KIRISH Mavzuning dolzarbligi. So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sр.M.Mirziyoevning tashabbusi, uning faol sa’yi-harakati va bevosita rahbarligida barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya, ommaviy va professional sport ham davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlari doirasida tamomila yangicha tusda rivoj topib bormoqda. Bu borada bir qator farmon va qarorlar qabul qilinib, bugungi kunda ular bosqichma-bosqich izchillik bilan o’zining amaliy ifodasini topib bormoqda. Ma’lumki, Respublikamizda sport va uning har xil turlarini rivojlantirishga qaratilgan e’tibor o‘z samarasini bermoqda. Buni sportchilarimizning jahon miqyosidagi musobaqalarda ishtiroki va yuksak o‘rinlarni egallayotgani, shu yo‘l bilan davlatimizning shuhratini oshirayotganliklari misolida ko‘rish mumkin. Sport bilan shug‘ullanish sihat-salomatlikni ta’minlashda, zararli odatlarning oldini olishda, yoshlarimizni barkamol va yetuk shaxs qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi bugun barchaga ayon haqiqatdir. Prezidentimiz buni quyidagi so‘zlar bilan ta’riflaydi: “Sportga mehr qo‘ygan bola bir umr sportga oshno bo‘lib qoladi. Sport bolaning nafaqat salomatligini mustahkamlaydi, balki zararli illatlardan uni himoyalaydi, xarakterini toblaydi”
Respublikamizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor kompleks xarakterga ega desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Buning ma'nosi shundan iboratki, bizda sportni rivojlantirish deganda birinchi navbatda yosh sportchilarni tarbiyalash, ularni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib yetishtirish, ularga ta'lim-tarbiya berish, sportchilar faoliyati bilan bog’liq muammolarni bartaraf etish, sportchilarimiz uchun yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli va samarali foydalanish, sportchilarning ota-onalari va murabbiylari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash kabi ishlar tushuniladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o‘z asarlarida buni shunday ta'riflaydi: “shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poyodevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishlariga bog‘liq.
Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta'lim-tarbiya sohasning asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta'lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi” .
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasidagi ishlar ta'lim sohasidagi ishlar bilang chambarchas bog‘liq holda amalga oshirilmoqda. Xususan bunda bolalar sportini rivojlantirish masalalariga jiddiy e'tibor qaratilayotgani quvonarli hol. Muhimi bu boradagi ishlarimiz davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, kun tartibidagi asosiy vazifalar qatoridan joy olgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Birgina misol, 2019 yil 16-17 fevral kunlari Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya uzluksiz ta'lim va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashning milliy modelini yaratishda O‘zbekiston tajribasini o‘rganishga bag‘ishlandi. Unda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997) deb nomlangan Ta'lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy prinsiplariga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning O‘zbekiston tanlangan o‘zbek modelining ajralmas tarkibiy qismi ekani alohida ta'kidlandi.
Konferensiya qatnashchilari O‘zbekistondagi qator umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy ta'lim muassasalarida bo‘lib, ularning faoliyati bilan tanishdi. Ular yurtimizda Prezidentimiz boshchiligida yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishi yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning samarasiga yuksak baho berdilar.
Quvonarli jihati shundaki, xalqaro konferensiya ishtirokchilari O‘zbekistonning bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha tajribasini alohida e'tirof etib, uni chuqur o‘rganish lozimligini ta'kidladilar. Ana shunday yo‘nalishlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahnamoligida tashkil etilgan maxsus jamg‘arma bazasida bolalar sportini rivojlantirishga ustivor e'tibor qaratilganidir
Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, hali bu borada o‘z yechimini topmagan muammolar ham mavjud. Bu sportchilar jismoniy ish qobiliyatini o‘rganishning aniqroq va samaraliroq usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu bitiruv malakaviy ishimiz ham ana shu dolzarb masalaga qaratilgan bo‘lib, kurashchilarda teri-yog‘ qavati qalinligini o‘rganish orqali ularning jismoniy ish qobiliyatini aniqlashdan iborat.
