1.3. Kurashda texnik harakatlarni amalga oshirishdagi maxsus jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish. Ma’lumki, insonning jamiyki xayotiy faoliyatida (mehnatda, turmushda, sportda) muayyan harakatni aniq, mukammal, tez va maqsadga muvofiq ijro etilishi to’g’ridan to’g’ri vestibulyar analizatorning funktsional imkoniyatiga bog’liqdir. Turli yo’nalishda bajariladigan tezlanishlar (ayniqsa aylanma burchak tezlanishlari) vestibulyar retseptorlarga bevosita ta’sir etib, ko’z nistaglini vujudga keltiradi, ko’z soqqosi va boshni ixtiyorsiztebranuviga sababchi bo’ladi, aylanma-burchak tezlanish tugagandan so’ng ham nistagim reaktsiyasi ancha vaqtgacha davom etadi. Lekin, bu nistagima tebranishi mazkur tezlanishning yo’nalishiga qarama-qarshi tomonga harakat qiladi, tezlanish vaqtida va undan so’ng nistagimadan tashqari mushaklarning tonusi o’zgaradi. Ana shu xolatlar vestibulyar apparatlari va boshqaruv organlari (bosh miya, miyacha, qizil yadro, orqa miya va hakozo) o’rtasidagi funktsional bog’lanishni vaqtincha “uzilgan”ligini bildirish bilan bir qatorda to’g’ri yo’nalish bo’ylab harakatlanishni nihoyatda chegaralab qo’yadi, odam muvozanat saqlash imkoniyatini keskin kamaytiradi, harakatni aniq va samarali bajarilishiga yo’l qo’ymaydi. Sport amaliyotida harakat mukammalligini oshirish (aniqligi tezligi va yakuniy samarasi) turli ixtisoslashtirilgan mashqlarni musobaqa modeliga moslab muntazam qo’llash asosida amalga oshiriladi. Lekin, aksariyat xollarda tashqi ekstrimal ta’sirlar (to’g’ri va aylanma tezlanishlar, samolyotda uchish, kuchli va uzoq tebranishlar va x.k.) ushbu mukammal harakatning mustahkam emasligini oshkor qiladi.
Fikrimizcha, sport mashg’ulotsi jarayonida aylanma tezlanishlarga oid turli mashklar majmuasi bilan uzoq muddat davomida muntazam shug’ullanish harakat aniqligi, mukammalligi va samarasini oshirish imkoniyatini yaratadi. Agar, ushbu tezlanish mashqlari jismoniy sifatlar va texnik-taktik malakalarni shakllantirishga oid mashqlar bilan birgalikda (navbatma-navbat) qo’llanilsa kutilgan samara yanada yuqoriroq darajaga ko’tariladi(M.M. Kazimov, A.A. Po’latov, V.P. Bezverxov, A.A. Po’latov va boshqalar ).
Yu.M.Chuyko, F.A.Kerimov lar kurashchilarni jismoniy sifatlarini baholash uchun quyidagi test mashqlarini tavsiya etishgan:
baland startdan 30 metrga yugurish:
qo’l-elka va bel mushaklari kuchini aniqlash:
joydan turib yuqoriga sakrash:
2 x 800 metrga yugurish:
katta tezlikda (20s) manekenni tashlash:
Mualliflar o’z tadqiqotlari natijalariga asoslanib, kurashchilarni 3 ta shartli guruhga ajratganlar , «tezkor-kuch xususiyatli kurashchilar maxsus chidamkorlik xususiyatiga ega kurashchilar va universal» kurashchilar. F.A.Kerimov uzoq yillar davomida turli yoshdagi va malakaga ega kurashchilar ustida tadqiqotlar o’tkazish natijasida jismoniy sifatlarning texnik maxoratga va musobaqa (olishuv) jarayoniga to’g’ridan to’g’ri aloqador ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, jismoniy sifatlar qanchalik yuqori darajada shakllangan bo’lsa, sport maxorati shunchalik makammal o’sib boradi.