O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanidagi Anvar qismatida



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   187
 77. Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanidagi Anvar qismatida 
qanday holatlar aks etgan? 
“Mehrobdan chayon” romanidagi Anvar qismatida , uning tevaragidagi 
fisqu fasodlar, qalloblar qutqusi bilan uning boshiga tushgan kulfat, ko’rgiliklar, 
qahramonning qalb iztiroblari, qalloblarga cheksiz nafrati ifodasida Abdulla 
Qodiriyning o’z boshidan kechgan iztiroblari ham aks etgan.
78. Haydar soqov, Shokir shilpiq, Eson ko’knor, Orif sarkor kabi o’zlaqabiga 
ega bo’lgan obrazlar kimning qaysi asarida uchraydi? 
 
Mazkur obrazlar Abdulla Qodiriyning “ Uloqda “ (1915-1916) hikoyasida 
qatnashadi. Hikoyaning bosh qahramoni Turg’un chavandoz – hikoyani so’zlab 
beruvchi bola. Haydar soqov va Shokir shilpiq Turg’unning o’rtoqlaridir.Esonboy 
ot tuyoqlari ostida qolib halok bo’ladi. Orif sarkor uloqni boshqargan oqsoqol. 
Hikoyaning asosiy g’oyasi aql va idrok bilan ish tutish, behuda narsalarga umr 
sarflamay, ma’rifat va ma’naviyatga intilish .Bu hikoyaga mashhur yozuvchi 
Oybek ham katta baho bergan. Qisqasi, bu hikoya faqat Abdulla Qodiriyning 
yutug’I bo’lib qolmay. Oktabr to’ntarishigacha bo’lgan o’zbek adabiyotidagi 
realistik hikoyaning eng yaxshi, yetuk namunasidir. 


79. Abdulla Qodiriyning qanday taxalluslarini bilasiz? 
Abdulla Qodiriy 1919-1925-yillar orasida matbuotda uch yuzdan ortiq 
maqola , hajviya va feletonlari bilan qatnashdi. Ularda bo’layotgan nohaqliklarni, 
aldamchilikni ro’y-rost fosh etdi, mazax qildi. Bu asarlarini yozuvchi Qodiriy, 
Julqunboy, Kalvak Mahzum, Toshpo’lat, Ovsar, Dumbul, Shig’oy kabi ko’plab 
imzo-taxalluslarda e’lon qilgan. Yozuvchining bu faoliyati haqida o’g’li Habibulla 
Qodiriy yozadi: “”Mushtum” jurnalining 1924-yil sonlaridan birida dadamning 
suratini o’rtoqlik hazily tariqasida masxaralab bosishgan va tagiga shu so’zlarni 
yozib qo’yishgan edi:Feletonlar qiroli Julqunboy: yig’latib kuldiradi, kuldirib 
yig’latadi
26


Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin