MAVZU: ABDULLA QODIRIY
67. O’zbek romanchiligi asoschisi kim? Siz u haqda nimalar bilasiz?
Abdulla Qodiriy o’zbek romanchiligiga asos solib, milliy nasr uchun yangi
davrni boshlab bergan, adabiyotimizni zamonaviy jahon badiiyati yuksakliklariga
yaqinlashtirgan ijodkordir. Bu noyob iste’dod sohibi XX asr o’zbek adabiyoti
tarixida faxrli o’rin egallaydi. Akademik Izzat Sulton: “
Abdulla Q
odiriyning
asarlari badiiy mahorat namunasidir. Bu asarlarda asosiy g’oya doimo yaqqol
ifoda qilinadi, odamlar va ularning hayot sharoiti xuddi “ko’z oldimizda
turgandek”tasvir etiladi, bu asarlarning sujeti doimo qiziqarli, tili boy va shirali.
Bu asarlarlarning xalqqa manzur bo’lgani bejiz emas”
22
, - deb yozgan edi.
Akademik Oybek esa adib mahoratini: “
Abdulla Qodiriyning prozasi birinchi
navbatda g’oyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi. Qodiriyning tilidan uning
xalqning boy va ajoyib tilini g’oyatda yaxshi bilganligi yaqqol seziladi; uning
romanlari ana shunday go’zal til bilan yozilgan. U tug’ma epik yozuvchi, keng
ko’lamdagi master, yuksak ma’nodagi realistik san’atkor edi”
23
, – tarzida yuksak
baholagan.
Dostları ilə paylaş: