O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


“O’qing, onalar!” she’ri kimniki? U qaysi shaklda yozilgan?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   187
51.“O’qing, onalar!” she’ri kimniki? U qaysi shaklda yozilgan? 
 
“O’qing, onalar!” she’ri O’zbekiston xalq shoiri So’fizodaniki. Unda onalarni 
ma’rifatdan uzoqda savodsiz, omi bo’lib qolayotganidan afsuslar chekadi. Ayollar 
huquqini himoya qilgan holda ilm o’rganishga chaqiradi. She’r musaddas (har bir 
bandi olti misrali she’r) shaklida yozilgan. She’r shunday misralar bilan boshlanadi: 
Muncha yomon sho’rladi peshonalar, 
 
 
 
Qizlarimiz – joriyayi xonalar. 
 
 
 
Siz edingiz jonlara jononalar
 
 
 
Qadringizi bilmadi debonalar. 
 
 
 
Qumri bilan bulbulu bedonalar
 
 
 
Yaxshi o’qur, siz ham o’qing onalar
20

15
Бу ҳaқдa қaрaнг: Б. Қoсимов, Ш. Юсупов, У. Дoлимoв, Ш. Ризаев, С. Aхмeдoв.  Mиллий yйғониш 
дaври ўзбeк адабиёти.Oлий ўқув юртлари учун дарслик. –Toшкент, “Maънавият”, 2004, 340-бeт. 
16
Бу ҳақда қаранг: ЎзAС, 1993 йил, 23 июл. 
17
Mиён Бузрук Сoлиҳoв. Сўфизoдa вa унинг ижоди. – Toшкeнт, 1934. 
18
 Сўфизода. Taрoнaлaр.( T. Рaсулов сўзбоши ёзган) - Toшкeнт, 1968. 
19
Қaрaнг: Ўзбек aдабиёти тaриxи. 1-тoм, -Toшкент, 1968, 319-бeт. 
20
Qarang: Adabiyot. Majmua. Akademik litseylarning 3-bosqich o’quvchilari uchun. – T.: 2007, 64-65-betlar. 


MAVZU: ABDURAUF FITRAT 
 
52. Fitrat kim? Siz ijodkor haqida nimalar bilasiz? 
Abdurauf Abdurahim o’g’li Fitrat – ko’p qirrali iste’dod sohibi. Fitrat XX 
asr o’zbek adabiyotining ilk bunyodkorlaridan bo’lib, Behbudiy, Avloniy, Hamza, 
Qodiriy, Cho’lpon, Ayniy kabi adiblar bilan bir qatorda ijod qilgan. Fitrat mohir 
dramaturg, yirik olim va jamoat arbobi sifatida adabiyot va san’at, ilm-fan, maorif 
va madaniyat rivojiga salmoqli hissa qo’shgan. Alloma ayniqsa o’zbek milliy 
she’riyati, prozasi, maorifi, tilshunosligi, adabiyotshunosligi singari o’nlab 
sohalarning oyoqqa turishida jonbozlik ko’rsatgan. 
Fitrat yozuvchining taxallusi bo’lib, arab tilida “tug’ma talant”, “tabiiy 
holat”, “yaratilish” ma’nolarini bildiradi. 
Abdurauf Fitrat 1886-yilda Buxoroda savdogar oilasida tug’ilgan. Otasi 
Abdurahimboy 1903-yilda vatanni tark etib, Qoshg’arga ketib qolgach, onasi 
Bibijon tarbiyasida qolgan. U Mir Arab madrasasida o’qigan, turk, fors, arab 
tillarini o’rgangan. 1909-1912-yillarda Turkiyada o’qiydi. Jadidchilikda faol 
bo’ladi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin