O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   187
deymiz? 
Fitrat o’zbek adabiyotshunosligi ravnaqiga katta hissa qo’shdi. U XX asr 
o’zbek adabiyotshunosligining asoschisidir. Adabiyotshunos sifatida allomaning
“Farhod va Shirin” dostoni to’g’risida”, “Ahmad Yassaviy”, “Fors shoiri Umar 
Xayyom”, “Firdavsiy zamoni va muhiti”, “Bedil”, “Navoiyning forsiy shoirligi va 
uning forsiy devoni to’g’risida”, “O’zbek shoiri Turdi”, “Mashrab” kabi ko’pdan-
ko’p tadqiqot va maqolalari sharq va o’zbek mumtoz adabiyotining atoqli vakillari 
va muhim muammolariga bag’ishlangan. 
Fitratning tadqiqotlari, maqolalari nazariy va amaliy jihatdan katta 
ahamiyatga ega. Ular hozirgacha o’z qimmatini yo’qotgan emas. O’zbek va sharq 
adabiyoti tarixining mumtoz namunalari, san’atkorlar hayoti va ijodi, nazariy 
muammolar haqida dastlab Fitrat ilgari surgan fikrlar, u chiqargan xulosalar 
keyingi bosqich tadqiqotchilari uchun katta ijodiy maktab bo’ldi. Shu ma’noda 
Fitrat XX asrda yetishib chiqqan ulkan o’zbek adabiyotshunos olimlarining, 
xususan, mumtoz adabiyot bilan shug’ullanuvchi mutaxassislarning bevosita va 
bilvosita ustozidir. 20-yillardagi mutaxassislar uning “Adabiyot qoidalari. 
Adabiyot muallimlari va adabiyot havaslilari uchun qo’llanma”(1926) darsligini 
o’qib voyaga yetdilar. Bu kitobda ilk bor o’zbek adabiyotshunosligida zamonaviy 
adabiyot nazariyasi muammolari, tushunchalari yoritildi. 
56. Qaysi alloma XX asrning 20-yillarida “Qutadg’u bilig”ning Namangan 
nusxasini topib, fan tarixiga kiritdi? 
Abdurauf Fitrat XX asr o’zbek adabiyotshunosligi asoschisidir. Bu boradagi 
faoliyatining o’ziniyoq bir necha yo’nalishga bo’lib o’rganish mumkin. Fitratning 
folkloristika, matnshunoslik, mumtoz adabiyot, aruz, adabiyot nazariyasini 
o’rganish ilmi taraqqiyotiga qo’shgan hissasi alohida tahsinga sazovordir. Alloma 
XX asrning o’rtalarida “Qutadg’u bilig”ning uchinchi – Namangan nusxasini 
topib, fan tarixiga kiritdi hamda o’zi u haqda katta maqola yozdi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin