47. Hamzaning “Yangi saodat” romani negizida qanday g’oya yotadi? “Yangi saodat” romani negizida ikki xil inson – o’qigan va o’qimagan
insonning taqdiri yotadi. Hamza bu ikki qahramonni bir oiladan topadi. O’qimagan
inson – Abduqahhor o’qigan inson – o’qigan inson – o’z farzandi Olimjon tufayli
tubanlikdan ko’tarilib, “do’st-dushmanni ajratub, insof va diyonatli, shafqat va marhamatli” kishiga aylanadi.
“Shohlar bir kun gado bo’lur, bizlarga o’xshab, Gadolar yana bir kun shoh bo’lib qolur, bolajonlarim”, - deydi Maryam oilasi parokanda bo’lgan kezlarda.
O’g’li Olimjon ko’z o’ngida ilm va ma’rifat tufayli gadodan shohga aylanadi.
Yozuvchi asar g’oyasini faqat Olimjon taqdiri orqali ochmay, uning
kitobxon qalbiga yetib borishi uchun boshqa imkoniyatlaridan ham foydalanadi.
Qisqasi, shoir asarda ilm-ma’rifatli bo’ish har narsadan ustun ekanini ko’rsatgan.
48. Hamzaning “Zaharli hayot” fojiasi mavzusi nima haqda? Agar Hamza “Yangi saodat” asarida Olimjonning ma’rifat tufayli baxtli
hayotga erishuvi va uning o’z baxtidan boshqa kishilarning ham bahramand bo’li-
shini tasvirlagan bo’lsa, “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” fojiasida ma’rifatli
insonning jaholat va g’aflat zindonidagi fojiali taqdirini ko’rsatishni maqsad qilib
olgan. Ushbu asar janrini Hamza “Turkiston maishatidan olingan qiz va kuyov fojiasi” deb ataydi. Dramaturg pyesaning dastlabki sahnasidayoq qahramonlarning
o’zlariga munosib bo’lmagan, ular qalbidagi muhabbat gullarini xazon qilishga
tayyor bir muhitda yashayotganini ko’rsatadi. Shu tarzda pyesaning avvalidayoq
eskicha qarashlar ta’siridagi ota-onalar bilan ulardan ilgarilab ketgan va o’z
zamoniga sig’may qolgan yoshlar o’rtasidagi ziddiyat nish uradi. Voqealar
rivojlanishi bilan bu konflikt taranglashib, oxirida kamonning tortilgan yoyidek
uchib boradi-da, har ikkala qahramonni – Mahmudxon bilan Maryamxonni halok
qiladi.