O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasida qanday g’oya ilgari surilgan?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   187
195. Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasida qanday g’oya ilgari surilgan? 
 
Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasida Sotiboldining kasal xotinini 
davolash uchun befoyda urinishi, oxir-oqibatda ayolning vafot etishi tasvirlangan. 
Adib ana shu fojiani tasvirlash orqali Sotiboldi, norasida qizaloq, qo’shni kampir 
kabilarning ichki dunyosi ko’rsatib beriladi. Hikoyada tasvirlanishicha, Sotiboldi 
doktorxona haqida aniq tasavvurga ega emas: “Doktorxona deganda Sotiboldining 
ko’z oldiga izvosh va oq podshoning surati solingan 25 somlik pul kelardi”. 
Qisqasi hikoyada qo’li kalta, qashshoq kishining nochor holati ayanchli tarzda 
ko’rsatilgan. 
196. Abdulla Qahhorning “Sinchalak” asaridagi qaysi qahramon “Ayol kishi 
rahbarlik qlisa, kalavamning uchini yo’qotib qo’yaman”, - deydi? 
 
“Sinchalak” (A.Qashhor) asarining bosh qahramonlaridan biri Arslonbek 
Qalandarovdir. U “Bo’ston” jamoa xo’jaligi raisi bo’ladi. Biroq raisni manman, 
o’ziga bino qo’ygan, ko’pchilikning fikri bilan hisoblashmay,o’zbilarmon bo’lgani, 
ayollarga mensimayroq qaragani bilan butkul salbiy qahramon qatoriga qo’shib 
bo’lmaydi. 
U jamoa xo’jaligi ishini, uning sir-asrorini, xo’jalikning har bir a’zosini juda 
yaxshi biladi, o’zi ham tinim bilmay ishlaydi. Shu kabi muvaffaqiyatlar Arslonbek 
Qalandarovni anchagina esankiratib ham qo’ygan. Manmanlik o’zgalar fikrini yo’q 
qilishga olib keladi. Ko’pchilik fikri bo’g’ilgan joyda esa, u mamlakat rahbarimi, 
jamoa xo’jaligi raisimi, baribir, shaxsga sig’inish illati paydo bo’ladi.Bunday holda 
tashabbus o’rniga norozilik, ishonch o’rniga hadik, o’sish o’rniga chekinish yuzaga 
keladi. Shu tariqa yozuvchi Qalandarovga xos fazilatlarni aslicha ko’rsata olgan. 
197. Abdulla Qahhorning qaysi asarida qahramon insonparvarlikni ulug’lab, 
”Odam bolasi sirkning oti emaski, qamchilaganda cho’kkalasa…”- deydi? 
Yozuvchi Abdulla Qahhorning “Sinchalak” asaridagi bosh qahramon Saida 
Aliyevadir. U kolxoz raisi Arslonbek Qalandarov bilan to’qnashadi. Yozuvchi bir-
biriga mutlaqo teng kelmaydigan kuchlar kurashini tasvirlab, bu kurash yordamida 
voqelikning ko’pgina muhim va ahamiyatli jihatlarini ochib bergan. Saidaning 
maqsadi g’oyat ezgu va pok. U odamlarning hayotini yasxshilashga, go’zalroq 
qilishga intiladi. Saidaning faoliyati chuqur insoniylik bilan sug’orilgan – uning 
odamlarga munosabatida bu sezilib turadi. Hikmat tarzida aytilgan Saidaning 
yuqoridagi so’zlarida uning insonparvarligi yaxshi ifodalangan. 



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin