O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Fitrat qaysi asarida o’z ona Vatani –O’zbekistonni mustaqil, o’z xalqini



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   187
62. Fitrat qaysi asarida o’z ona Vatani –O’zbekistonni mustaqil, o’z xalqini 
har qanday zulm cheklashlardan ozod holda ko’rishni istagan va bu istakni 
asarda o’ziga xos tarzda majoziy usulda ifodalagan? 
Dramaturg Fitratning “Hind ixtilochilari” asarida Hindistonni Angliya 
hukmronligidan qutqarish, mustaqillikkka erishish g’oyasi aks etgan. Dramada 
musulmon farzandlari Rahimbaxsh bilan Dilnavozlarning ishq qissalari hindlar-
ning istiqlol haqidagi armonlari bilan uzviy bog’liq holda tasvirlab berilgan. Trage-
diyada voqea va obrazlar Hindiston hayotidan olingan bo’lsa-da, bu Rossiyasining
mustamlakachilik siyosatini fosh etishga , chorizmni zulmi ostida ezilgan Turkis-
ton xalqlarini mustaqillik uchun kurashga chaqirishga qaratilgan.
63. Fitratning 1919-1920-yillardagi faoliyati haqida nimalar bilasiz? 
 
Fitrat 1919-1920 –yillarda Afg’oniston hukumatining Toshkent shahridagi 
vakolatxonasida tarjimon bo’lib ishladi, qator gazeta va jurnallarni tashkil etishda 
bosh-qosh bo’ldi, ularning ayrimlariga muharrirlik qildi. Fitrat muharrirligida 
chiqqan “Tong” jurnalining birinchi sonida: “Yashasin ilmiy, adabiy, ijtimoiy 
o’zgarish. Miya o’zgarmaguncha boshqa o’zgarishlar negiz tutmas. Yashasin sharq 
qutulishi!” – degan fikrlar yozilgan edi.
Sho’ro to’ntaruvidan so’ng Turkistonda til, adabiyot, san’at masalalari bilan 
ilk bor tashkiliy ravishda shug’ullangan “ Chig’atoy gurungi “ jamiyatiga Fitrat 
rahbarlik qilgan. 
64. Fitratning “Yopishmagan gajaklar “ maqolasi qachon va qanday 
maqsadda yozilgan? 
Fitratning o’z hayoti, taqdiri bilan chambarchas aloqador “Yopishmagan 
gajaklar” maqolasi 1929-yilda yozilgan.
Xalqning asl farzandlarini qatag’on qilishning avj nuqtasi 1937-yil bo’lsa-
da, yangi jamiyatga yot unsurlarni izlash jazavasi undan o’n yil ilgari boshlangan 
edi. Fitratdan jiddiy ayb, xato izlashlar ham o’sha yillarga to’g’ri keladi. 
“Yopishmagan gajaklar” nomli asari Fitratning o’ziga nisbatan islomparast 
(panislomist), turkparast (panturkist), o’ziga nisbatan o’tmishni qo’msovchi va 
uning merosini targ’ib qiluvchi – komfirqa va sotsializmning dushmani, millatchi 
degan tuhmatni yopishtiruvchilarga qarshi raddiya,ochiq xat sifatida e’lon qilingan 
maqolasi edi. 
Maqolada Fitrato’ziga qo’yilayotgan siyosiy ayblar noto’g’ri ekanini aytish 
bilan birga, madaniy merosdan voz kechish kerak, degan fikrlarga qat’iy qarshi 
chiqadi. Ayni vaqtda, zamon tazyiqiga bo’ysunib, o’zining komfirqa bilan yakdil 
ekaniga ishontirmoqchi bo’ladi. 


 65. Fitratning sotqinlar, o’z xalqi qonini zuluk kabi so’rganlar haqidagi 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin