III-BOB. TADQIQRT NATIJALARI
3.1.Kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uslubiyati.
Nazorat guruhi Bolalar o’simrlar sport maktabda dasturi asosida mashg’ulotlarga qatnashgan bo’lsa, tadqiqot guruhiga nisbatan 6 oy davomida (2018 yilning nayabr-aprel oylarida) tezkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan maxsus mashqlar qo’llanildi. Mazkur mashqlarlar II-bobda ko’rsatilgan, mashg’ulotning tayyorgarlik va asosiy qismlarida belgilangan reja asosida amalga oshirildi.
Kurashchi qizlarning tezkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan harakatlar samarasini oshirish uchun har bir usulni tezkor amalga oshirish uslubidan qo’llanildi. Yanvar oyidan aprel oyigacha bo’lgan vaqt yillik tsiklning musobaqa davriga to’g’ri kelganligi uchun beriladigan vazifalarning tezligi va shiddati ham yuqori bo’lganligi sababli kurashchi qizlarga darsning asosiy qismida maksimal tezlikda usullarni amalga oshirish vazifasi berildi.
Maksimal tezlikda usullarni amalga oshirish uslubi shundan iboratki, sportchi mashqni berilgan muddat ichida bajarishda maksimal tezlikdan foydalanib mashqlarni takrorlab, iloji boricha son jihatdan ko’proq bajaradi. Ushbu uslub maxsus yo’naltirilgan mashqni bajarishni nazarda tutadi. Har bir mashg’ulotda usullarning murakkabligiga qarab 2 seriya, seriyalar o’rtasidagi dam olish oralig’i 4-6 daqiqa. Har bir seriyada to’rttadan oltitagacha yondoshuv, har bir yondoshuvda 30 soniya davomida usullarni maksimal sonini bajarish tavsiya etildi. Yondoshuvlar o’rtasidagi dam olish oralig’i 2-4 daqiqa.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik sifatlarini rivojlantirish uchun zarbdor tartib, sakrash mashqlari, kompleks va trenajyor moslamalaridan keng foydalanish zarurati tug’ildi. Oxirgi paytlarda “streching” mashqlari yuqori samara bermoqda. Ya’ni, “streching” mashqlari statik holatda egiluvchanlikka yo’naltirilgan mashqlardir. Bunda barcha mashqlar og’riqgacha va statik holatda 20-30 soniya davomida bajariladi. Streching mashqlarini biz faqatgina mashg’ulotning yakuniy qismida, 10-12 daqiqa moboynida har bir mashg’ulotdan keyin foydalandik.
Mashg’ulot jarayonida quyidagilar kurashchilarda maxsus jismoniy tayyorgarlikning rivojlanishiga yordam berdi: 1) nagruzka hajmi, 2) harakatni bajarish tartibi, 3) ish davomiyligi va xarakteri, 4) mashg’ulot oralig’i, 5) mashg’ulotlar davrining optimal bo’linishi 6) harakatning boshlang’ich stadiyasini aniq bilish.
Tezkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishning asosiy yo’llaridan biri — ishni raqibning 25% va 50%li qarshilikda maksimal ishni bajarish tartibi bilan bajariladigan vazifalar yaxshi natija beradi. Bu ishda bir xil og’irlikda, bir xil tartibda maxsus jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish yaxshi samara beradi, agar ish og’ir toliqqanda bajarilsa (oxirgi kuchgacha). natija yaxshilanadi. Nazorat va tadqiqot guruhlarida tadqiqot boshlanishi va yakuni qayd etilgan ko’rsatkichlar №1-2-3 jadvallarda ko’rsatilgan. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, nazorat va tadqiqot guruhlarida kuzatilgan natijalar dinamikasi tanlangan mavzuning asosiy va uning oldiga qo’yilgan ilmiy faraz ijobiy xal etilganini isbot qildi.
Yuqorida qayd etilgan tadqiqot natijalari tadqiqot guruhida yo’naltirilgan maxsus jismoniy mashqlar majmuasini afzalligidan dalolat beradi.
Tadqiqot guruhida qayd etilgan maxsus mashqlar kurashchilarda kutilgan natija darajasida rivojlanganligi tasdiqlandi. Ushbu taqqoslov qo’llarni bukuvchi va yozuvchi mushaklar tezkorligiga, chidamliligiga, texnik tayyorgarlik darajasiga ham taaluqli.
Tadqiqotlar natijasida tadqiqot guruhi barcha ko’rsatkichlar bo’yicha nazorat guruhiga nisbatan yuqori natijalarga erishdi.
10 martadan qo’l va belini ushlab beldan oshirib tashlashni bajarishda nazorat guruhidagi ko’rsatkich 1,93 % o’sish bo’lsa, tadqiqot guruhida esa bu ko’rsatkich 8,44 % ni tashkil etdi.
10 martadan qo’lini ikki qo’l bilan ushlab oldidan chalib tashlashni bajarish nazorat guruhida 3,65 % o’sish bo’lsa, tadqiqot guruhida esa bu ko’rsatkich 12,72 % ni tashkil etdi..
10 martadan qo’l va belini ushlab yelkadan oshirib tashlashni bajarish nazorat guruhida 2,53 % o’sish bo’lsa, tadqiqot guruhida esa bu ko’rsatkich 8,33 % ni tashkil etdi.
3x10m ga moksimon yugurishni bajarish nazorat guruhida 2,38 % o’sish bo’lsa, tadqiqot guruhida esa bu ko’rsatkich 9,30 % ni tashkil etdi.
30m ga yugurishda nazorat guruhida 8,77% o’sish bo’lsa, tadqiqot guruhida esa bu ko’rsatkich 2,43% ni tashkil etdi.
Qo’llarga tayangan holda tirsak bo’g’inini bukish va yozishni bajarish nazorat guruhida 10,4% o’sish bo’lsa, tadqiqot guruhida esa bu ko’rsatkich 14,28% ni tashkil etdi.
“Mostik” (ko’prikcha) holatini ko’rsatish (1 baldan 10 balgacha pedagogik baho) nazorat guruhida 12,72% o’sish bo’lsa, tadqiqot guruhida esa bu ko’rsatkich 22,22% ni tashkil etdi.
1500m ga yugurish nazorat guruhida 1,66% o’sish bo’lsa, tadqiqot guruhida esa bu ko’rsatkich 4,70% ni tashkil etdi.
Yuqoridagi foiz bo’yicha o’zgarishdan tashqari B.Pirson bo’yicha bog’liqlik darajasi ham ko’rib chiqildi. Unga ko’ra (№3 jadval), nazorat guruhidagi tadqiqot boshi va ohiridagi ko’rsatkichlarning bog’liqligi – 0,99 (yuqori darajadagi bog’liqlik)ni ko’rsatdi. Tadqiqot guruhidagi tadqiqot boshi va ohiridagi ko’rsatkichlarning bog’liqligi – 0,98 (yuqori darajadagi bog’liqlik)ni ko’rsatdi.
Nazorat guruhidagi nazorat sinovlarning o’rtacha arifmetik ko’rsatkichlar o’zgarishi (n-10).
№1jadval
№
|
Nazorat sinovlari
|
Tadqiqot-dan oldin
|
Tadqiqot-dan keyin
|
O’zgarish %
|
1
|
10 martadan qo’l va belini ushlab beldan oshirib tashlash(soniya).
|
15,5
|
15,2
|
+1,93
|
2
|
10 martadan qo’lini ikki qo’l bilan ushlab oldidan chalish (soniya).
|
16,4
|
15,8
|
+3,65
|
3
|
10 martadan qo’l va belini ushlab yelkadan oshirib tashlash(soniya).
|
15,8
|
15,4
|
+2,53
|
4
|
3x10m ga moksimon yugurish(soniya).
|
8,4
|
8,2
|
+2,38
|
5
|
30m ga yugurish(soniya).
|
5,8
|
5,7
|
+1,72
|
6
|
Qo’llarga tayangan holda tirsak bo’g’inini bukish va yozish (marta).
|
12,5
|
13,8
|
+10,4
|
7
|
“Mostik” (ko’prikcha) holatini ko’rsatish (1 baldan 10 balgacha pedagogik baho).
|
5,5
|
6,2
|
+12,72
|
8
|
1500m ga yugurish(soniya).
|
425,5
|
418,4
|
+1,66
|
O’rtacha foiz xisobidagi o’zgarish
|
+4,62
|
Tadqiqot guruhidagi nazorat sinovlarning o’rtacha arifmetik ko’rsatkichlar o’zgarishi (n-10).
№2jadval
№
|
Nazorat sinovlari
|
Tadqiqot-dan oldin
|
Tadqiqot-dan keyin
|
O’zgarish %
|
1
|
10 martadan qo’l va belini ushlab beldan oshirib tashlash(soniya).
|
15,4
|
14,1
|
+8,44
|
2
|
10 martadan qo’lini ikki qo’l bilan ushlab oldidan chalish (soniya).
|
16,5
|
14,4
|
+12,72
|
3
|
10 martadan qo’l va belini ushlab yelkadan oshirib tashlash(soniya).
|
15,6
|
14,3
|
+8,33
|
4
|
3x10m ga moksimon yugurish(soniya).
|
8,6
|
7,8
|
+9,30
|
5
|
30m ga yugurish(soniya).
|
5,7
|
5,2
|
+8,77
|
6
|
Qo’llar tayangan holda tirsak bo’g’inini bukish va yozish (marta).
|
12,6
|
14,4
|
+14,28
|
7
|
“Mostik” (ko’prikcha) holatini ko’rsatish (1 baldan 10 balgacha pedagogik baho).
|
5,4
|
6,6
|
+22,22
|
8
|
1500m ga yugurish(soniya).
|
424,8
|
404,8
|
+4,70
|
O’rtacha % (foiz) xisobidagi o’zgarish
|
+11,09
|
Dostları ilə paylaş: |