O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


TEKSHIRISH OB’EKTLARI VA USULLARI



Yüklə 442,5 Kb.
səhifə10/21
tarix18.01.2023
ölçüsü442,5 Kb.
#79635
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
NAROVA NAFISA

TEKSHIRISH OB’EKTLARI VA USULLARI
4.1. TEKSHIRISH OB’EKTLARI
Sportchilarda tana massasi tarkibiy qismlarini o‘rganish sport fiziologiyasi, sport tibbiyoti, qolaversa, gigiyena, fiziologiya va tibbiyot fanlari amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko‘ra bu kabi tadqiqotlarni har xil sport turlari bilan shug‘ullanuvchilar orasida o‘tkazish bugungi kunda dolzarb va o‘z yechimini kutayotgan masalalardan biridir. Ana shulardan kelib chiqib biz o‘z kuzatuvlarimizda kurashchilarda trenirovka jarayonida tana massasi tarkibiy qismlarining o‘zgarish dinamikasini o‘rganishga harakat qildik.
Tekshirish va kuzatuv ishlari Qarshi Olimpiya zahiralari kollejida ta’lim olayotgan kurashchilar orasida o‘tkazildi (25 nafar). Tekshiriluvchilarning yoshi 18-22 atrofida bo‘lib, ularning barchasini o‘g‘il bolalar tashkil etadi. Sportchilar kollejning 2-3 bosqichlarida ta’lim olishadi. Ularning kvalifikatsiyasi va sport formasi bir-biriga ancha yaqin.
Kurashchilarda tana massasining tarkibiy qismlari orasidan yog‘ ulushi, muskullar massasi hamda suv ulushi aniqlandi. Kuzatuv va tadqiqot ishlari yanvar, mart va aprel oylarida olib borildi. Yanvar oyidan aprel oyigacha olingan natijalar asosida tana massasi tarkibiy qismlarining o‘zgarish dinamikasi o‘rganildi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda sportchilarda bir qator antropometrik ko‘rsatkichlar va ularning dinamikasi aniqlandi. Bu ko‘rsatkichlar tana massasi tarkibiy qismlarini aniqlashda qo‘llaniladi hamda ulardan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar sifatida foydalanish mumkin.
4.2. TEKSHIRISH USULLARI
Sportchilarda tana massasi tarkibiy qismlarini aniqlash ancha murakkab jarayonlar yig‘indisidan iborat. Bu birinchidan, bir qator o‘lchov ishlarini taqozo etadi. Muhimi bu o‘lchash ishlaridagi biroz xatoliklar ham natijalarning noto‘g‘ri bo‘lishiga olib keladi. O‘lchashlardan olingan natijalar murakkab formulalar asosida hisoblanadi. Tana massasining tarkibiy qismlari orasida yog‘ ulushi, muskullar massasi, suyak to‘qimasi massasi hamda suv ulushi ayniqsa muhim rol o‘ynaydi.
Yog‘ ulushini aniqlash. Tana massasidagi yog‘ komponentining miqdorini aniqlash uchun Matiegka (Mateyka) hamda Benke (Benk) formulalari muhim ahamiyatga ega. Rus antropolog olimlari N.Y.Mutovinova va V.P.Chtetsovlar bir qator mualliflar keltirgan formulalarni batafsil o‘rganib, shunday xulosaga kelishganki, tanadagi yog‘ miqdorini individual ravishda aniqlash uchun Benk, Brojek, Keys, Siri, Ratbuk va Peys formulalari to‘liq mos kelmaydi. Ulardan asosan guruh xarakteridagi tajribalarda foydalanish mumkin Tanadagi absolyut yog‘ miqdorini aniqlash uchun ishlatiladigan Mateyka (Matiegka) formulasi quyidagi ko‘rinishga ega:
D = d • S • k,
bunda D – umumiy yog‘ miqdori (kg), d – tanadagi teri-yog‘ qavatining o‘rtacha qalinligi (mm), S - tana yuzasi (sm2), K - o‘zgarmas kattalik bo‘lib, 1,3 ga teng.
Tanadagi teri yog‘ qavati qalinligining o‘rtacha qiymati quyidagi yo‘l bilan aniqlanadi.
d = (d1 + d2 + d3 + d4 + d5 + d6 + d7 + d8) / 16;
bunda d1…d8 – yelka, bilak, bel, qorin, son, ko‘krak qafasi kabi sohalardagi teri-yog‘ qavati qalinligi (mm). Ushbu formula yordamida 16 va undan katta yoshli kishilarda teri-yog‘ qavati qalinligini aniqlash mumkin (12, 13, 14).
Tana massasidagi yog‘ ulushini foizlarda aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Yog‘ foizi (%) = D (kg) • 100 / W;
bunda D - yog‘ miqdori (kg), W - tana massasi (kg).
Absolyut yog‘ miqdorini aniqlash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega:
′ =  • W / 100;
bunda (′ - absolyut yog‘ miqdori (kg),  - tana massasidagi yog‘ ulushi, W- tana massasi (kg).
Yuqorida keltirilgan formuladagi (d) kattaligini aniqlash uchun odatda tananing 8 ta belgilangan qismida teri-yog‘ qavatining qalinligi o‘lchanadi. Antropometrik talablarga muvofiq teri-yog‘ qavati ma’lum bir holatda aniqlanishi lozim (masalan, vertikal, gorizontal yoki qiya). Teri elastik bo‘lgani uchun teri–yog‘ qavati qalinligi bir joyda har xil yo‘nalishda olinganda ham turlicha chiqadi. Odamda teri–yog‘ qavati qalinligini uzunasiga, ko‘pchilik hollarda uzunasiga va ko‘ndalangiga o‘lchash maqsadga muvofiq sanaladi. Shundan so‘ng tananing ushbu qismidagi teri–yog‘ qavatining qalinligi borasida o‘rtacha kattalik olinib, xulosa qilinadi.
Tanadagi teri–yog‘ qavati qalinligini o‘lchashda kaliper–sirkuldan foydalaniladi. Kaliper–sirkul kontakt yuzasi 90 mm2 bo‘lib, doimiy o‘zgarmas 10 g/mm2 bosimga ega. Ayrim hollarda kaliperning o‘rniga uning soddaroq turi bo‘lgan shtangensirkuldan foydalanish ham mumkin.
Tanadagi teri–yog‘ qavati qalinligini o‘lchash uchun tekshiruvchi chap qo‘lining ikki barmog‘i bilan terini ushlaydi (oyoq–qo‘l uchlarida 2-3 sm, tanada esa 5 sm gacha), bunda tekshiriluvchida og‘riq hissi yuzaga kelmasligi lozim. Teri ushlab yengilgina tortib turiladi va shu holat o‘zgartirilmagan holatda kaliper yordamida teri–yog‘ qavati qalinligi o‘lchanadi. Teri–yog‘ qavatini o‘lchashda burmalar uzoq vaqt davomida ushlab turilmasligi lozim. Chunki uzoq muddat ushlab turilganda ular yupqalashadi. Burmalar qalinligiga ko‘ra bir xil bo‘lishi lozim.
Sportchilar organizmida yog‘ to‘planish darajasini umumiy ravishda o‘rganish uchun tananing quyidagi qismlarida teri-yog‘ qavati qalinligini o‘lchash lozim.
1) Kurak suyagining pastki burchagida. Bunda teri-yog‘ qavati qalinligi o‘ng kurak ostida qiyalab o‘lchanadi (yuqoridan pastga, ichkaridan tashqariga).
2) Yelkaning orqa yuzasida. Bunda teri–yog‘ qavati qalinligi qo‘llar tushirilgan holatda yelkaning yuqori qismida, uch boshli muskul sohasida, uning ichki chegarasi yaqinida o‘lchanadi. Terida burma o‘ng qo‘lda vertikal holatda hosil qilinadi.
3) Yelkaning oldingi qismida. Bunda teri–yog‘ qavati qalinligi o‘ng qo‘lda yelkaning yuqori qismida, ikki boshli muskul sohasida, yelkaning orqa yuzasida o‘lchangan holatdagi kabi o‘lchanadi. Terida burma vertikal ravishda hosil qilinadi.
4) Bilakning oldingi yuzasida. Bunda o‘ng bilakning ichki yuzasidagi burmalar o‘lchanadi (bilakning kengaygan joyida). Burmalar vertikal ravishda o‘lchanadi.
5) Ko‘krak qafasining oldingi yuzasida. Bunda teri–yog‘ qavati qalinligi ko‘krak qafasining o‘ng tomonidagi muskullarda qo‘ltiqning oldingi sohasida o‘lchanadi. Burmalar qiya holatda hosil qilinadi, ya’ni yuqoridan pastga, tashqaridan ichkariga tomon.
6) Qorinning oldingi devori yuzasida. Bunda burmachalar kindik sohasida, undan o‘ng tomonda 5 sm masofada o‘lchanadi. Odatda burmachalar vertikal holatda olinadi, agar vertikal o‘lchash qiyinchilik tug‘dirsa, gorizontal holatda ham olish mumkin.
7) Son orqasida. Bunda tekshiriluvchi stulda o‘tirgan holda, oyoqlar tizza bo‘g‘imidan to‘g‘ri burchak ostida bukilgan holatda o‘lchanadi. Burmachalar o‘ng sonning yuqori qismida, oldingi lateral yuza sohasida, qov sohasiga parallel ravishda yoki undan biroz pastroqda o‘lchanadi.
8) Boldir sohasida. Bunda tekshiriluvchi xuddi son yuzasini o‘lchashda o‘tirganidek holatda o‘tiradi. Burmachalar o‘ng sonning yuqori qismida, orqa lateral yuzada, deyarli vertikal holatda olinadi. Burmachalar tizza chuqurchasining pastki burchagi sohasiga to‘g‘ri kelishi lozim.
Muskul massasini aniqlash. Inson tanasidagi nisbatan metabolik faol to‘qimalar, ya’ni birinchi navbatda muskul massasining absolyut massasini aniqlash uchun Mateyka formulasidan foydalanish mumkin:
M = L • r2 • k
bunda M – muskul to‘qimasining absolyut massasi (kg), L – tana uzunligi (sm), r – yelka, bilak, son, boldirning teri hamda teri osti yog‘ qavatisiz o‘rtacha arifmetik qiymati, k – 6,5 ga teng konstanta.
Ushbu formuladagi r ning qiymati quyidagicha aniqlanadi.
r = yelka, bilak, son, boldir aylanasining yig‘indisi / 25,12 - yelka, bilak (orqadan va oldindan), son, boldirning teri osti yog‘ qavati qalinligi yig‘indisi / 100;
Yelka, bilak, son va boldir aylanasi santimetrli lenta yordamida o‘lchanadi. Buning uchun lenta tananing tegishli ochiq joyiga ikki uchi birlashtirilgan holatda qo‘yiladi va aylana kattaligi o‘lchanadi. Odatda tana qismlari aylanasi yo‘g‘on sirkul yordamida ham o‘lchanadi. Tanadagi muskul massasini fiziologik (asosiy almashinuv ko‘rsatkichlari bo‘yicha) hamda biokimyoviy (suv komponentini aniqlash orqali) yo‘llar bilan ham bilvosita aniqlash imkoniyatlari mavjud. Zero muskul to‘qimasi asosiy kislorod sarflovchi a’zo hisoblanadi va undagi suv miqdori yuqori bo‘ladi. Aniqlanishicha, bir xil jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan kishilarda asosiy almashinuv darajasi muskullarning taraqqiy etish darajasiga qarab o‘zgaradi. Tadqiqotlarda tana massasi tarkibiy qismlari va fiziologik ko‘rsatkichlarga asoslanib muskul massasi kattaligi aniqlangan va uning asosiy almashinuvga bog‘liq ekani isbotlangan. Bundan kelib chiqadiki, muskul massasini asosiy almashinuv kattaligidan kelib chiqib aniqlash mumkin.
Suyak to‘qimasi massasini aniqlash. Suyak to‘qimasining absolyut massasini amaliyotda aniqlash uchun odatda Mateyka formulasidan foydalanish mumkin:
O = L02 • k;
bunda O – suyak to‘qimasining absolyut massasi (kg), L – bo‘y uzunligi (sm), o2 – yelka, bilak, son, boldir diametri o‘rtacha kattaligining kvadrati, k – konstanta, 1,2 ga teng. Kerak bo‘lganda suyak to‘qimasi miqdorining tana massasiga nisbatan ulushini hisoblab topish mumkin (12, 13).
Suv miqdorini aniqlash. Umumiy suv miqdorini analitik usullar bilan aniqlashning eng ishonchlilaridan biri Osserman tomonidan taklif etilgan formula yordamida aniqlashdir. U quyidagi ko‘rinishga ega:
d = 1,1017 – 0,000282 • x1 – 0,000736 • x2 – 0,000838 • x4
bunda d – tananing solishtirma og‘irligi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, organizmdagi ayrim fiziologik ko‘rsatkichlar boshqa ko‘rsatkichlar uchun asos sifatida xizmat qilishi mumkin. Masalan, ayrim mualliflar yog‘ hamda suv miqdorini aniqlash uchun ayrim antropometrik ko‘rsatkichlar – tana massasi va bo‘y uzunligini hisoblashni taklif etishgan. Bunda organizmdagi suv miqdori bilan tana massasi o‘rtasida to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘liqlik mavjudligi hisobga olinadi (12, 13).
Tana massasi va bo‘y uzunligini o‘lchash. Ma’lumki, tana massasi va bo‘y uzunligini aniqlashda oddiy vositalardan foydalanish mumkin. Hozirgi paytda tana massasini o‘lchash uchun elektron tarozilar ishlab chiqilgan.
Tekshiriluvchilarning tana massasi meditsina tarozisi yordamida aniqlanadi. Bu tarozi yordamida 125 kg gacha bo‘lgan tana massasini aniqlash mumkin bo‘lib, uning aniqlik darajasi 0,1 kg ga teng. Sportchilarning tana massasi ichki kiyimda, hech qanday jismoniy faollik bajarilmagan paytda, shuningdek nonushta, tushlik kabi ovqatlanish omillarining ta’siri kuzatilmaydigan holatda aniqlanadi. Tarozi tekis joyga joylashtirilib, tana massasi o‘lchangandan so‘ng aniqlangan natijalar qayd qilib boriladi.
Tekshiriluvchilarning bo‘y uzunligi bo‘y uzunligini o‘lchash uchun mo‘ljallangan rostomer yordamida o‘lchanadi. Buning uchun maxsus jihozlangan devordan 70 sm oraliq o‘lchanib, rostomer mahkam o‘rnatiladi (rostomerning pastki qismi 70 sm dan boshlab o‘lchanishi uning talabnomasida ko‘rsatilgan). Sportchilarning bo‘y uzunligi oyoq kiyimlar yechilgan holatda aniqlanilishi lozim.
Tana yuzasi esa tana massasi hamda bo’y uzunligi asosida ishab chiqilgan tegishli formula yordamida aniqlanadi.
Kurash usullari o’rtasidagi ichki bog’liqliklar tizimlashtirish asosida ko’rib chiqiladi. Tizimlshatrish - bu kurash texnikasini bir tizimga solish, ma’lum bir tartibda joylashtirish, ma’lum bir ketma-ketlikni belgilash demakdir.
Tizimlashtirishda, tasniflashdan farqli ravishda (chunki uning davomida ko’rib chiqilayotgan obyektlar ularning o’xshashligi va o’zaro bog’liqligini hisobga olgan holda u yoki bu bo’linmaga ta’lluqli bo’ladi) obyektlar ularning ketma-ketligini aniqlash, belgilash uchun bir-biri bilan taqkoslanadi. Tizimlashtirish ushbu tasnifiy sxema imkoniyatlarini ochib beradi, uning kamchiliklarini ko’rsatadi.
