bilan XIX asrning oxiri XX asr boshidagi o’zbek madaniyati ning Ishoqxon Ibrat,
Siddiqiy Ajziy, Abdulla Avloniy, Hamza kabi vakillari bilan bir safda turadi
15
.
Yana shuni ham aytib o’tish kerakki, O’zbekiston hukumati o’zbek adabiyo-
tini rivojlantirishdagi xizmatlarini alohida ta’kidlab, 1926-yil 27-fevral 35-sonli far-
moni bilan So’fizodaga “O’zbekiston xalq shoiri” faxriy unvonini bergan.
So’fizoda Arabiston, Hindiston, Boku, Tiflis kabi mamlakatlarda o’qigan,
ma’lum vaqt Hindistonda o’qituvchilik qilgan. O’zbek tilidan tashqari fors va ozar
tillarida, ya’ni uch tilda baravar ijod qilgan. Hajviy she’rlariga “Vahshiy” taxallusi-
ni qo’llagan.
So’fizoda 1937-yilda 57 yoshida
16
sho’rolar qatag’oniga uchrab, halok bo’ldi.
50. So’fizoda qachon va qayerda tug’ilgan, qaysi asari bizga yetib kelgan?
Muhammadsharif So’fizoda 1880-yilda Namangan viloyatiga qarashli Chust
shahrida hunarmand oilada tug’ilgan. Otasi Egamberdi So’fi pichoqchilik bilan shu-
g’ullangan. Onasi Zaynab xolaning harakatlari evaziga Muhammadsharif yon qo’sh-
nisi Manzura otin qo’lida savod chiqaradi, keyin mahallasidagi eski maktabda ta’lim
oladi. Bo’lajak shoirning adabiyotga ko’ngil qo’yishida g’azalni did bilan o’quvchi
ustozining ta’siri kuchli bo’lgan.
So’fizoda ijodini o’rganish 20-yillarda boshlangan, shoir ijodi haqida ko’plab
ilmiy maqola va risolalar
17
yozilgan. She’rlaridan namunalar 30-yillardayoq maktab
darsliklariga kiritilgan.
Adabiyotshunos olim To’lqin Rasulovning tashabbusi bilan 1968-yilda So’fi-
zoda she’rlarining bir qismi kitobcha holida bosilib chiqdi
18
. Shu yili “O’zbek sovet
adabiyoti tarixi”ning birinchi jildi To’lqin Rasulovning shoir haqidagi maqolasi
nashr etildi hamda So’fizodaning adabiyotimiz va madaniyatimiz tarixidagi o’rni
haqida fikr yuritildi
19
.
Dostları ilə paylaş: