ya’ni o’zbek romanchiligi maktabi paydo bo’ldi, bu maktabni Abdulla Qodiriy
yaratdi “, – deb aytgan edi.
75. Abdulla Qodiriyning qanday sahna asarini bilasiz?
Abdulla Qodiriyning sahna uchun mo’ljallab yozgan asari “Baxtsiz kuyov”
(1914) pyesasidir. Asarda boylarga taqlid etib, katta to’y o’tkazgan va natijada
qarzga botib, baxtsizlikka uchragan kambag’al yigitning fojiasi hikoya qilingan.
Kambag’al yigit Solih o’z xo’jayinidan og’ir shartlar bilan pul qarz olib, katta to’y
qiladi, uylanadi. Biroq Solih qarzini o’z vaqtida to’lay olmaydi. Oqibatda, uning
hovli-joyi qarz evaziga boyga o’tadigan bo’ladi. Yosh kelin-kuyov bu kulfatga
chiday olmay, o’zlarini o’zlari halok qilishadi.
76. ”Qodiriyning so’nggi kunlari” xotira-qissasi kim tomonidan yozilgan?
Ma’lumki, Abdulla Qodiriy hayotining so’nggi yillari nihoyatda og’ir
kechdi. Yozuvchining o’g’li Habibulla Qodiriy tomonidan yozilgan “Qodiriyning
so’nggi kunlari” xotira-qissasida bu voqealar yorqin ifodalangan. Yozuvchi
boshida qora bulitlar quyuqlashgan
kezlari uning yaqinlari, mehribon tanish-
bilishlari balo-ofatlardan saqlab qolish haqida qayg’urganlar, unga har xil
maslahatlar berganlar. H. Qodiriyning yozishicha,Toshkentning mashhur
kishilaridan Mannop tabib unga: “
Dadangga borib sekin ayt, u albatta o’zini
Toshkentdan chetroqqa olsin”, –deydi. H. Qodiriy bo’lgan gapni dadasiga
yetkazganida, u chuqur o’yga tolib: “
Mening hech gunohim yo’q! Gunohsizni
qamamasalar kerak… Yo’q gunohni bo’yinga olib vatanni tark etish, xalq
ko’ngliga shubha solish, … allaqaysi joylarda bo’yin egib, sarg’ayib yurish…
Yo’q, bo’lmaydi!”, – deya qat’iy javob beradi. Adib shaxsga sig’inishning
qurboniga aylanadi. Bular asarda o’ta ta’sirli va hayajonli yozilgan.
Dostları ilə paylaş: