamizki tekislikda to`g`ri chiziqli koordinatalar
sistemasi kiritilgan
(berilgan) bo`lsin. Unda har qanday M nuqtaning koordinatasini aniqlash
uchun ikki juft (x,u) sonlari olinadi. Ushbu tekislikda yana bitta to`g`ri
chiziqli
koordinatalar sistemasini kiritgan holda M nuqta uchun yangi mos juft (x`,y`)
kordinatalarni hosil qilamiz. Tekislikda bitta to`g`ri chiziqli koordinatalar
sistemasidan boshqasiga o`tish quyidagi tenglamalar orqali amalga oshiriladi:
Bu yerda
α, β, γ, σ, λ, μ
- ixtiyoriy sonlar. Boshqa tomondan qaraganda, agar biz
nuqta o`zgarib koordinatalar sistemasi o`zgarmas deb qabul qilsak, u holda (1)
(4.4.1)
4.4-rasm. Tekislikda
almashtirish
69
formulalar M(x,u) nuqtani M`(x`,y`) nuqtaga almashtirishini ifodalaydi (4.4-rasm).
(4.4.1) formulalarni nuqtani almashtirishni ifodalaydi deb qabul qilamiz.
Almashtirish
formulalaridagi
kooeffitsentlarning
geometrik
ma’nosini
o`rganish uchun berilgan koordinatalar sistemasini to`g`ri burchakli dekart
koordinatalar sistemasi deb hisoblash qulay. Ikki o`lchovli
almashtirishlarning
xususiy hollarini ko`ramiz.
Ko`chirish.
M (x,u) nuqtani M`(x`, y`) nuqtaga ko`chirish berilgan
λ
va
μ
ko`chirish konstantalari vektorining koordinatalariga qo`shish
orqali amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: