71. Abdulla Qodiriy kimlarning asarlarini tarjima qildi? Abdulla Qodiriy rus tilini mukammal bilgan. U 1927-1930-yillarda ruscha-
o’zbekcha lug’at tuzish
24
, rus tilidagi turli darsliklarni o’zbekchaga o’girishda faol
ishtirok etgan. A.Chexov, N.Gogol, Mark Tven, Emil Zolya, Deni Didro, Alfons
Dode kabi yozuvchilarning bir qancha asarlarini tarjima qilgan. Yozuvchi jahon
adabiyotini sevib mutolaa qilgan. L. Tolstoy, A. Chexov singari badiiy so’z
ustalaridan yorqin xarakter yaratishni, psixologik tahlil mahoratini o’rgangan.
Abdulla Qodiriy: ”Mumtozlardan ta’lim olish – o’sib yuksalishimizning
garovidir”
25
, – deb yozgan edi.
72. Paxtachilikdagi “shohmot usuli”ning ixtirochisi haqida kim qanday asar yozgan? Abdulla Qodiriy badiiy nasrning deyarli hamma janrida ijod qilgan va
o’zbek adabiyotidagi ocherk, hikoya, qissa va roman janrlarining bir qancha yetuk
namunalarini yaratgan. Adibning “G’irvonlik Mallaboy aka “ocherkida ijtimoiy
muhit, shart-sharoit o’zgarishi bilan inson ongi va ruhiyatida sodir bo’lgan o’sish-
o’zgarish, evrilishlar haqqoniy aks ettirilgan. Ocherkda paxtachilikdagi “shohmot
usuli”ning ixtirochisi g’irvonlik dehqon Mallaboy aka obrazi juda jonli va tabiiy
berilgan. Asarda paxtachilikning istiqboli yangi usulni joriy qilishda, texnikadan
unumli foydalanishda, degan g’oya yangi tipdagi dehqon Mallaboy Boqiboyev
obrazi orqali ilgari surilgan.
73. Berdi tatar, Xatib domla, Usmon polvon qaysi asar qahramonlari? Obid ketmon, Berdi tatar, Usmon polvon, Xatib domla, Muhsin domla
Abdulla Qodiriy tomonidan 1934-yilda yozilgan “Obid ketmon” asarining asosiy
qahramonlaridir. “Obid ketmon” – siyosiy tadbirga atab yozilgan birinchi yirik
nasriy asar. Unda o’zbek dehqonlarining jamoa xo’jalikka uyushish jarayoni
“Chetan” kolxozining tuzilishi va o’sa borishi misolida ochib berilgan.
Yozuvchi qissada davr hayotini, obrazlar faoliyatini aslidagiday qilib aks
ettirishga katta e’tibor bergan. Shu maqsadda yakka xo’jalikni qoralash yoki jamoa
xo’jaligini ortiqcha maqtab, uni ideallashtirishdan qochgan. Asar badiiy jihatdan
yuksak saviyada yaratilgan. Adib o’zining xilma-xil xarakterlar yaratishga mohir
san’atkor ekanligini yana bir bor ko’rsatgan.