Sportchilarda, xususan kurashchilarda teri-yog‘ qavati qalinligini o‘rganish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Birinchidan, bu muammo, ya’ni kurashchilarda teri-yog‘ qavati qalinligi viloyatimiz miqyosida, qolaversa Respublikamiz miqyosida ham yetarlicha o‘rganilmagan. Bu borada adabiyotlarda ham yetarlicha ma’lumot berilmagan. Ikkinchidan, bizning mintaqamizda sportning kurash turi ancha jadal rivojlanganiga qaramasdan, ularning jismoniy ish qobiliyatini aniqlashning samarali usullari ishlab chiqilmagan va amaliyotga tadbiq etilmagan.
Qizlarni sportga jalb etsh kabi bu boradagi ishlar ko’lami yanada kengaydi, shu munosabat bilan qabul qilingan Davlat Dasturining ijrosi aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, kasalliklarni oldini olish, sog’lom turmush tarzi va sportni rivojlantirishda muhim omil bo’ladi. “Sog’lom ona-sog’lom bola” loyihasi doirasida ayollar va bolalar tibbiy ko’rikdan o’tkazilmoqda. Bunday hayrli ishlar samarasida so’nggi 10 yilda rivojlanishda tug’ma nuqsoni bo’lgan bolalar soni 1.3 barobarga kamaydi. 6-15 yoshli bolalar orasida o’tkir yuqumli kasalliklar bilan og’rish 34.4 % pnevmoniyaga chalinish 49.7 %, bronhit bilan hastalanish 32.8 va skolioz bilan kasallanish 32.7% ga kamaydi.
Barcha sport majmualari zamonaviy sport inventarlari va malakali murabbiylar bilan ta’minlanayotgani tufayli ularning qamrovi tobora kengayib bormoqda. Bugun mamlakatimizda 2 mlndan ziyod bola sportning 30 turi bilan muntazam shug’ullanib bormoqda. Bitta sport inshootidan o’rtacha kunlik foydalanish vaqti 9.8 soatni tashkil qilmoqda.
Bolalar sporti obyektlari, asosan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sport inventarlari va uskunalari bilan jihozlanmoqda. Bugunki kunda 120 turdagi sport inventarlari va uskunalarining 116 tasi mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarilmoqda.
Qizlarimiz uchun milliy mentalitetimizga xos kiyimlar tayyorlanmoqda, ayol murabbiy va o’qituvchilarni tayyorlashga keng o’rin berilayotir.
Mamlakatimiz rahbari jamg’arma faoliyatini zamon talablari asosida yanada rivojlantirish zarurligini alohida ta’kidladi.
Kurash bo’yicha xalqaro turnirlarda, Osiyo, Jahon birnchiliklarida polvon qizlarimiz yuksak natijalarga erishdi. Qizlarimiz xalqaro turnirlarda, Osiyo va Jahon birinchiliklarida yuqori natijalarga erishmoqda. Kurash 1999 yildan Jahon sport olamida alohida o’rinni egalladi, xozirgi kunda yuqori saviyalarda rivojlanmoqda va buning uchun juda ko’p ilmiy izlanishlar xam olib borilmoqda. Lekin bu bajarilayotgan ishlar kamlik qilishi ko’zga tashlanib qolmoqda. Xozirgi kunda kurashchi qizlarning yanada yuqoriroq natijalarga erishish uchun yuqori talablar qo’yilmoqda. Ya’ni, ularning tayyorgarlik jarayonlarining tuzilishidagi bazaviy tayyorgarlik bosqichi qayta ko’rib chiqish muammolari vujudga kelmoqda. Bazaviy tayyorgarlik bosqichida boshlang’ich tayyorgarlik guruhlari mavjud. Bu bolang’ich tayyorgarlik guruhlaridagi tayyorgarlik tomonlaridan biri – jismoniy tayyorgarlikdir. Jismoniy tayyorgarlikda esa beshta sifat mavjud. Hozirgi kunda mana shu beshta sifatdan tezkorlik va chidamlilik sifatlari yuqori natijalarga erishishda hal qiluvchi axamiyatga ega. Kurashchi qizlarning tayyorgarligida tezkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish e’tibordan chetda qolmoqda. Yuqoridagi sabablarga ko’ra boshlang’ich guruh kurashchi qizlarining tezkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish dolzarb masala xisoblanadi.