Sport kurashini tasniflash va tizimlashtirishning vazifasi kurash mohiyatini aks ettirish hisoblanadi. Tasniflash va tizimlashtirishni tushunchalarni (tashlash, o’tkazish, yiqitish, ag’darish va h.k.) aniqlash bo’yicha oldindan ish bajarilmasdan turib, amalga oshirilmaydi.
Yaxshi tuzilgan tasniflash ilmiy asoslangan atamalarni yaratish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Kurash atamashunosligi - bu mutaxassislar o’zlarining ilmiy va pedagogik ish faoliyatlarida foydalanadigan atamalar yig’indisidir.
Mazkur ko’pgina fanlarni tasniflash va tizimlashtirish asosida tuzilgan atamashunoslik fan mohiyati to’grisida ma’lumotlar beradi hamda maqsadli ravishda takomillashtirish imkoniyati mumkin. Bunday atamashunoslik ilmiy asoslangan atamashunoslik deb ataladi.
Shunday qilib, tasniflash, tizimlashtirish va atamashunoslik to’g’risida fikr yurtiligan paytda, ularning mana shu tartibda sanab o’tilishiga e’tibor berib, undagi tasniflash bo’yicha ish ketma-ketligini ko’rish mumkin. Ya’ni avval tasniflash bajariladi, uning natijasida ma’lum bir tizim hosil bo’ladi, so’ngra esa uning asosida hamma kurash usullarining ilmiy asoslangan nomlari (atamalari) beriladi.
Kurashning har xil turlari umumiy qonuniyatlarga (A.P.Kupsov bo’yicha) ega hamda ular quyidagilardan iborat:
1. Kurashda ikkita sportchi qatnashadi, ulardan har biri usullar yoki qarshi usullar yordamida o’z raqibi ustidan g’alabaga erishadi. Shunday qilib, kurashning har bir alohida daqiqalarida hujum qilayotgan va hujum qilinayotgan kurashchi, ya’ni usul yoki kombinasiya bajarayotgan kurashchi va ustidan usul hamda kombinasiya uyushtirilayotgan kurashchi mavjud (qarshi hujumni bajarayotgan kurashchi qarshi hujumchi deb ataladi).
2. Har bir kurashchi harakat faoliyatining asosiy vazifalaridan biri - bu tanlangan holatni saqlab turishdir.
3. Hujum qilayotgan kurashchining vazifasi raqibning gilamga nisbatan holatini o’zgartirish uchun uni muvozanatdan chiqarishdan iborat. Bunda kurashchilarni bir-biriga nisbatan holatlari turli xilda o’zgarib turishi mumkin.
4. Gilamga nisbatan holatni o’zgartirish shu bilan yengillshatiriladiki, bunda kurashchilarning gilamga qaratilgan og’irlik kuchidan foydalaniladi.
5. Raqib gavdasining ma’lum bir berilgan nuqtasiga zarur kuch berish (ya’ni kuch momentlarini hosil qilish, kuch juftligini yaratish, og’irlik kuchlari va inersiya momentlaridan foydalanish) har bir usulning biomexanikaviy asosini tashkil qiladi.
6. Usul kuch bo’yicha g’olib bo’lishga imkon beradi va bir nechta qismlardan iborat: tayyorgarlik harakati, ushlab olish, asosiy harakat, hujum hamda yakunlovchi holatlar.
7. Har bir usul o’zgartirilishi va dinamik vaziyat hamda raqib xususiyatlariga qarab murakkablashtirilishi mumkin.
8. Har bir usul o’zining marom - sur’at tavsiflariga ega. U bellashuvning u yoki bu vaziyatlarida yoki butun bellashuvda o’zgartirilishi mumkin.
9. Har bir usulni bajarish joyi kurash gilami o’lchamlari bilan chegaralangan.
Har xil kurash turlarining mazmuni, alohida har bir kurash turida kurashchilarning harakatlari o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligiga qaramasdan, umumiy asosga ega va bir xil belgilariga qarab tasniflangan.
Kurash texnikasi asosiy usullarining yagona tasnifi va tizimini ishlab chiqishda quyidagi vazifalar oldinga qo’yilgan:
- kurash texnik harakatlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning turli-tumanligi va murakabligini ochib bergan holda uning mohiyatini aks ettirib;
- gilamda sodir etilayotganlarni kurash turiga qiyoslamagan holda aks ettirish;
- hamma kurash turlari uchun umumiylikni aniqlashga yordam berish;
- har bir kurash turining o’ziga xos hususiyatlarini saqlab qolish;
- har bir kurash turiga boshqa turlardan (shu qatorda milliy kurashdan) eng yaxshi usullarni o’zlashtirish imkonini yaratish;
- asosiy texnika usullarini “maktabdagi bajarish” ga tasniflash;
- hamma kurash turlari uchun umumiy bo’lgan texnika tushunchalari hamda ta’riflarni tuzish va har bir turning umumiy tamoyillarga asoslangan atamashunosligini yaratishga yordam berish.
Sport kurashidagi yagona tasniflash va tizimlashtirishning asosiy xususiyati shundan iboratki, uning hamma darajalari har qaysi sport (shu qatorda milliy) kurashi turi texnikasining bosqichma-bosqich ifodasi hisoblanadi hamda ko’p sonli elementlarni tartibga solishga yordam beradi.
Birinchi daraja - sinflar - kurash qanday holatda amalga oshirilayotganligini ko’rsatadi.
Ikkinchi daraja - kichik sinflar - kurashda nima bajarilayotganligini (tashlash, o’tkazish, ag’darish va h.k.) ko’rsatadi.
Uchinchi daraja - guruhlar - usul, ya’ni hujum qilayotgan kurashchilarning usullarni bajarish paytidagi mumkin bo’lgan asosiy harakatlari turlari qanday bajarilayotganligini ko’rsatadi. Masalan, tashlashlar oldinga engashib, orqaga egilib, burilib va h.k. bajariladi.
To’rtinchi daraja - kichik guruhlar - mumkin bo’lgan qo’l bilan ushlab olishlar, oyoqlar bilan harakatlanishlar hamda usullarni bajarishning boshqa xususiyatlarini, ya’ni guruh ichidagi usullarning o’zining variantliligini ko’rsatadi.
Tizimning shunday tuzilishidan foydalanib, hamma usullar nomini hosil qilish hamda bajarish murakkabligining ortib borishiga qarab, ularni bir tartibda tizib chiqish mumkin. Bu ham tizim hisoblanadi. Gilamda bajarish mumkin bo’lgan har qanday texnik xarakat ushbu tasniflash jadvaliga kiritilgan.
Usullar nomini shakllantirishda birinchi daraja, ya’ni tik turish yoki parterda bajarish ko’rsatilmaydi. Bu narsa nazarda tutiladi yoki agar gap ham tik turishda, ham parterda mavjud bo’lgan usullar (masalan, tashlashlar) to’g’risida borsa, ushbu hollarda qo’shimcha tushuntiriladi. Har bir usulning nomi ikkinchi darajadan, ya’ni kichik sinfdan shakllana boshlaydi.
Usullarning xar bir to’liq nomlanishidan uchta tasniflash darajasiga muvofik bo’lgan va shu tarika ushbu usulning umumiy tizmdagi o’rnini ko’rsatib beruvchi uchta qism bo’lishi lozim.
Usullarni ta’riflash uchun quyidagilarni bilish zarur:
1. Gilamda nima bajarildi (tashlash, o’tkazish, ag’darish va h.k.), ya’ni usul qaysi kichik guruhga taalluqli (2-daraja).
2. Usul qanday bajarildi (orqaga egilib, oldinga engashib), ya’ni hujum qilayotgan kurashchining asosiy harakatini tavsiflovchi usul qaysi guruhga taalluqli (3-daraja).
3. Usul qanday ushlab olish va boshqa xususiyatlar bilan bajarildi, ya’ni ushbu holda usulning qanday varianti nazarda tutiladi (4-daraja).
Masalan, qo’llar va gavdadan ushlab olib (4-daraja) orqaga egilib (3-daraja) tashlash (2-daraja).
Shunday qilib, yagona tasniflash asosida yagona usuliyat bo’yicha ishlab chiqilgan sport kurashi atamashunosligi mutaxassislarning butun ilmiy-usuliy va sport-pedagogik faoliyati uchun o’ta muhim ahamiyatga ega.
Sport kurashining asosiy tushunchalari va atamalari.Tushunchalar va atamashunoslikda har qanday fanni o’rganish va o’qitish predmeti ochib beriladi, fanda to’planayotgan bilimlar jamlanadi. Agar tushuncha to’liq ta’rifga ega bo’lsa, ya’ni uni tuzish hamda ishlatish farqlari va usullari mezonlarining qisqa ifodasi berilsa, bunday tushuncha to’liq hisoblanadi. Sport kurashida foydalaniladigan quyidagi asosiy tushunchalar va atamalarni ta’riflashda shu narsaga e’tibor qaratish lozimki, ilmiy-usuliy adabiyotlar hamda amaliyotda ularning yagona ta’rifi yo’q.
Kurashchilar tayyorgarligi tizimi - yaxlit birlikni tashkil qiluvchi va maqsadga erishishga yo’naltirilgan o’zaro bog’liq bo’lgan elementlar yig’indisidir, ya’ni bu jahonning kuchli kurashchilarining model tavsiflariga javob bera oladigan va eng yuqori natijalarni ko’rsatishga qodir sportchilarni tayyorlashga qaratilgan tadbirlar kompleksidir.
Kurashchining mashg’uloti - bu tayyorgarlik tizimining tarkibiy qismidir, yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan tizimlashtirilgan vositalar hamda uslublar yordamida sportchi rivojlanishini boshqarishning pedagogik jihatdan tashkil etilgan jarayonidir.
Mashg’ulot faoliyati - trenirovka maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish bo’yicha trenerlar jamoasi hamda kurashchilarning birgalikdagi faoliyatidir.
Sport musobaqalari - kurashchi tayyorgarligi tizimining tarkibiy qismidir. Ular trenirovka maqsadlari hamda uning samaradorligi mezoni bo’lib xizmat qiladi, boshqa tomondan esa, ular maxsus musobaqa tayyorgarligining samarali vositasi hisoblanadi.
Sportchining texnik tayyorgarligi - kurashchining musobaqa faoliyatida yuqori ishonchliligini ta’minlaydigan harakat malakalarini egallashga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Sportchining taktik tayyorgarligi - musobaqa faoliyatida texnik harakatlarni oqilona qo’llash malakasini egallashga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Kurashchining jismoniy tayyorgarligi - jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish va funksional imkoniyatlarni oshirish, texnik-taktik harakatlarning samarali egallanishini ta’minlaydigan hamda musobaqa faoliyatida yuqori darajadagi ishonchlilikka yordam beradigan tayanch-harakat apparatini mustahkamlashga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Kurashchining ruhiy tayyorgarligi - ma’naviy, iroda va sport kurashining o’ziga xos xususiyatlariga mos bo’lgan hamda musobaqa faoliyatida yuqori darajadagi ishonchlilikni ta’minlashga qodir ruhiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Kurashchining nazariy tayyorgarligi - sportchini trenirovka va musobaqa faoliyati samaradorligini oshiradigan maxsus bilimlar bilan qurollantirish.
Kurashchining integral tayyorgarligi - samarali musobaqa faoliyatini ta’minlash maqsadida texnik, taktik, ruhiy, nazariy va jismoniy tayyorgarlik bo’yicha trenirovka ta’sirlarining integrasiyalashuviga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Mashg’ulot yuklama - mashg’ulotlar jarayonida kurashchiga trenirovka orqali ta’sir ko’rsatishning son ko’rsatkichlarini aks ettiruvchi trenirovkaning tarkibiy qismidir.
Musobaqa yuklama - musobaqa faoliyati hajmi va shiddatining son miqdoridir. Kurashchining asosiy holatlari. Kurashchining asosiy holatlari - sport tayyorgarligi jarayonida kurashchilar tomonidan qo’llaniladigan holatlardir.
Tik turish - kurash olib borish uchun zarur bo’lgan, kurashchining tik oyoqlarda turgan holatidir. O’ng, chap tomonlama, yalpi, past va baland tik turish ajratiladi. Ular yaqin, o’rta va uzoq masofalardan turib qo’llaniladi.
O’ng tomonlama tik turish - kurashchining (raqibga nisbatan) o’ng oyog’ini oldinga chiqarib turgan holatidir.
Chap tomonlama tik turish - kurashchining chap oyog’ini oldinga chiqarib turgan holatidir.Yalpi tik turish - kurashchining tik turishdagi holati bo’lib, bunda uning oyoq kaftlari gavdasining yalpi tekisligida turadi.
Baland tik turish - tik turishda butun bo’yi bilan yoki bir oz egilgan holda turgan kurashchining holatidir.Past tik turish - kurashchining tos-son bo’g’imlarida bukilib (oyoqlarni tizzalardan bukkan holda) tik turishdagi holatidir.
Parter - kurashchining qo’llari bilan gilamga tiralib, tizzalarda turgan holatidir.Parterda pastdagi va yuqoridagi kurashchi holatlari ajratiladi.
Ko’prik - shunday holatki, bunda kurashchi, egilib, peshonasi hamda yelka kengligida yozilgan oyoq kaftlari bilan gilamga tiraladi.
Kurashchining texnik harakatlari.Kurash texnikasi - kurashchining g’alabaga erishish uchun qo’llaniladigan, qoidalarda ruxsat berilgan harakatlari yig’indisidir.
Usul - kurashchining g’alabaga yoki raqib ustidan ustunlikka erishish uchun hujum qilinayotgan kurashchi holatini gilamga nisbatan o’zgartirishga qaratilgan harakatidir.Himoyalanish - kurashchining hujum qiluvchi tomonidan amalga oshirilayotgan usulni to’xtatib qolishga qaratilgan harakatidir.
Qarshi usul - kurashchining raqib usuliga qarshi javob usulini bajarishga qaratilgan harakatidir.
Tashlashlar. Oldinga engashib - usul bo’lib, uning natijasida raqibni gilamdan ko’tarib, vertikal holatdan gorizontal holatga o’tkazadi.
Yelkadan oshirib (burilib) - usul bo’lib, bunda kurashchi raqibni qo’llari, qo’l va oyog’i, boshi va oyog’i, kiymidan ushlab olib, tutib turgan yelkalardan oshirib gilamga tashlaydi.
Kurashchining taktik harakatlari. Sport kurashi taktikasi - bu bellashuvlar va musobaqalarda yuzaga kelgan muayyan vaziyatlarda raqib xususiyatlarini hisobga olgan holda texnik iroda va jismoniy imkoniyatlardan mohirona foydalanishdir.
Hujum uchun tayyorgarlik harakatlari - bu hujum harakatini bajarish uchun zarur bo’lgan raqibning kutilayotgan va himoyalanish harakatini keltirib chiqarish maqsadida bajariladigan kurashchining hujum harakatlaridir.
Taktik tayyorgarlik usullari - kurashchi harakatlari bo’lib, ular yordamida u hujum yoki qarshi xujum uchun qulay sharoitlarni yaratadi.
Razvedka - kurashchining raqib to’g’risida ma’lumot olishga qaratilgan taktik harakatlaridir. Niyatni yashirish - kurashchining taktik harakati bo’lib, uning yordamida u raqibdan o’zining asl niyatlarini yashiradi.
Xafv solish - kurashchining raqibni himoyalanishga o’tishga majbur qiluvchi taktik harakatidir.
Aldamchi harakat (aldash) - hujum qiluvchi tomonidan oxiriga yetkazilmaydigan va raqibni himoyalanishga majbur qiladigan usullar, qarshi usullar, ushlab olishlar, siltashlar, turtishlar va boshqa harakatlar.
Qo’shaloq aldash - kurashchining taktik harakati bo’lib, haqiqiy usulni raqibga aldamchi usul sifatida ko’rsatadi.
Chorlash - kurashchining taktik harakati bo’lib, shu orqali u raqibni faol harakatlarga o’tishga majbur qiladi. Teskari chorlash - kurashchining taktik harakati uning faol harakatlarni to’xtatib, raqibni ham shunday harakatlarga chorlash maqsadida amalga oshiradigan harakati.
Cheklab qo’yish - kurashchining raqib harakatlari erkinligini cheklab qo’yadigan taktik harakatlari.
Takroriy hujum - bir xil harakatlarni ketma-ket bajarishdan iborat bo’lgan taktik harakat. Ushbu ketma-ket uyushtirilgan harakatlar ichida faqat oxirgisi hal etuvchi, qolganlari esa aldamchi harakat hisoblanadi.
Muvozanatdan chiqarish - kurashchining taktik harakati bo’lib, u raqibni nomustahkam holatni egallashga majbur qilish bilan birga kurashchiga hujumni bajarish uchun qulay vaziyatni yaratadi.Usullar kombinasiyalari - usullar uyg’unligi bo’lib, bunda boshlang’ich usullar keyingilarini bajarish uchun qulay dinamik vaziyat yaratadi.
Yuqorida sanab o’tilgan tushunchalar va atamalar sport kurashi nazariyasi hamda usuliyatida keng qo’llaniladi. Taklif etilayotgan atamalar o’zgarmas va qat’iy emas. U keyinchalik, shubhasiz, sport fanining rivojlanishi hamda yangi talablariga muvofiq qisman o’zgartirib turilishi mumkin
Jismoniy mashqlarni klassifikatsiyalash ularni bir-biriga bog’liq bo’lgan guruxlarga bo’lish demakdir. Bu guruhlardagi mashqlarning ba’zi xususiyatlari umumiy bo’lishi lozim. Jismoniy mashqlarni klassifikatsiyalashni amaliy qiymatni bu mashqning umumiy qaysi xususiyati umumiy xususiyat sifatida qabul qilinishi hamda mazkur xususiyat qanday muhim jixatlari bilan klassifikatsiyalashning asosi qilib olinishi bilan belgilanadi.
Hozirgi kunda jismoniy tarbiya vositalarining tarixan tarkib topgan tizim va ularning qo’llanilish metodlari asos qilib olingan klassifikatsiya amaliy jixatdan o’zini oqlagan klassifikatsiyalardan biri sifatida namayon bo’ladi.
Milliy sport kurashida ham mashq materiallarining ko’pligi hamda xilma-xilligiga ko’ra, o’z navbatida yana ham mayday klassifikatsion birikmalarga bo’linadi. Amalda ko’pincha mashqlarning ularning jismoniy qobiliyatlari (kuch, chaqqonlik, chidamlilik va egiluvchanlikni) o’stirish uchun bo’lgan ahamiyatga qarab klassifikatsiya qilinadi. Turli belgilarga qarab tuziladigan klassifikatsiyalashning ko’p turlari ularni amaliy ahamiyatini inkor etmay, mavjud ko’p mashqlarni bilib olishga, tizimga tushirishga yordamlashadi. Kurashda qo’llaniladigan amallarni, uslublarni guruhlari bo’yicha klassifikatsiya chegarasidan chiqmasdan bir xil tartibga solishni tuzimga tushirilgan deyishadi.
Respublika sport qo’mitasi, butunitifoq sport klassifikatsiyasiga asoslanib milliy sport kurashi bo’yicha musobaqalar qoidasini va sport ustasi unvonini tasdiqlash to’g’risida 1997 yil qaror qabul qildi.
Shundan keyin milliy kurash respublikada to’liq huquqli sport turiga aylandi. Hozirgi vaqtda jamoa birinchiligidan tortib, jumhuriyat miqiyosigacha musobaqalar o’tkazilmoqda.
O’zbek milliy kurash sport klassifikatsiyasi butunittifoq sport klassifikatsiyasiga qarab tuzilgan. Milliy kurash bo’yicha yangi sport klassifikatsiyasi respublika milliy kurashini yanada rivojlantirishga, jismoniy tayorgarlikni o’quv va tarbiya ishlari sifatini oshirishga ta’sir ko’rsatish kerak.
1. Sport unvonlari va razryadlari:
Milliy kurash bo’yicha quyidagi unvonlar va sport razrydlari beriladi:
Sport unvonlari:
a) O’zbekiston faxriy sport ustasi.
b) O’zbekiston sport ustasi.
c) O’zbekiston sport ustasiga nomzod.
d) Birinchi razryad
e) Ikkinchi toifa
f) Uchinchi toifa
g) Birinchi yoshlar toifasi
h) Ikkinchi yoshlar toifasi
O’zbekiston sport ustasi 18 yoshga va undan katta yoshdagi kurashchilarga shu unvonga belgilangan norma va talabalarni bajargan, har doim musobaqalarga o’z fizkultura jamoasi nomidan tushadigan, jismoniy tarbiya sog’lamlashtirish ishlarida faol qatnashuvchilarga beriladi.
Sport ustaligiga nomzod 1-2-3 sport unvonlari 16 va undan katta yoshdagi kishilarga beriladi. O’smirlar unvonlari ikki yilgacha haqiqiy hisoblanadi, unvonga ega sportchi o’z unvonodan yuqori turadigan sportchilar bilan olishuvga haqlidir. Unvon olish uchun musobaqa tushib shu unvon talablarini bajarish zarur.
2. Toifani bajarish talablari.
1. O’zbekiston faxriy sport ustasi 15 ta “O’zbekiston sport ustasi” tayorlagan trenerlarga, 10 yil ichida O’zbekiston birinchiligida yuqori natijaga erishgan kurashchilarga yoki 10 yil milliy kurash federatsiyasida ishlagan kishilarga beriladi.
2. “O’zbekiston sport ustasi” unvoni O’zbekiston birinchiligida birinchi o’rinni yoki O’rta Osiyo va Qozoqiston birinchiligida birinchi o’rinni egallagan va ikki marta yoshlar o’rtasida resrublika g’olibi bo’lgan, atoqli polvonlar nomiga o’tkaziladigan an’anaviy turnirlarda ikki marta g’olib chiqqan sportchiga beriladi.
3. “Sport ustasi nomzodi” unvoni yoshlar o’rtasida resrublika birinchiligida birinchi o’rinni, resrublika miqiyosidagi ochiq turnirlarda birinchi o’rinni olganlarga, viloyat chempionlarga, Toshkent shahar chempioniga va RDFSO birinchiligi g’olibiga beriladi.
4. Sport unvoni va razryadlari berish tartibi.
“O’zbekiston faxriy sport ustasi” yoki “O’zbekiston sport ustasi” unvoni O’zbekiston Davlat sport qo’mitasi va O’zbekiston kurash federatsiyasi buyrug’i bilan beriladi.
O’zbekiston sport ustasi va razryadlar oldindan tuzilgan sport klassifikatsiyasi asosidagi normativlarni bajargan taqdirda taqdim etiladi.
“O’zbekiston sport ustasi” unvoni berilishida Resrublika toifasidagi hakamlar bo’lishi shart.
Razryadlar berilishida esa quyidagi sudiyalar sastavi bo’lishi lozim.
Sport ustaligiga nomzodlikka, I razryadlikka tavsiya etishda 1 ta respublika toifasidagi hamda 3 ta 1 kategoriyasidagi sudyalar:
2- razryadga – 2 ta I – kategoriyasidagi va 3 ta sport sudyasi. 3 – razryadda va o’smir razryadi uchun – 2 ta sport sudyasi bo’lishi kerak. Birinchi sport razryadi bir yil mobaynida 10 ta 1 – razryadli kurashchi ustidan g’olib kelsa yoki 6 ta sport ustaligiga nomzodlar ustidan g’alaba qilganlarga beriladi. Ikkinchi sport razryadi bir yil moboynida 8 ta 2- razryadli kurashchilar ustidan g’alaba qilgan kurashchiga taqdim etiladi. Uchinchi sport razryadi bir yil moboynida 6 ta razryadsiz o’smirlar ustidan g’alaba qilgan kurashchiga taqdim etiladi. Birinchi o’smir razryadi – bir yil moboynida 8 ta 4 – razryadli kurashchilar yoki 12 ta 2 – razryadli o’smirlar ustidan g’alaba qilgan kurashchiga beriladi.
Kurashchilarga qo’yiladigan gigenik talablar.
1. Kundalik sport rejimiga rioya qilish.
2. Tana, qo’l, tirnoqlar, to’n va poyafzalni toza tutsh.
Kurashchilar trenirovkaga kelganda tanasi, oyoq-qo’llari toza bo’lishi, trenirovkadan keyin sovun va mochalka bilan dushda yuvunishi shart! Boshda soch qisqa olingan bo’lsa yanada yaxshi.
3. Triko, bandaj, plavki va paypoqlar haftada bir marta, to’n mashg’ulotdan so’ng qurishi va 15-20 kunda bir yuvilishi lozim.
4. Og’iz bo’shlig’ini kuzatib boorish buning uchun kunda tishlarni tozalash va vaqtida davolash kerak.
Zalni jihozlashda chang va kirdan tezda tozalanishi hisobga olish kerak. Vaholangki, chang, kir va mikroblarni zalga tashqaridan havo va kurashchilarning o’zlari olib kirishadi. Demak, zaldagi havoni tez almashtirish zarur. Yechinish xonasi zalning yonida bo’lsa yanada yaxshi, kurashchilarga, sport formada to’g’ri zalga o’tishadi. Xojatxona ham zalga yaqin bo’lishi kerak. Zaldagi havoning tempiraturasi 16-18 darajadan oshmasligi, shiftda katta lampalar o’rnatilishi xona va gilam satxiga odikolon yoki lizola sepish tavsiya etiladi. Shunday qilganda shugullanuvchilar furinkulizm va boshqa kasalliklarga kam chalinadilar. Trenirovkalardan so’ng zal tozalanishigilam usti supirilishi yoki xo’l latta bilan artilishi, kiraverishda esa gilamcha yoki sholchani xo’llab tashlab qo’yish kerak.
Kurash xonasining not’g’ri jixozlanishi va gilamning nobobligi jaroxatlanishga olib kelishi mumkin. Notekis gilam matlar orasining ochiqligi tarang tortilmaslik yoki yirtiq choyshab ham jaroxatga olib keladi. Agar gilam qattiq bo’lib chetlari to’shaklar bilan qoplommasa yoki gilam devoruga yaqin bo’lsa unday hollarda jarohatlanish, suyaklarning sinish, miya chayqalishi sodir bo’ladi.
Kichkina gilamda katta gurux mashq bajarganda ham jarohatlanish mumkin. Vaholanki, har bir kurashchiga gilamda 4x2 maydon to’g’ri kelishi kerak.
Bundan tashqari inventardan foydalanish jarohatga sabab bo’ladi. Misol shtangani qulfsiz ko’targanda o’qdagi disk oyoqqa tushishi yoki gimnastik asbob-uskunalarning buzuqligi yiqilishga olib keladi. Sovuq yoki issiq obi-havoda extiyotkorlik bilan shug’ullanish kerak.
Birinchisida keskin xarorat natijasida paylarning cho’zilib qolishi yoki mushak bo’g’inlari yirtilishi mumkin. Ikkiinchisida kurashchi tez charchaydi, oqibatda harakat koordinatsiyasi buziladi. Xona ichi juda yorug’ bo’lsa kurashchining ko’zi toliqadi diqqati buziladi.
Xolbuki, mashg’ulot oldidan trener gilamni, inventar va asboblarni ko’zdan o’tkazish lozim. Kurash mashg’ulotlarini o’tkazishda quyidagi talablariga amal qilish lozim:
1. Mashg’ulotlar ovqatlanish yoki ishdan 2 soatdan so’ng boshlanishi kerak. Mashg’ulot uyqudan avval 2 soat tugashi kerak.
2. Mashg’ulotlar orasi shunday bo’lishi lozimki kurashchining organizmi yetarlicha dam olib o’ziga kelsin.
3. Mashg’ulotlar jadvalini shunday tuzish kerakki, mashg’ulot orasidagi tanaffusda zalni tozalash inventar va jixozlarni matda ta’mir qilishga vaqt qolsin.
4. Zalda faqat bir gurux shug’ullanishi mumkin. Bir necha gurux bo’lganda diqqat-e’tibor, sochilib, jarohat sodir bo’ladi.
5. Trener 12-15 kurashchiga raxbarlik qilishi maqsadga muvofiqdir. Shunday qilganda trener kurashchilar bilan yakka ishlashi ularning xatolarini vaqtida tuzatib bora olishi mumkin bo’ladi. Chunki o’z o’rnida tuzatilmagan xato jaroxatga sabab bo’ladi.
6. Xar bir guruh yoshi, jismoniy va sport tayyorgarligi jixatidan barobar kurashchilar bilan shug’ullanishi lozim. Aks xolda gilamdagi tengsiz bellashuv jaroxatlanishga olib keladi. Kurashchining texnik, taktik tayyorgarligi va o’rganish usuliyoti
Kurashda usullar texnikasi va harakatlar taktikasi bir butun holatda namoyon bo’ladi. Texnika-kurash priyom-larini bajarish uslubi, taktika esa kurash vaqtida turli xil vazifalarni hal etish uchun texnik harakatlarini qo’llash usulidir. Bunda o’zi hamda raqibining imkoniyatini hisobga olish kerak, albatta.
Kurashish usullari va harakatlariga o’rgatish, ularni takomillashtirishni quyidagi prinsip asosida ya’ni priyom harakatlariga o’rgatish va ularni takomillashtirish har bir priyom va harakatlarni ularni kombinatsiyalarini tushunish asosida olib borish lozim.
Texnik tayyorgarli – o’quv-trenirovka protses-sining eng muhim tomoni. O’quv yillari davomida takomillashti-riladi va individuallashtirib boriladi. SHuning uchun ham unga katta e’tibor beriladi. Sportchining texnikasi qanchalik boy bo’lsa, hamda u kurashdagi ayrim priyomlar va harakatlarning taktik ma’nosini qanchalik yaxshi tushunsa, uning taktik mahorati shunchalik yuqori bo’ladi.
Kurashchining texnik tayyorgarlik darajasining yuqori bo’lishligi bu texnik tayyorgarlikka, ya’ni kurash sohasidagi harakat ko’nikmalarini konkret ravishda tarkib topdirish, ularni takomillashtirish, shu bilan birga eng muhim jismoniy va irodaviy sifatlarni rivojlantirishga bog’-liq ekanligiga asoslanishi kerak. SHu sababli kurash maktabi bilan belgilangan harakat priyomlari va ish ko’rish usullarini tarkib topdirish va takomtllashtirishda faqat usullar texnikasini egallab olish emas, balki turli raqiblar kurashganda, shu texnikani mohirona qo’llash muhimdir. Bu – sportchi kurash texnikasini yuksak darajada egallangan bo’lishi va kurash vaziyatida g’alabaga erishish uchun mana shu texnikani mohirona qulay bo’lishi, ya’ni ragba-rang taktikaga ega bo’lishi kerak, degan gapdir. Bularning hammasi texnika va taktika bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’lanibgina qolmay, balki axloqiy va irodaviy tayyorgarlik jihatidan ham o’zaro bog’liq ekanligidan dalolat beradi.

Usul tizimlari va texnik harakatlar klassifikatsiyasi


Kurashchining texnik usullari haqida umumiy tasavvurga ega bo’lish uchun tayyorlovchi va asosiy gruppalar berilgan. Usullarni tayyorldovchi gruppasida kurashchining asosiy holativa harakatlari, asosiy gruppada uloqtirish, himoya va qarshi usullar ochib berilgan. 1 va 2 gruppalarda turli xil kombinatsiyalashgan harakatlar bo’lishi mumkin.
Kurash texnikasi usullari va harakatlar taktikasining o’zaro bog’liqligini tushunish uchun kurashdagi taktik harakatlar sxemasini o’rganish zarur. Undan biz, harakat-larning 3 gruppasi borligini, ya’ni birinchi tayyorlovchi harakatlar – bular asosiy harakatlar: razvedka, raqibining zaif tomonlarini qidirish, manyovr qilish, hiyla ishlatish, maskirovka, raqibini chalg’itishlarning muvaf-faqiyatini ta’minlashi kerak. Ikkinchi asosiy taktik harakatlar – hujum va himoya harakatlari, qarshi hujum harakati, 3 ayrim usul va harakatlarini qo’llab turlicha kurashish, trenirovka kurashishi, turnir, musobaqa kurash-lari va hokazo.
Kurash usullari va taktik harakatlar to’g’risida umu-miy tasavvurga ega bo’lgan usullar sistemasini va taktik harakatlar klasifikatsiyasini tahlil qilamiz. Bu klassifi-katsiyada biz kurash usullari sistemasini o’qish, ya’ni jarayondagi o’rganish izchilligida tuzishga qarakat qildik. SHubhasiz, usullar sistemasining bunday tuzilishi qat’iy emas, albatta. SHu sababli ham bir trener ta’lim izchil-ligini shug’ullanuvchilar kontingentiga qarab ijodiy ravishda o’zgartirish va takomillashtirish mumkin.
Kurash usullaridagi tayyorlovchi hamda asosiy bo’limlar va guruhlarga o’tishdagi izchillik
A. Tayyorlovchi harakatlar – asosiy holat va harakatlar.
1. Kurashdagi turish holatlari va ularning xilma-xilligi.
Kurashchining yakka holdagi turishi: chap, o’ng, frontal, yuqori, o’rtacha past.
Juft-juft bo’lib turish:chap, o’ng, frontal, turli nomda, yuqori, o’rtacha past.
Masofalar: yaqin, o’rtacha, uzoq, ushlamagan vaqtdagi.
2. Siljib yurishlar.
Turgan holda yakka o’zi siljib yurish: oldiga, orqaga, o’ngga, chapga, qadam tashlab, sakrab-sakrab.
Turli masofada, bir-birini turlicha ushlab juft-juft bo’lib siljish: oldinga, orqaga, yon tomonlarga qadam tashlab, sakrab-sakrab.
3. Ushlashlar.
Kurashchining to’ni ustidan belbog’ni bog’lash usullari. Belbog’dan ushlashga:
- bir qo’li bilan belbog’ning ustidan-oldidan, tagi-orqasidan;
- ikki qo’li bilan oldidan-ustidan, oldidan-tagidan;
- bir qo’l bilan yon tomondan-ustidan chapdan, yon tomondan-tagidan o’ngdan;
- ikki qo’llab-bir qo’l bilan ustidan yon tomondan-chapdan, ikkinchi qo’li bilan tagidan o’ngdan;
- bir qo’li bilan orqadan ustidan-qo’lini boshidan yoki yelkasidan o’tkazib, ikkinchi qo’li bilan qo’lini.
- bir qo’li bilan orqasidan-tagidan belbog’idan ikkinchi qo’li bilan qo’lini ushlash usullari kiradi.
Kombinatsiyalashgan ushlashlar.
- belbog’dan va gavdasidan;
- belbog’dan qo’lini va bo’ynini;
- belbog’dan qo’lini va gavdasini.
To’ndan ushlab olishlar
- bir qo’li bilan to’nning yengini-ustidan, tagidan;
- ikki qo’li bilan to’nning yengini-ustidan, tagidan;
- bir qo’li bilan to’nning yelkasini-ustidan;
- ikki qo’li bilan to’nning yelkalarini ustidan;
- bir qo’li bilan to’n hoshiyasini ustidan, tagidan;
- ikki qo’li bilan to’n hoshiyasini ustidan, tagidan;
- bir qo’li bilan to’n yoqasini orqadan-ustidan, pastdan boshidan, yelkasidan o’tkazib;
- bir qo’li bilan to’n yengini, hoshiyasini va belbog’ini chalishtirib ushlab olish;
- ikki qo’li bilan to’n yengini, hoshiyasini va belbog’ini chalishtirib ushlab olish.
Kombinatsiyalashgan ushlashlar:
- to’ndan va qo’lidan;
- to’nidan va bo’ynidan;
- to’nidan, qo’lidan va gavdvsidan.
Quchoqlab olishlar:
- gavdasidan;
- gavdasidan va belbog’idan.
Muvozanatdan chiqarish:
- o’zidan o’ngga va chapga siltab;
- oldinga o’ziga tortib va orqaga o’zidan itarib;
- o’zi atrofida o’ngga va chapga burilish bilan.
Aldash va soxta harakatlar:
- qo’llar bilan, qo’llari va gavdasi bilan;
- oyoqlari bilan aldash va soxta harakatlar qilish;
- qo’li, oyog’i va gavdasi bilan aldash;
- siljitish va masofa bilan aldash;
- ushlash bilan va soxta usullarni ifodalash bilan;
- kombinatsiyalashtirilgan aldashlar.
Uloqtirishlarga shaylanish:
- turish holatini o’zgartirish bilan;
- masofani yutish bilan;
- raqibni aldash bilan;
- soxta harakatlar bilan;
- kuch yordamida ta’sir ko’rsatish bilan.
Tayyorlovchi harakatlar kombinatsiyalari:
- siljib yurish va ushlab olish;
- siljib yurish, ushlab olish va muvozanatdan chiqarish;
- siljib yurish, ushlab olish, aldash va quchoqlab olish;
- ushlab olish, oyoqlari bilan soxta harakatlar qilish, kuch yordamida ta’sir ko’rsatish va hokazo.
Asosiy usul va harakatlar
1. Uloqtirishlar.
Asosan qo’llar bilan uloqtirishlar
- raqibni orqaga, oldinga, yon tomonlarga bir zarb bilan ko’tarib va siljib muvozanat holatidan chiqarish va so’ng uloqtirib yiqitish;
- belbog’dan, to’ndan, belbog’ va to’ndan ushlab uloqtirish;
- qulini, gavdasini ushlab uloqtirish;
- to’nidan va gavdasidan ushlab uloqtirish;
- turli xilda ushlab qaytarma usuli bilan uloqtirish.
Asosan oyoqlar bilan uloqtirish:
- ich tomondan boldiridan, tovoni tashqariga ichkariga qaratib ilib uloqtirish;
- qoqma usul bilan uloqtirish – yon tomondan, oldindan, orqadan, tashqaridan va ichkaridan;
- poychechak usulida uloqtirish – oldindan, orqadan, yon tomondan;
- oyog’i bilan oyog’iga urib, ushlab olib uloqtirish;
ilib olib uloqtirish.
Asosan gavda bilan uloqtirish.
- soni va yelkasidan oshirib uloqtirish;
- qo’llarini ushlab olib: raqibga o’girilib, qo’llar bilan uloqtirish;
- qo’li va bo’ynini yelkasiga qilib uloqtirish;
- yelkasini oshirib uloqtirish;
- o’z ustidan oshirib, o’ng yoki chap tomonga uloqtirish.
Himoya.
Asosan qo’llari bilan himoyalanish:
- siltanib, kuch ishlatib raqibning ushlashidan qutulish;
- qo’llari bilan raqib qo’lini urib yuborish;
- qo’llari bilan ko’kragiga, iyagigatayanib;
- qo’llarini qo’lini ushlab olib;
- raqibini tang ahvolga solib.
Asosan oyoqlari bilan himoyalanish:
- oyog’ini, oyoqlarini surib qo’yib;
- bir oyog’iga ag’darib;
- oyoqlarini orqaga, yon tomonga olib qochib;
- orqaga surib;
- oyoqlarini olib qochib.
Asosan gavdasi bilan himoyalanish:
- orqaga chekinib;
- gavdani chetga burib;
- oldinga engashib;
- gavdasiga tiralib;
- yon tomonga aylanib o’tib;
- raqibiga zarba berib;
- raqibini ag’darib.
Qarshi usullar.
Qarshi uloqtirishlar:
- uloqtirishga tayyorgarlik yoki uloqtirishga urinishga qarshi uloqtirish.
Javob uloqtirishlari:
- himoya olgandan keyin.
Taxminiy kombinatsiyalar.
Turli yo’nalishdagi uloqtirishlarningsh taxminiy kombinatsiyasi:
- yonlamasiga qoqish – oldindan chalish;
- yon tomondan qoqish – yelkadan oshirib uloqtirish, ichkaridan ushlash – oldindan chalish;
- yelkadan oshirib uloqtirish – orqadan oshirib uloqtirish.
Biron-bir oyog’i bilan raqibning ham xuddi shunday oyog’ini tashqi tomondan ilib uloqtirish.
Bir xil yo’nalishdagi uloqtirishning taxminiy kombinatsiyalari:
- yelkasidan oshib uloqtirish;
- sonidan oshirib uloqtirish;
- ichki tomondan ilish – chap oyoq bilan raqibning chap oyog’ini ilish;
- ichki tomondan ilish – ichki tomondan qoqib yiqitish.
Kurashdagi taktik harakatlar tasnifi va mazmuni
Kurashchilarning bellashuvi tayyorlovchi va asosiy taktik harakatlardan iboratdir.
Tayyorlovchi harakatlar – ular musobaqa qoidalari tomonidan yo’l qo’yiladigan, hujum va himoya harakatla-rining muvaffaqiyaini ta’minlaydigan harakatlardir. Kurashish bellashuvida bular razvedka, raqibining zaif tomonlariniqo’ndirish, manyovr qilish hamda o’z rejalalari harakatlari va holatidan iborat.
Razvedka – kurashchining raqib to’g’risida, uning gavda tuzilishi, xususiyatlari, sifatlari imkoniyatlari va holati haqida: kurash olib borish uslubi – aktiv yoki passiv, hujumkor yoki himoyalanuvchi kurashchiligi to’g’risida: uning yaxshi ko’rgan harakatlari, o’y-fikrlari va hokazolar haqida tashqi va ichki axborotlar olishga qaratilgan hatti-harakatlardir.
Razvedka bellashuvidan oldin va bevosita bellashuv vaqtida ham olib boriladi.
Bellashuvgacha sportchi raqibning familiyasi, millati, malakasi, unvoni haqida umumiy ma’lumot oladi: uning taxminiy bo’yini, tashqi ko’rinishini, holatini va hokazolarni aniqlaydi.
Bellashuv vaqtida sportchining eng sevimli turish holati qandayligini, qanday masofada turishini, qanday ushlash usulini qo’llashini va ularning kuchini, oyoqlari bilan qanday harakat qilishga intilayotganini, biror usulni bajarish uchun tayyorgarlikni qanday olib borishini, niyatlarini, qanday hujum qilishi, himoyala-nishini va qarshi hujum qilishini, ularning kuchi qandayligini, chaqqonligi va chidamliligini aniqlash ayniqsa muhimdir. Razvedka ko’proq tayyorlovchi xarakter-dagi haqiqiy va soxta harakatlar bilan hamda kurashish-sevimli usullarini qo’llash bilan olib borilishi mumkin.
Kurashish vaqtida kurashchi psixolog bo’lishi – raqibining holatini bilishi; fiziolog bo’lishi – harakat-lari, nafas olishi va ter chiqishiga qarab raqibining holatini bilishi; artist bo’lib, raqibni soxta harakatlar bilan aldab, to’g’ri usul qo’llashdan adashtirib o’ynashi, raqibga o’z kurash rejasini majbur etuvchi va bu bilan o’z rejasini qat’iy amalga oshiruvchi hamda g’alabaga erishuvchi mard, irodali sportchi bo’lishi kerak.
Hiyla ishlatish – yakka holda raqibini ushlab olish turli xilda siljish, qulay sharoitlar yaratish hamda usulni muvaffaqiyatli qo’llash, himoya va qarshi hujum uchun qulay payt tanlash maqsadlarida tayyorlovchi harakatlar qilish-dir. Turli holatda va turli masofalarda turib, aldash harakatlari va soxta harakatlarni, undash, taklif qilish usulini qo’llab, shuningdek, tanlangan usulni yoki qarshi hujum harakatini o’tkazish uchun hujum va himoya harakatlaridan foydalanib hiyla ishlatish mumkin. Hiyla bilan sportchi tashabbusni o’z qo’liga olishga, faollik ko’rsatishga, kerakli harakat uchun to’shakdan qo’lay joyni tanlashga ba’zan esa raqibidan qochishga harakat qiladi.
Raqibidan o’zining haqiqiy niyatlarini yashirish, uning xushyorligini yo’qotish, chalg’itish va o’zi o’ylagan rejasini amalga oshirish maqsadida harakatlari va holati maskirovka qilinadi. Maskirovka harakatlarida tajribali sportchilar raqiblariga o’zlarini bamaylixotir, sustkash qilib ko’rsatadilar, ba’zilar bo’shashgan bo’lib, to’satdan butun kuchlarini ishga soladilar, ba’zi birlari iste’dodli artist kasbiylikni ifodalaydilar – u yoqdan bu yoqqa yuradi-lar, muskullarini silkitadilar, boshqalari esa kurashish oldidan bamaylixotir, bo’shang yoki o’ziga ishonch bilan o’tiradilar va hokazo.
Har bir kurashchi o’ziga xos maskirovka uslubiga ega bo’ladi. SHuning uchun ba’zan uning niyati chin yoki soxtaligini aniqlash juda qiyin bo’ladi.
Asosiy taktik harakatlar
Qat’iy hujumkorlik qarakatlari, mudofaa-himoya va qarshi hujum harakati asosiy taktik harakatlardir. Hujum qilishdagi oddiy ataka usuli va harakatlariga qo’proq bir sur’atda bajariladigan va bir taktik vazifani hal qiladigan ayrim uloqtirishlar kiradi. Ular poypechak, qoqma usullari bilan va ko’tarib uloqtirish; bir siltab ko’tarib olib, engashib yelkadan oshirib uloqtirish usullaridir.
Hujum qilishdagi murakkab ataka usuli va harakatlari – bular ikki tempda aldash, soxta harakatlar bilan birgalikda bajariladigan uloqtirish hamma turli xil kombinatsiyalar-usullar majmuidan iborat.
Mudofaa usul va harakatlari – bular himoya va qarshi hujum harakatlaridir. Himoya harakatlariga quyidagilar kiradi: raqibning hujumda qo’llaydigan usullari, qarshi usul ishlatish bilan hujumdan qutilish yoki undan qochish.
Qarshi hujum harakatlari – bu raqibning hujumiga qarshi hujumni tayyorlayotganda tashabbusni o’z qo’liga olish va qarshi hujum usulini oldinroq qo’llash uchun hujum qilish yoinki qulay himoyalanib olib, keyin qarshi hujum qilishdan iborat. Qarshi hujumlar bu o’z nomi bilan raqib hujumning yakunlovchi vazifasiga qarshi javob hujumi bo’lishi mumkin.
Taktik tafakkur va harakatlar tezligini tarbiyalash uchun o’quv-trenirovka mashg’ulotlari jarayonida kurashni endi o’rganuvchilar, razryadli sportchilar va masterlar bilan turli xil o’quv, kontrol va kalendar musobaqalarini doimo rejalashtirish va o’tkazib borish kerak. Kontrol musobaqa-larida vaqtni qisqartirib va oshirib hamda musobaqa qoidalari bo’yicha bellashular o’tkazish lozim. Turnir bellashuvini esma huddi klassifikatsion va kalendar musobaqalar-idek o’tkazish zarur.
Taktik harakatlarini turlicha klassifiqatsiyalash mumkin. Mazkur klassifikatsiyada kurashchi uchun muhim bo’lgan harakatlar taktikasining asoslari ochib berilgan.

Yüklə 442,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin