qurilgan. Xudbinlik kasali Munisxon xarakterida o’ziga xos tarzda namoyon
bo’ladi. U benihoya go’zal, shuning uchun erta-yu kech o’ylagani – erkak zotini
asir qilish. Munisxon muhiti nimasi bilandir kitobxonda iliq tuyg’ular uyg’otuvchi
bu juvonni halokatga olib boradi. Hayotda biron tayinli maqsadga ega bo’lmagan,
sevgi, muhabbat nima ekanini bilmaydigan, akasi Salimxonning siyosiy
manfaatlari tufayli Muxtorxonga turmushga chiqqan Munisxon oxirida buzuqlik
ko’chasiga kiradi. Yozuvchi Munisxon fojiasini ham psixologik jihatdan dalillab
bergan.
191. Abdulla Qahhorning ”Sarob” romanidagi qaysi qahramon o’rdakka
o’xshatiladi? Nima uchun?
“Sarob” romanidagi asosiy obrazlardan biri Murodxo’ja domladir. Asarda
Murodxo’ja domla xarakteri jonli va to’laqonli qilib chizilgan. Domla tashqi ko’ri
nishdan sodda va beozor odamga o’xshasa-da, aslida qo’y terisiga o’ralgan bo’ri,
hiylakor bir shaxs. “
Murodxo’ja domla o’zining yurishi bilangina emas, yana
birmuncha sifatlari bilan o’rdakka o’xshardi. O’rdakning uch xislati bor: havoda
uchadi, yerda yuradi, suvda suzadi. Murodxo’ja domla maktabda muallim,
qishloqda yer egasi, mehmonxonada, garchi oshkora bo’lmasa ham savdogar”.
192. Abdulla Qahhorning ”Sarob” romanidagi qaysi qahramon sho’ro
Dostları ilə paylaş: