63
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.
2
D o`lchovli va 3
D o`lchovli tasvirlarga raqamli ishlov berish.
2. Piksel yorug`lik energiyasi nima?
3. Hozirgi vaqtda qanday tasvir o`lchovlari mavjud.
4.2. Rastrli tasvirlarni qayta ishlash usullari.
Tasvirlar shakllantirish usullaridan bog`liq holda 3 turga bo`linadi:
1) rastrli tasvirlar;
2) vektorli tasvirlar;
3) fraktal tasvirlar.
Ular bir-birlaridan tasvir ko`rinishdagi axborotlarni hosil
qilish va qayta ishlash
texnologiyalari bilan farq qiladi. Rastrli tasvir asosan elektron va poligraf
nashriyotlarda qo`llaniladi (4.7-rasm). Rastrli tasvir ikki o`lchovli massiv (matritsa)
ko‟rinishdagi nuqtalar to`plamidan iborat bo`lib, ular piksellar deb ataladi. Rastrli
tasvirning eng kichik peksildan iborat. Uning atributlari boshqa piksellarning
atributlaridan bog`liq emas. Kompyuterda qo`llaniladigan
operatsion tizimlarning
imkonitiyaga ko`ra, 480x640, 800x600, 1024x768 va undan ko`proq pikselga ega
bo`lgan tasvirlar joylashuvi mumkin. Tasvirning o`lchamiga ko`ra uning imkoniyati
ham oshib boradi. Ekranning imkoniyati parametrik bo`lib, bir dyuymdagi nuqtalar
soni bilan belgilanadi. Rastrli tasvirlar juda kam hollardagina Kompyuter
dasturlaridan foydalanib ishlab chiqiladi. Bu maqsadda professional rassom chizgan
rasm yoki fotografiya texnik vositalar yordamida kompyuterga kiritiladi.
4.7-rasm. Rastirli tasvirlar.
64
Oxirgi paytda rastrli tasvirlarni Kompyuterga kiritish
uchun raqamli foto va
videokameralardan foydalanilmoqda. Shu sababli rastr grafikasini asosiy maqsadi
tasvirni yaratish emas, balki mavjud tasvirni qayta ishlashdir.
Rastr tasvirlar
quyidagi tiplarga bo`linadi: binar, kulrang, palitrali, to`liq kulrang. Bunda tasvirning
elementlari faqat ikki qiymatni (0 yoki 1) qabul qilish mumkin. Bu tasvirlar turlicha
paydo bo`lishi mumkin. Ammo ko`p hollarda kulrang, palitrali va turli rangli
tasvirlarni o`zgarmas yoki adektiv chegaraviy son bilan binar tasvirga almashtirish
natijasida paydo bo`ladi. Binar tasvirlarni saqlash uchun
juda ham katta joy talab
qilinmaydi. Ularning har bir elementi uchun 1 bit joy kerak bo`ladi. Kulrang tasvirni
elementlari ma`lum bir rang intensivligining turli xil qiymatlarini qabul qiladi.
Odatda bu tasvirlarning har bir elementini saqlash uchun 8 bit ishlatiladi. Kulrang
tasvirlar turli xil amaliy masalalarini hal qilishda eng ko`p qo`llaniladigan
tasvirlardan biri hisoblanadi. Palitirali tasvirlarning har bir elementiga ranglar
kartasining (palitrasini) bir yacheykasidagi rang mos qo`yiladi. Palitra –bu ikki
o`lchovli massiv bo`lib, uning satrlariga turli ranglar, har bir ustunlariga esa ma`lum
bir rangning intensivligi joylashtiriladi. To`liq rangli tasvirlar elementlari rangni
tashkil etuvchi yorqinliklari haqidagi axborotni o`zini saqlaydi. Shu bilan u palitrali
tasvirlardan farq qiladi. Amaliy masalalar yechishda qaysi tipdagi tasvirni tanlash
masalasining o`ziga xos
xususiyatlaridan foydalanib, tasvirdagi zarur axborotni
qanchalik to`liq ifodalanishi bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari to`liq rangli
tasvirlardan foydalanish katta hajmdagi hisoblash resurslarini
talab qilishini
e`tiborga olish kerak. Rastrli tasvirning ijobiy tomonlari sifatida quyidagilarni
ko`rsatish mumkin:
universalligi (bu formada har qanday tasvirni taqdim etish mumkin);
shakllantirshning soddaligi;
rang jilolarini berish aniqligining yuqoriligi.
Ushbu usulda shakillantirilgan tasvirning salbiy tomonlari sifatida quyidagilarni
ko`rsatish mumkin:
ularning hajmining juda
kattaligi;
ularning masshtabi o`zgarganda tasvir sifatining pasayishi.
65
Shu sababli har bir tasvirni kodlash va saqlash uchun katta hajmdagi xotira talab
etiladi. Tasvirdagi juda kichik obyektlarni ko`rish uchun uning masshtabini
kattalashtirib bo`lmaydi. Bu rastrli tasvirlarni qayta ishlash jarayonida ba’zi bir
muammolarni paydo bo`lishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: