O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Asosiy holat va siljishlarga o’rgatishning texnika, taktika va usuliyoti



Yüklə 442,5 Kb.
səhifə11/21
tarix18.01.2023
ölçüsü442,5 Kb.
#79635
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
NAROVA NAFISA

Asosiy holat va siljishlarga o’rgatishning texnika, taktika va usuliyoti
O’zbekcha milliy kurashga o’rgatish metodikasini biz kurashning olimpiada turlari rezervi sifatida razryadi sportchilar va sport masterlari tayyorlovchi mashg’ulot-larning vositalari, metod va turli formalari birligi deb qaraymiz.
Kurashchilarni tayyorlash texnikasi, taktikasi va metodikasini bayon qilishda materiallar o’zaro bog’liq holda yuritiladi. Bunda o’qitish va tarbiyalash metodikasi shug’ullanuvchilarning trener rahbarligida ijodiy musta-qil faoliyati uchun beriladigan topshiriqlar sistemasi asosida tuziladi.
Mazkur metodika nayzabozlik, boks kabi yakkama-yakka olishish turlarida keng ochib berilgan. SHuningdek, buni milliy kurashda ham ochib berishga harakat qilingan. Biz materiallarni quyidagicha sistema bo’yicha bayon qilamiz:
1. Shug’ullanuvchilar oldiga xususiy vazifa qo’yish.
2. Kurashchilarni uyushtirish va harakatlar to’g’risida axborot berish.
3. Harakatlar va ularni bajarishga doir topshiriqlar.
4. Trenerning nimalarga e’tibor berishini, kamchiliklarni va xatolarni yo’qotishga oid bergan metodik ko’rsatmalari, texnik-taktik harakatlarni shaxsan baholash.
Kurashchining tik holati va uning tur-holatlari
Xususiy vazifa:
Kurashchining tik holatlarga o’rgatish.
Guruxni o’ziga qaratib, ikki sherenkaga saflanganidan keyin, trener kurashchi tik holatining taktik ahamiyatini tushuntiradi hamda hujum va himoya harakatlarida kurashchining eng qulay, foydali holati sifatida uni namoyish qilib ko’rsatadi. Shundan keyin, trener tik holatini bajarish texnikasidagi asosiy tomonlarini, qo’l, oyoq, gavda, boshning holatini bayon qiladi.
Harakat va uni bajarishga oid topshiriq.
1-topshiriq. Asosiy tik turish holatidan chap, o’ng oyoqni oldinga bir qadam tashlash, oyoqlari tizzadan bir oz bukish, gavdani oldinga bir oz engashtirish, yarim bukilgan qo’llarni oldinga chiqarish, gavda og’iligini har ikki oyoqqa bir xilda taqsimlash bu kurashchining yuqori tik turishi.
Mustaqil ravishda 8-10 marta kurashchining yuqori tik turish holatini egallangan holda shu holatni 5-6 sekund, his etish va dastlabki holatga qaytish.
Metodik ko’rsatmalar:
Turish holatini egallab barqaror holatni his eting.
- ortiqcha zo’riqmang;
- qo’llarni haddan tashqari oldinga uzatmang;
- oyoqlarning to’g’ri joylashishiga e’tibor bering;
- gavda og’irligini har ikki oyoqqa bir xilda taqsimlang, oldinga qarab turing.
2-topshiriq. Kurashchining tik turish holatini egallang, ammo yuqori, o’rtacha, past turish holatlarini almashtirib turing. Trener topshiriqni berish bilan birga turlicha tik turish holatlarini ko’rsatadi.
Turlicha tik turish holatlarini bajaring.
Kurashchining siljish usullari va oraliq masofa
Xususiy vazifa: turli masofolarda turib, yakka holda siljishga o’rgatish. Kurashchilarning taktik niyatlariga qarab siljish. Harakat usullari turlicha: yaqin, o’rta va uzoq masofalardan turib o’tkazilishi mumkin.
Yaqin masofa – kurashchilar bir-birlariga bevosita tegib turadilar.
O’rta masofa – kurashchilar bir-birlarini uzatilgan qo’l masofasida ushlab oladilar.
Uzoq masofa – kurashchilar ushlasha olmaydilar, bir-birlarini chamasi 1,5-2 metr oralig’ida turadilar.
Masofadan tashqari – kurashchilar bir biridan ko’proq masofa narida turadilar.
Juftlama qadam bilan oldinga, orqaga va tomonlarga siljish usullarini namoyish qilish trenerga yuzi bilan qaragan holda ikki sherenkaga o’tkaziladi.
Harakat va uni bajarishga oid topshiriq
1-topshiriq. Chap o’ng turish holatidan bitta-bitta juftlama qadam tashlab 1 dakika mobaynida oldinga siljish, keyin orqaga turib to’g’ri qadam tashlab qaytish.
Metodik ko’rsatmalar:
- oyoqlarni chalishtirmay, orqada turgan oyoqni yerga oyoq uchi bilan qo’yish;
- oqlarni uncha keng ham, uncha tor ham qo’ymagan holda bir oz bukib turish;
- oyoqni taxminan tovon kengligida qo’yish.
2-topshiriq. Oldinga, orqaga, chapga va o’ngga yakka qadam bilan siljish. Qadamni dastlab bir maromda tashlash, keyin esa ritmni o’zgartirish – goh tez, goh o’rtacha, goh sekin suratda qadam tashlash. Topshiriq ikki dakika mobaynida bajariladi.
Metodik ko’rsatmalar:
- siljiyotganda sherigiga ahamiyat berib borish, u bilan to’qnashib ketmaslikka intilish;
- sur’at va ritmni buzib, qadam o’zunligini o’zgartirish, goh kichik, goh o’rtacha, goh katta qadam tashlash;
- qo’llarni pastga tushirmasdan turib, go’yo sherigini ushlab turganday harakat qilish.
3-topshiriq. Yakka holda siljishni turli xilda birlashtirib takomillashtirish.
Uzoq masofada bir-biriga qarama qarshi ikki sherenkaga saflanish.
Birinchi rakamlilar masofani saqlashga harakat qiladilar, ikkinchi rakamlilar esa masofani buzadilar. Topshiriq 1 dakika mobaynida bajariladi, so’ngra rakamlar almashiniladi.
Juft-juft bo’lib turish va shu holda siljish
Xususiy vazifa: kurashchini juft-juft bo’lib ushlashib turish holatiga va shu holatda siljishga o’rgatish. Kurashchilarni 3 metr masofada bir-biriga qarama-qarshi saflash. Trener safning o’rtasida turib bir o’quvchi bilan yuqori, o’rtacha va past turish juft-juft holda holatini hamda kurashchilarning bir-birlarini ushlashib, turli tomonga juft-juft bo’lib siljishiga oid asosiy usullarini ko’rsatadi.
Uzoqlashtirishni muvaffaqiyatli bajarish uchun ustalik bilan harakatqilishga tayyorlanishning qulay uslubi sifatida juft-juft bo’lib siljish taktikasini trener qisqacha tushuntiradi.
Harakat va ularni bajarishga oid topshiriqlar.
1-topshiriq. Xilma-xil turish holatida bir-birini ushlashib, sherigi bilan oldinga, orqaga va yon tomonlarga siljish. YUqori turish holatini olgach, sherigi to’pining yengini yuqorisidan yoki pastidan ushlab, juftlama qadam bilan turli tomonga siljish 2 dakikadan keyin turish va ushlash holatini mustaqil ravishda o’zgartirish.
Metodik ko’rsatmalar:
-siljitayotganda qadamlarni xilma-xillashtirish, juftlama yoki qo’shaloq qadam tashlash;
- siljish tezligini xilma-xillashtirish, qadam uzunligini o’zgartirish;
- siljiyotib ushlash holatini: yuqoriroq, pastroq, o’ziga o’ngay qilib o’zgartirish;
- yonida mashq o’tkazilayotgan juftlarga e’tibor berish, ular bilan to’qnashib ketishdan saqlanish.
2-topshiriq. Xuddi shunday sherigi bilan ushlashib oldinga, orqaga, yon tomonlarga va aylana bo’lib siljish. SHerigi bir oz qarshilik ko’rsatadi.
Metodik ko’rsatmalar.
- shoshilmasdan, ushlab olish uchun qulay paytni tanlash;
- siljiyotganda barqaror turish holatini saqlash;
- necha marta tortib o’tkazganligini hisoblab borish;
- sherigini tortib o’tkazganda qoidani buzmaslik, ushlab olgach qo’lni qo’yib yubormaslik.
Mashqlarni bajargandan keyin trener har bir shug’ullanayotgan juftlikdan necha marta tortib o’tkazganliklarini so’raydi va ularning harakatlarini baholaydi.
aqibni muvozanatdan chiqarish va yiqitish usullariga o’rgatish texnikasi, taktikasi va usuliyoti

Yüklə 442,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin