Tadqiqotda ko’rsatilgan nazorat sinov natijalarining axamiyatlilik darajasi (B.Pirson bo’yicha) №3 jadval
guruhlar
Tadqiqotning boshida/ohirida
Nazorat sinovlari
R
1
2
3
4
5
6
7
8
Nazorat
boshida
15,5
16,4
15,8
8,4
5,8
12,5
5,5
425,5
0,99
ohirida
15,2
15,8
15,4
8,2
5,7
13,8
6,2
418,4
Tadqiqot
boshida
15,4
16,5
15,6
8,6
5,7
12,6
5,4
424,8
0,98
ohirida
14,1
14,4
14,3
7,8
5,2
14,4
6,6
404,8
XULOSA
Olib borilgan ilmiy ishlar va tadqiqot natijasiga ko’ra boshlang’ich guruh kurashchi qizlarning tezkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishda maxsus mashqlardan foydalanish katta ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi va uning evaziga musobaqalarda va texnik mahoratni o’rganishda katta yutuqlarga erishish mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda qo’yidagilarni ta’kidlash mumkin:
1.Adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, kurashchilarning tezkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish keyingi bosqichlar, ya’ni, mutaxassislikga chuqurlashtirish, sportda takomillashtirish va oliy sport mahorati bosqichlaridagi jismoniy tayyorgarlik darajasiga zamin yaratishi bilan axamiyatlidir. Bu sohada uzoq yillar davomida ishlar olib borgan olimlar A.N.Abdiev, Yu.V.Verxashanskiy, M.A.Godik, V.N. Platonov, A.A.Novikov, G.S.Tumanyan, A.P.Kuptsov, V.P.Klimin, V.V. Kuznetsov, N.N. Sorokin., A.N. Lents, V.M.Ribalko, P.A.Seshenko, V.K. Petrov, N.A.Kerimov, F.A.Kerimov va boshqalarning maqsadga yo’naltirilgan nazariy-uslubiy ko’rsatmalari kutilgan natija beradi. Adabiyotlarda qayd etilgan ma’lumotlar tahlili shuni ko’rsatdiki, boshlang’ich tayyorgarlik jarayonida har bir sport turi xususiyatiga moslashtirilgan tezkorlik va chidalilik sifatlari kurashchilarining jismoniy tayyorgarligida texnik-taktik mahoratining shakllanishida muhim rol o’ynaydi.
2.Kuzatuvda biz qo’llagan uslub kurashchilarga tezkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishda yaxshi natijalar berishini ta’kidlab o’tmoqchimiz. Birinchi bosqich yakunida natijalar tekshirildi. Ikkinchi bosqich yakunida tadqiqot guruhi sezilarli darajada ilgarilab ketdi(1;2;3 jadvallar). Ko’rinib turibdiki, tadqiqot yaxshi samara bergan. Nazorat testlarining o’rtacha o’zgarishi nazorat guruhida +4,62%, tadqiqot guruhida +11,09% ko’rsatdi.Tadqiqotda ko’rsatilgan nazorat sinov natijalarining axamiyatlilik darajasi B.Pirson bo’yicha nazorat guruhida 0,995, tadqiqot guruhida 0,989 ko’rsatdi.
3.Kurashchilarning tezkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish uchun tanlangan maxsus mashqlardan foydalanish uslubi darsning tayyorgarlik va asosiy qismida foydalanish samarali natija beradi. SHulardan texnik harakatlarni iloji boricha tez va uzoq muddatli bajarish, 25%-50%li qarshilik bilan texnik usullir va ularning aniq bajarilishini nazorat qilish yaxshi natija beradi.
4. 2016 yilning yanvar-aprel oylari yillik tsiklning musobaqa davriga to’g’ri kelganligi uchun musobaqalarda maxsus jismoniy tayrgarlik darajasini nazorat qilish qulay bo’ldi. Bob bo’yicha xulosa
Yuqorida qayd etilgan ilmiy adabiyotlarning tahliliy sharhi tanlangan mavzuning qanchalik dolzarb ekanligidan dalolat berib turibdi. Darhaqiqat, texnik harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan jismoniy tayyorgarlikdagi maxsus jismoniy tayyorgarligi kurashchilarni tayyorlashda muhim poydevor sifatida sport mahoratini samarali shakllanishda asosiy omildan biri bo’lib hisoblanadi. SHu bilan bir qatorda ilmiy ma’lumotlarning tahliliga ko’ra har qanday jismoniy tayyorgarlik jarayoni ham maxsus jismoniy tayyorgarligini samarali rivojlanishga olib kelavermaydi va texnik-taktik maxoratni shakllanishga ijobiy ta’sir etmasligi mumkin. Aksincha, aksariyat hollarda sport mahoratiga salbiy ta’sir etishi ham ehtimoldan holi emas. Haddan tashqari foydalanilgan maxsus jismoniy tayyorgarligiga yo’naltirilgan mashqlar sportchi organizmining toliqishiga olib kelishi mumkin. Boshlang’ich guruhdagi tayyorgarlik jarayonida maxsus mashqlarni qo’llash har bir kurashchining jinsi, yoshi, kurash turining hususiyati va sportchining iqtidori hamda irsiy imkoniyatlarini e’tiborga olishni taqazo etadi.
Tanlangan mazkur bitiruv malakaviy ishi mavzusiga va uning maqsadiga asoslangan holda shuni aytish joizki, kurashda jismoniy sifatlarni samarali rivojlantirish va bu sifatlarni texnik mahoratga ijobiy ta’sir etishiga erishish uchun texnik harakatlarni amalga oshirishdagi maxsus yo’naltirilgan jismoniy mashqlar bilan mashg’ulotning tayyorgarlik, asosiy qismlariga qo’shib qo’llash kutilgan natijani beradi deb xisoblaymiz.